O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing bozorning har qanday o‘zgarishlariga turlanuvchi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   235
marketing 57

5. Marketing bozorning har qanday o‘zgarishlariga turlanuvchi 
e’tibor qaratish
prinsiplariga asoslanadi. U talab miqdori, iste’mol-
chilar xulq-atvori, yetkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar 
muammolarining mavjud va bashoratlangan miqdori (kattaligi)ga nisba-
tan bozor konyunkturasini tizimli va sinchiklab hisobga olishni bildiradi. 
Firma tomonidan xo‘jalik qarorlari qabul qilish markazlarini uzluksiz 
kelib tushayotgan marketing ma’lumotlari asosida bozorning holatini his 
qilib turadigan bo‘limlarga qo‘shib (aralashtirib) yuborilishi bozorning 
o‘zgarayotgan talablarini uning ishlab chiqarish, savdo va ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini tez sezib olish (zudlik bilan e’tibor qaratishi)ga imkon beradi. 
Bill Geyts “Fikr tezligidagi biznes” kitobida ta’kidlaydiki, hozirgi 
zamon informatsion texnologiyalaridan foydalanish bozordagi vaziyatni 
bir necha hafta emas, bir necha soat oldin ko‘ra olib, biznesda bozorda 
yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun zarur bo‘ladigan tezlik-
ka erishish imkonini beradi. Raqobatchilarga nisbatan esa “kim raqobat-
chilarini unutsa, o‘sha bozorni unutadi” degan fikrni hamisha 
unutmaslik kerak. Bugun raqobatchilarni yo‘q qilish emas, hurmat qilish 
kerak, chunki u mudrashga emas, o‘ylashga, ijod qilishga, intilishga 
undaydi. 
6. Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka 
yo‘naltirilganligini
ko‘zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish 
va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo 
bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab 
chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxona-
lar bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidi-
da kapital qo‘yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina, 
foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g‘oyaning paydo 
bo‘lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mum-
kin. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə