Ehtiyojlar mazmuni, turlari va cheksizligi



Yüklə 217,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü217,35 Kb.
#136397
1   2   3   4   5   6
Resurslarning kamyobligi 
 
Ehtiyojlarning cheksizligi bilan resurslarning cheklanganligi o`rtasidagi 
nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir. 
Iqtisodiy resurslar
- bu iqtisodiy rnvojlanish uchun zarur bo`lgan moddiy va 
insoniy omillarning yaxlitligidir. 
Iqtisodiy resurslarni uch toifaga bo`lish mumkin: 
1.
Moddiy resurslar
. Bularga tabiiy boyliklar, asbob-uskuna, mashina 
mexanizm, bino inshoat va har xil qurilmalar kiradi. Ular ishlab chiqarishning 
moddiy, buyumlashgan omilini tashkil qiladi
2.
Mehnat resurslari
. Bularga mehnatga layoqatli aholi kiradi. Iqtisodiyot 
uchun resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi ish 
tajribasi va mehnat mahorati ahamiyatlidir. 
3.Ishbilarmonlik qobiliyati
. Bu tadbirkorlarning ishning ko`zini bilishi, 
ishlab chiqarish, tijorat, bank ishi va boshqa faoliyatni samarali boshqara olishi
tavakkalchiligi, zarar ko`rishdan qo`rqmasligidir. 
Resurslarning so`nggi ikki turi ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili 
hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog`liq bo`ladi. Bu
daraja qanchalik yuqori bo`lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab 


qiladi yoki aksincha. masalan, eski texnologiya sharoitida 10 so`mlik mahsulot 
olish uchun 1 kVt elektr energiya sarf qilinsa, ilg`or texnologiya sharoitida 0,5 kVt 
sarflanadi, demak, energo resurs birligi evaziga 2 barobar ko`p mahsulot olinadi, 
Resurslarning kamyobligi umumiy xodisa. Bu ekiladigan yerlarning er osti 
va er usti boyliklarning, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo`lishi, 
energiya resurslarining etishmasligida ifoda etiladi. Masalan, keyingi 200 yil 
ichida er yuzasida istemolchilar soni 5 marta ko`paydi, ammo er sathi, tabiiy 
boyliklar ko`paygani yo`q. Er kurrasini 72% okeanlardan, 28% esa quruqlikdan 
iborat, ammo quruqlikni ham talay qismida yashab bo`lmaydi. Chunki, qumlik, 
sahro, suvsiz cho`li biyobon, osmono`par tog`lardan iborat. Sarf etilgan er osti 
boyliklarni umuman tiklab bo`lmaydi, ammo erning o`simliklar va xayvonot 
olamini tiklab bo`ladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida malakali ish kuchi ham kamyob 
resursga aylanadi. Shunday sharoitlarda kishilar o`sayotgan ehtiyojlarni 
faqat mavjud resurslarga tayangan holda qondirishga harakat qiladilar. 

Yüklə 217,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə