O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti


 O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix18.02.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#83907
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi va xususiyatlari

3. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va 

xususiyatlari 

 Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy  sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va 

raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan 

iborat.  Bunda  asosiysi  mulkchilik  masalasini  hal  qilishdir.  Shu  sababli 

Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  mulkchilik  masalasini  hal  qilishni 

«...bozorni  vujudga  keltirishga  qaratilgan  butun  tadbirlar  tizimining  tamal  toshi 

bo‘lib  xizmat  qiladi»  deb  alohida  ta‘kidlab  ko‘rsatadi.  Uzoq  yillar  mobaynida 

respublikamiz  iqtisodiyotida  umumxalq  mulki  deb  atalgan,  aslida  esa, 

davlatlashtirilgan  mulk  to‘liq  hukmronlik  qilib  keldi.  Nazariya  va  amaliyotda 

umumxalq  mulki  deb  hisoblangan  mulk  sub‘yekti  sifatida  davlatning  chiqishi 

jamiyat  a‘zolari  o‘rtasida  bu  mulkka  «hech  kimniki»,  «davlatniki»,  «birovning 

mulki», deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi. 

Bozor  iqtisodiyotini  vujudga  keltirish  vazifasi  o‘tish  davrida  mulkchilikda 

davlat  sektorining  salmog‘i  ancha  yuqori  bo‘lgan  mamlakatlarda  bu  mulkning 

ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 

Shunga  ko‘ra,  O‘zbekistonda  ham  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat 

tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to‘g‘risida»gi  Qonunida  (1991  yil  19 

noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi: 

Davlat  tasarrufidan  chiqarish  -  davlat  korxonalarini  hamda  tashkilotlarini 

jamoa,  ijara  korxonalariga,  aksiyali  jamiyatlarga,  mas‘uliyati  cheklangan 

jamiyatlarga,  davlatga  qarashli  mulk  bo‘lmaydigan  boshqa  korxonalar  va 

tashkilotlarga aylantirishdir. 



30 

 

Xususiylashtirish  fuqarolarning  va  davlatga  taalluqli  bo‘lmagan  yuridik 



shaxslarning  davlat  mulki  ob‘yektlarini  yoki  davlat  aksiyali  jamiyatlarining 

aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.

 

Bundan ko‘rinadiki, mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish xususiylashtirishga 



qaraganda ancha keng tushuncha. 

Xususiylashtirish



 

-  davlat  mulkiga  egalik  huquqining  davlatdan  xususiy 

shaxslarga  o‘tishidir.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  xususiylashiirishdan 

tashqari,  bu  mulk  hisobidan  boshqa  nodavlat  mulk  shakllarining  vujudga 

keltirishni  ham  ko‘zda  tutadi.  U  bir  qator  yo‘llar  bilan  amalga  oshiriladi:  davlat 

korxonalarini  hissadorlik  jamiyatiga  aylantirish,  davlat  korxonasini  sotib,  uni 

jamoa  mulkiga  aylantirish;  mulkni  qiymatga  qarab  chiqarilgan  cheklar  (vaucher) 

bo‘yicha  fuqarolarga  bepul  berish;  mulkni  ayrim  tadbirkor  va  ish 

boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga 

sotish  yoki  qarz  hisobiga  berish;  davlat  mol-mulkini  auksionlarda  kim  oshdi 

savdosi orqali sotish va h.k. 

Xususiylashtirishning  usullari  ham  turli-tuman  bo‘lib,  ularni  3  guruhga 

ajratish mumkin:  

1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;  

2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 

3)  davlat  mulkini  bepul  bo‘lib  berish  hamda  sotishni  uyg‘unlashtirish  orqali 

xususiylashtirish. 

  Bu  sanab  o‘tilgan  usullarni  amalga  oshirishning  aniq  shakllarini  3-rasm 

orqali 

ifodalash 

mumkin. 

Mulkni 


davlat 

tasarrufidan 

chiqarish 

va 


xususiylashtirishning  ko‘rsatib  o‘tilgan  yo‘llari  hamda  usullaridan  qaysi  birini 

tanlash  undan  kutilgan  maqsadga  bog‘liq.  Masalan,  Rossiyada  davlat  mulkini 

vaucher  orqali  bepul  taqsimlash  usuli  qo‘llanildi.  Bundan  ommaviy 

xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy 

etish  hisobiga  mulkdorlarning  g‘oyat  keng  qatlamini  vujudga  keltirishdan  iborat 

edi.  Agar  tadbirkorlikni  rag‘batlantirish  ko‘zda  tutilsa,  xususiylashtirish  tanlab 

olingan  ozchilik  o‘rtasida  o‘tkaziladi.  Agar  xususiylashtirish  chetdan  kapitalning 



31 

 

kirib  kelishiga,  yo‘l  ochishi  zarur  bo‘lsa,  davlat  mulkini  xorijiy  tadbirkorlarga 



berish  shaklida  amalga  oshiriladi.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarishda  ayrim 

usullarga  ustuvorlik  berish  boshqa  usullarni  qo‘llashni  rad  etmaydi,  aksincha, 

ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi.  

Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, 

bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining 

ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga 

qarab  pulli,  pulsiz  yoki  imtiyozli  tarzda  o‘tkaziladi.  O‘z  shakli  va  usulidan  qat‘i 

nazar  bu  tadbir  xilma-xil  mulkchilikni  vujudga  keltirishni  ta‘minlaydi,  chunki 

davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  mulkchilikning 

rivojlanishiga  to‘sqinlik  qilayotgan  davlatning  monopol  hukmronligiga  chek    

qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l 

va  imkoniyatlar  ochib  berishdan  iborat.  Aslida  xususiylashtirish  iqtisodiyotning 

davlat  zimmasidan  soqit  qilish  yo‘llaridan  biri  bo‘lib,  davlat  mulkini  ma‘lum 

darajada 

haqiqiy 


egalari 

fuqarolarga 



berish 

demakdir. 

Ko‘pincha 

xususiylashtirish  -  bu  davlat  mulkini  ishlovchilarga  berish,  deb  talqin  qilinadi. 

Aslida  mamlakatning  barcha  aholisiga  davlat  mulkini  bo‘lib  berib  bo‘lmaydi, 

bunda aholining hammasi  mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni 

boshqarish  ishlab  chiqarish  hamda  mahsulotni  ayirboshlash  kabi  mashaqqatli 

ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. 

Xususiylashtirish  natijasida  aholi  orasida  ijtimoiy  jihatdan  tabaqalanish  yuz 

beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining 

daromadlarida  ham  tabaqalanish  yuz  beradi.  Kishilar  turli  sohalarda,  masalan, 

biznesda  turli  shakllardagi  mulkka  ega  bo‘lib,  aksiua  sotib  olish  va  korxona 

mulkida  o‘z  hissalarini  oshirib  borishga  harakat  qiladilar.  Xususiylashtirishni 

amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasturini 

ishlab chiqarish zarur. 



32 

 

 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə