O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Rezina poyabzallari
ga yaxlit rezina hamda rezinali yoki rezinasiz 
to„qimachilik materiallari va plastmassadan tayyorlangan poyabzallar kiradi. 
Ularning tag qismi doimo rezinadan tayyorlanadi. Rezina poyabzallari odatda 
ko„proq noqulay (namlik, ifloslik) sharoitlarda ishlatiladi, shu bilan birga 
oyoqdan tashqari, boshqa poyabzallarning ustidan ham kiyiladi. 
Sabzavotchilik
qishloq xo„jaligining eng muhim tarmoqlaridan biridir. 
Savbazavot 
maydonlari 
yildan-yilga 
kengayib, 
sabzavot 
ekinlarining 
hosildorligi ortmoqda, kartoshka va sabzavotlarning yalpi hosili ko„payib 
bormoqda. Iste‟mol mahsuloti sifatida sabzavotning roli juda muhimdir. 
Sabzavotlar tarkibida uglevod, mineral moddalar, organik kislotalar, vitamin, 
glyukozid, fitontsid, xushbo„y va rang beruvchi moddalar bo„ladi. Barcha 
sabzavotlar ovqatga o„simlikning qaysi qismi ishlatilishi va boshqa belgilariga 


389 
qarab, quyidagi guruhlarga bo„linadi: tuganaklilar, karamsimon sabzavotlar
ildizmevalar, qovoq, tomat, piyoz, bargi eyiladigan ziravor, desert, dukkakli va 
donli ekinlar. 
Sariyog‗
juda xushta‟m bo„lib, past haroratda (26-31°C) eriydi, uning 
tarkibida ko„p miqdorda A, D va E vitaminlari bo„ladi, u kishi organizmida 
yaxshi (97-98%) hazm bo„ladi. Sariyog„ yuqori kaloriyali mahsulotdir. 
Sariyog„ning eritilgani ham bo„ladi. Sariyog„ qaymoqni maxsus yog„ 
tayyorlash mashinalarida haydash yo„li bilan, eritilgan sariyog„ esa sariyog„ni 
eritish yo„li bilan olinadi. Sariyog„da 81-83%, eritilgan sariyog„da - 98% yog„ 
bo„ladi.
SFD plastmassasi.
Bu plastmassa poliformaldegid (CH
2
O)n va 
dioksolan bilan qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinib, yonmasligi hamda 
200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya yopqichlari 
va elektr ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Shisha
ning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan 
oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan iborat bo„lmish 
toza qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun kolba va 
probirkalar tayyorlanadi.
Sifat-
Mahsulotning vazifasiga muvofiq milliy iqtisodiyot muayyan 
ehtiyojlarini qondira oluvchi xossalari majmuiga 
sifat 
deyiladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə