Ehtiyojlar mazmuni, turlari va cheksizligi



Yüklə 217,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü217,35 Kb.
#136397
  1   2   3   4   5   6


Ehtiyojlar mazmuni, turlari va cheksizligi 
 
 
Reja: 
 
1.
 
Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi 
2.
 
Resurslarning kamyobligi 
3.
 
Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi 
4.
 
Ehtiyojlarning cheksizligi 
 
 Ehtiyoj tushunchasi va uning yuksalishi 
Inson boshqa jonzodlardan o`zinpng aql-idroki bnlan ajralib turadi. Inson 
biologik mavjudot sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, o`zini 
issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — 
kiyim-kechak, oziq-ovqat. turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. 
Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne`matlarni ishlab chiqarish 
kerak- Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush borsa qanoti, 
odam borsa oyog`i kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy 
jonzod. U ma`lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shaxar, qishloq, mahalla, 
kvartal) da kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladitan jamiki 
ehtiyoji moddiy ehtiyojga kiradi. 
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, 
bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va 
sog`lom hayot kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy 
shaklga ega bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi Shifokor, 
o`qituvchi yoki madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini 
qondirishga hissa qo`shadi, ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati 
kabi moddiy mahsulotda ifodalanmaydi. 
Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi: birinchidan, 
mehnat moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondiradi; ikkinchidan, mehnatda inson 
kamolotga erishadi, qobiliyatini o`stiradi. Hayotda o`z o`rnini topadi, obro`-
e`tiborga erishadi. Shu sababli mehnatniig tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun 
jihozlangan ish joyi bo`lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-
jihozlar, masalan, stanoklar, kompyutyerlar, o`lchash asboblari, laboratoriya uskunalari 
o`rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi. 
Ehtiyoj qat`iyan tabaqalashgan bo`ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, 
ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham 
bog`liq. Maktab o`quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, 
dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. hatto kishilarning jismoniy 
tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining 
ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-
xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi. 
Ehtiyojlar to`xtovsiz ravishda mos rivojlanishi ksrak: Aks holda 
ehtiyojlar qondirilmay qoladi. O`z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi, 


ayniqsa texnika taraqqiyoti yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Masalan, tezkor 
axborotlar olish zarurati EHMlarni yaratdi. Kompyuterlash jarayoni EHMlarni 
yaratish va qo`llash bilan bog`liq ehtiyojlarni yuzaga chiqardi. Kompyutyerlarning 
birinchi avlodiga ehtiyoj avval qisqarib, so`ngra yuqoldi. Hozir to`rtinchi avlod 
mashinalariga — AVM-486 markali EHMga ehtiyoj bor. 
Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: — kishilarning ehtiyoji 
miqdoran o`sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko`payishi, turmushining 
yuksalishida. Masalan, hozir jon boshiga 60 kilogramm go`sht talab qilinsa, aholi 
soni 1,5 marta ko`paysa, shunga ko`ra jamiyat miqyosida jami go`shtga bo`lgan 
ehtiyoj ham 1,5 marta ortadi, albatga; — ayrim ehtiyojlar yo`qolib, o`rniga yangisi 
keladi, ehtiyojlar doirasi yangilanib, kengayib boradi. Masalan, asrimizning 70-80 
yillarida qo`lda ko`tarib yuradigan (Vesna, Veta) magnitafonga ehtiyoj katta 
bo`lgan. Magnitafoni bor kishi g`ururlanib yurgan. Hozir hech kimga magnitafon 
kerak emas. Uning o`rniga zamonaviy ixcham magnitofonlarga ehtiyoj paydo 
bo`ldi. Eski radiotexnika o`rniga videotexnika keldi; 

muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning aniq turlari orasidagi
nisbat o`zgardi. Masalan, shahar transportiga ehtiyoj doirasida uning turlari 
o`rtasidagi nisbatan o`zgaradi. Yo`lovchilar o`z tanloviga binoan tramvay, 
troleybus, avtobus, taksi yoki metroni afzal ko`rib, unga ehtiyoj bildiradi. Bir 
tovarga bo`lgan ehtiyojlarni boshqa o`rinbosar tovar qoniqtira oladi.
Shirinlikka bo`lgan ehtiyoj umumiy bo`lsada, asal, shakar, qand, konfet biri-
birining 
o`rnini 
bosa 
oladi. 
O`rinbosar tovarlar doirasida ehtiyoj bir tovardan boshqa nafliroq tovarga ko`chadi. 
Хullas ehtiyojlarning miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy 
jarayon bo`lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o`sib, yangilanib 
borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo`liqadi. 

Yüklə 217,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə