391
mahsulotlarga aholining talabi juda kattadir.
Teflon.
Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera
olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning
ichini qoplashda
ishlatishadi.
Tekshirishning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari.
Oziq-ovqat
mahsulotlarining sifatini tekshirishning bu usullari mahsulotning solishtirma
og„irligini, yopishqoqligini, erish,
qotish va qaynash haroratini, optik
xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og„irligi va
zichligini areometr, piknometr va gidrostatik
tarozilar yordamida ulchash
mumkin. Ularning solishtirma og„irligi asosida ma‟lum darajada kimyoviy
tarkibi va sifati haqida so„z yuritish mumkin.
Telpaklar -
eng ko„p tarqalgan bosh kiyimlaridan bin. Ular gazlama, fetr,
tabiiy va sun‟iy mo„yna hamda charmlar va boshqa materiallardan tikiladi.
Tikilgan attorlik buyumlari
ga gul
bosilgan va bosmali buyumlar,
beldamcha buyumlari, elastik tasma va jiyaklardan tayyorlangan buyumlar
kiradi.
Tikilgan buyumlar assortimenti
doimo o„zgarib boradi. Yangi xom-
ashyolar ishlatilishi, yengil sanoat tarmoqlarida texnik
yangiliklarning joriy
etilishi, modaning o„zgarishi, aholi talabining o„sishi va boshqa sabablar
natijasida yiliga 60%gacha kiyim modellari yangilanib turiladi.
Tikuv mashinasi moyi.
Bu moy sanoat (industrial) moylaridan biri
bo„lib, mazutni haydashda olinadigan boshlang„ich suyuq moydir.
Dostları ilə paylaş: