O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   235
marketing 57

tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash 
(jadallashtirish
) boshqaruv konsepsiyasi (savdo konsepsiyasi) 
yo‘nalishi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ko‘plab firmalar mahsulotlarini 
o‘tkazishda qiyinchilikka uchragach, ushbu konsepsiyaga moslasha 
boshlaydilar, ularda qayta ishlab chiqarish belgilari paydo bo‘ladi. 
Shuning uchun bunday marketing agressiv (tajavvuzkor) marketing 
nomini olgan. Savdoda muammolarga uchragan kompaniyalarning 
maqsadi – jamiyat ehtiyojmand bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, 
avval ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bo‘lib qoladi.
Tijorat ishlarini intensivlashtirish yoki sotuv konsepsiyasining 
asosiy maqsadi - firma ishlab chiqargan mahsulotlarni samarali sotishga 
yo‘naltirilgan xatti-harakatlardan iborat. 
 


23 
Marketingning sotuvni rag‘batlantirish, reklama, targ‘ibot, turli 
aksiyalar e’lon qilish orqali iste’molchilarni o‘ziga jalb etish va ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - konsepsiyaning falsafasidir. 
Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar 
ulardan so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini, tovar 
bahosini, ularni qoniqtirishi yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini 
inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini rejalashtiradilar. Ko‘p 
hollarda bozorni o‘rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda 
to‘yinish hosil bo‘lgan tovarni ishlab chiqargani uchun sotishda 
qiynalib, mazkur konsepsiyani qo‘llashi kerak. 
F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi: 

Xaridorlar o‘z manfaatlarini himoyalanishini biladilar. 

Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar. 

Bunday xaridorlar o‘z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo‘lish-
maydi. 

Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan, 
iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi qo‘mitaga shikoyat bilan 
murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni sotib oladi va h.k. 

Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko‘p potensial xaridorlar 
firma mahsuloti xaridoriga aylanadilar. 
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan 
iste’molchilar xohishi – talabi inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni sotishga yo‘naltirilganligi uchun uning hayotiylik davri 
uzoq emas. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə