Ehtiyojlar mazmuni, turlari va cheksizligi


Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi



Yüklə 217,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü217,35 Kb.
#136397
1   2   3   4   5   6
Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi 
Resurslarni ko`proq ishlatish hisobidan-ehtiyojlarni qondirish vaqtinchalik
chunki, resurslar tugab boravergani sayin kishilar uni kamroq sarflash yo`lini
qidiradilar, resurslarni tejovchi texnologiya yaratilib, keng qo`llaniladi.
Natijada resurs birligini ishlatishdan olingan mahsulot ko`payadi. Umuman 
olganda cheksiz ehtiyojni kamyob resurs bilan ta`minlash uchun 2 narsa amalga 
oshishi shart: 
1.Ehtiyojlar ko`p bo`lganidan ularning hammasini birdaniga qondirish 
mumkin emas, shu boisdan ularniig eng muhimi ajratib olinadi va ishlab chiqarish 
ularni qondirishga karatiladi, Masalan, hozir O`zbekiston uchun 
neft mahsulotlari va donga bo`lgan ehtiyoj eng zarur ehtiyojlardan 
hisoblanadi va resurslar eng avval shularni qondirishga qaratilgan. Shu sababli 
2002 yil O`zbekistonda qishloq xo`jaligi 6 foiz, sanoat –2.5 foiz, iste`mol tovarlar 
ishlab chiqarish 11,8 foiz ko`paydi va 5 million 400 ming tonna don etishtirildi. 
2. 
Resurslar kamyob bo`lganidan ishlab chiqarishning` eng
zarur 
sohalariga ustivorlik beriladi. Muqobil mahsulotlardan eng maqbuli tanlab 
olinadi. Bir mahsulot uchun resurs ko`proq ketsa, tabiiy ravishda boshqasiga 
kamroq qoladi. Hadisi sharifda aytilganidek ―tejamkorlar muxtoj bo`lmaslar‖ 
Shuning uchun resurslar sarfining eng tejamli usuli tanlanadi, shunda shu 
resurs birligi hisobiga ko`proq mahsulot olinadi ehtiyojni to`laroq kondirish 
mumkin bo`ladi (ilova) 
Egri chiziqda avtomashina va traktor muqobil mahsulot, deb olingan. Ularni 
ishlab chiqarish uchun ikkalasiga ham bir xil 1 tonnadan metall sarflanadi deb 
olsak, metall resursi esa jami 10 tonna bo`lsa, traktorni ko`proq chiqarish uchun 
avtomashinani kamroq ishlab chiqarish zarur bo`ladi. Traktorni uch dona chiqarish 
uchun avtomashinani 10 ta o`rniga 7 ta chiqarish kerak. Buni boshqacha 
tasvirlasak ham bo`ladi (ilova 2.3). Kamyob resurslar sharoitida ehtiyojlarni 


qondirishning optimal darajasi tanlab olinadi. Bunda kam resurs bilan ko`proq 
ehtiyoj qondiriladi. 
Bu qoidaga binoan mahsulot birligini yaratish uchun ketgan resurs sarfi 
qisqarishi shart, aks holda ehtiyoj to`la qondirilmaydi. Masalan, donga bo`lgan 
ehtiyojni to`la qondirish uchun don hosildorligini muttasil oshirib borgan holda
har tonna don olish uchun ketgan resurs sarfini qisqartirib borish talab qilinadi. 



Yüklə 217,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə