O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   235
marketing 57

3. An’anaviy marketing konsepsiyasi.
Bozor rivojlanishining nav-
batdagi bosqichida (60-70-yillar) tovarga bo‘lgan taklif talabdan ortib 
ketishi vaziyati yuz beradi (xaridorlar bozori): xaridorlar taklif 
qilinayotgan juda ko‘p turdagi va rang-barang (har xil) tovarlarga duch 
kelishadi, ular tovarlarni bemalol tanlab, erkin xarid qila oladilar. Shu 
tariqa ishlab chiqaruvchi nisbatan tobelik holatiga tushib qoladi, chunki 
u ko‘plab boshqa korxonalar bilan raqobatlasha borib, xaridorlarning 
didini anglab olishi, kelgusi talablarini shakllantirish maqsadida ularga 
ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Savdo “tor joy”ga aylanib qolgan 
vaziyatda ko‘plab korxonalar faoliyatini boshqarish iste’molchiga, bozor 
shartlariga moslashishga va ularga faol ta’sir etishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Marketingning iste’mol konsepsiyasi mohiyati ana shundan 
iborat. 


24 
Marketingning iste’molchilarga oid konsepsiyasi tashkilot maqsad-
lariga yetishning garovi iste’molchilar talabini o‘rganish va ularning 
qondirilishini raqobatchilarga nisbatan samaraliroq usulini ta’minlashdir, 
deb ta’kidlaydi. Marketingning iste’molchilarga oid konsepsiyasi - 
savdo konsepsyasiga o‘xshash, biroq u iste’molchilar muammolarining 
anchagina qismini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Savdo konsepsiyasi 
mahsulot savdosini (sotishni) rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar vosita-
sida sotish hajmini ko‘paytirish hisobiga foyda (daromad) olishni ko‘zda 
tutadi. Marketingning iste’molchiga oid konsepsiyasi xaridorlar 
talablarini qondirish yo‘li bilan foyda (daromad) olishdan kelib chiqadi. 
Savdoning asosiy maqsadi – ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya 
qilish, marketingning maqsadi esa talabni o‘rganish, yaratish va ularga 
mos holda tovar chiqarishdir.
An’anaviy marketing konsepsiyasi tub ma’noda sotuvni inten-
sivlashtirish konsepsiyasi mohiyatini o‘zgartirishga qaratilgan. 
Marketing konsepsiyasi avvalambor, iste’molchi talab va ehtiyojlariga 
yo‘naltirilganlikdan, konsepsiyaning maqsadi – real va potensial 
iste’molchilarni aniqlash, talabini o‘rganishdan iborat. Marketing 
konsepsiyasi firmalarni quyidagilarga rioya qilishga undaydi: 

Sotiladigan narsani ishlab chiqarishga. 

O‘z tovarini emas, balki xaridorni sevishga. 

Tovar sotish bilan emas, balki ehtiyoj va talabni qondirishga. 

Bozor talablarini o‘rganib, so‘ngra ishlab chiqarish hajmlarini 
oshirishga. 

Iste’molchilarning tez o‘sib borayotgan talablariga moslashish 
va egiluvchan ishlab chiqarishni tashkil etishga. 

Firmaga raqobatning ta’sirini o‘rganishga, tashqi omillarning 
ta’sirini baholashga. 
Potensial iste’molchilarga ko‘ra uzoq muddatga mo‘ljallangan sotuv 
jarayoni, bu - iste’molchi bilan muloqot, uning fikrini bilish, tovardan 
qoniqqanlik darajasini aniqlashdan iborat. Chunki firma xaridor talabini 
qoniqtirib foyda oladi, uning rentabelligi, raqobatbardoshligi tovar orqali 
xaridorni o‘z iste’molchisiga aylantiradi. 
An’anaviy marketing konsepsiyasi muntazam ravishda iste’mol-
chilarni yangi talab va ehtiyojlarining o‘sishiga sabab bo‘lsa, firma katta 
foyda ketidan quvishga intilib, boshqa narsalarga e’tiborni susaytirishi, 
o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishi mumkin. 


25 
Amerika marketologi T.Levitt savdo va marketing konsepsiyasini 
quyidagicha ajratadi: “

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə