Ehtiyojlar mazmuni, turlari va cheksizligi


TAKROR ISHLAB CHIQARISH BOSQICHLARI



Yüklə 217,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü217,35 Kb.
#136397
1   2   3   4   5   6
TAKROR ISHLAB CHIQARISH BOSQICHLARI 
Takror ishlab chiqarish - sarflangan ishlab chiqarish omillari (tabiiy 
zaxiralari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish. vositalari)ni qayta ishlab chiqarish yoʻli 
bilan tiklash Uning oʻzgarmas koʻlamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab 
chiqarish hisoblanadi. Agar shu jarayon yangidan kengaytirilgan koʻlamda 
takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi. 
Oddiy takror ishlab chiqarish.da foydalanilayotgan ishlab chiqarish. 
omillari, shu jumladan, kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida 
oʻzgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar miqdori kamaymaydi (aks hodda toraygan ishlab chiqarish. paydo 
boʻladi) ham, koʻpaymaydi ham. Kengaytirilgan T.ishlab chiqarish.da, boshqa 
hamma sharoitlar bir xil boʻlgan hodda, ishlab chiqarish. omillari hajmining oʻsishi 
ishlab chiqarish.ning va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining oʻsishiga olib 
keladi. Ishlab chiqarish.ning bir yoki bir necha omillarining koʻpayishi hisobiga 
yuzaga keladigan kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. uchun, odatda, qoʻshimcha 
kapital qoʻyilmalar talab etiladi (ishlab chiqarish.ga investitsiya jalb etiladi). 
Iqtisodiy taraqqiyot faqat kengaytirilgan T.ishlab chiqarish. boʻlgandagina yuz 
beradi. Butun jamiyat miqyosida yalpi ichki mahsulotni (YAIM) kengaytirilgan 
T.ishlab chiqarish. oldingi davrda jam/arma uchun ishlab chiqarilgan YAIMning 
bir qismidan foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatning tiklanadigan va 
tiklanmaidigan tabiiy resurslari uning milliy boyligining bir qismi xisoblanadi. 
Tiklanadigan boyliklar — oʻrmonlar, baliq zaxiralari, qishloq xoʻjaligi. yer 
maydonlari va boshqadir. Bu tabiiy zaxiralar, odatda, uzok, muddatli T.ishlab 
chiqarish. takror hosil boʻlish sikliga egaligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina foydali 
qazilmalar — neft, toshkoʻmir, boksit, temir rudasi tiklanmaidigan zaxiralarga 
kiradi. Shuning uchun ulardan tejamkorona va samarali foydalaniladi. 
Demografiyada "T.ishlab chiqarish." tushunchasi aholi sonining tiklanishi 
jarayon larini tavsiflash uchun qoʻllaniladi. Shartli ravishda 2 ta bolali oila oddiy 
T.ishlab chiqarish.ni, 3 ta va undan koʻp bolali oilalar kengaytirilgan T.ishlab 
chiqarish. ni bildiradi. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining 
doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorlanib turishi. Aholining 
koʻpayib borishi, individual isteʼmolning ortib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojning toʻxtovsiz oʻsishi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni zaruriy shart 
qilib qoʻyadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli boʻlgan ishlab 
chiqarishning kengaygan holda takrorlanishini taqozo etadi. Oddiy takror ishlab 
chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining ilgarigi hajmlarda bir meʼyorda 
takrorlanishi oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli 
rivojlangan iqtisodiyotga Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xosdir. Farovon 
hayot YAMMni tobora koʻproq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish faqat ishlab chiqaruvchi kuchlarga 
taalluqli boʻlib qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini ham 
oʻzida ifodalaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yangilanish jarayonini 
bildiradi va takrorlanish davrida mehnat qurollari, vositalari, usullari, mahsulot 
yaratilishi kabi jarayonlarning oʻzgarib borishi, oʻrin almashuvi qabilarni 


qamraydi. Yangilanish inversiya usulini qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Shuning 
uchun YAMM isteʼmol va ishlab chiqarishni qaytadan yangilash uchun sarf etiladi, 
resurslarga aylantirib, investitsiyalar uchun ishlatiladi. Kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish ning ilgʻor texnologiya va yangi usullar asosida amalga oshuvi iqtisodiy 
oʻsishni jadallashtiradi. 
Oʻzbekistonda Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni shoʻrolar 
davrida umumittifok, majmui asosida amalga oshib, milliy manfaatga bogʻliq 
boʻlmagan. Mustaqillik yillari Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda tub 
oʻzgarishlar yuz berdi, Oʻzbekiston xalqi manfaati va tiklanayotgan bozor 
iqtisodiyoti talablari asosida mustaqil harakatdagi Kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayoni yuzaga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, ishlab 
chiqarish toʻla zamonaviy texnologiya asosida yangilanmoqda, yangiyangi 
tarmoqlar paydo boʻlib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, elektronika 
kabi tarmoqlar sanoatda asosiy oʻrinni egallamoqda. Takror ishlab chiqarishda 
yangi proporsiyalar yuzaga kelib, xom ashyoviy yoʻnalishga asta barham berilib
tayyor mahsulot yoʻnalishi, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar 
ishlab chiqarish yoʻnalishi taʼminlanmokda. Tub mulkiy oʻzgarishlar yuz berib, 
davlat mulki hisobiga xususiy, korporativ mulk asosida Kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni davom etmokda. Kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish jarayoni erkin iqtisodiy taraqqiyot iziga oʻtkazildi, xususiy 
tadbirkorlik faoliyati bilan boyitildi. 
Muxtor Rasulov.
[1]
 
Takror 

Yüklə 217,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə