O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix18.02.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#83907
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi va xususiyatlari

Xulosa 

 

O‘zbekiston  so‘ngi  yillarda  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etayotgan  va 

raqobatbardosh  mamlakatga  aylanmoqda.  Zero,  raqobatbardosh  iqtisodiyotni 

shakllantirmasdan, 

mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish  va  fuqorolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasida  ko‘zda 

tutilgan 

maqsadli 

vazifalarni 

amalga 

oshirmasdan 

turib, 

kelajakda 

iqtisodiyotimizni  rivojlangan  demokratik  mamlakatlar  darajasiga  olib  chiqib 

bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi. 

Mamlakatimizda 

mulkchilik 

tizimi 

va 


mulkchilik 

munosabatlarini 

takomillashtirishga  hamda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  yanada 

rivojlantirishga  e‘tibor  qaratilib,  xususiy  mulkning  huquq  va  himoyasi 

mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor 

huquqlarining himoyachisidir. 

Xususiylashtirish  jarayonlarini  yanada  chuqurlashtirish,  haqiqiy  mulkdorlar 

qatlamini  shakllantirish,  ko‘p  ukladli  iqtisodiyotni  vujudga  keltirish  va  unda 

xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga 

oshirish  bosqichlarida  aholi  uchun  kuchli  ijtimoiy  kafolatlarni  yaratilishi,  mulkni 

tejab-tergab  foydalanadigan,  talab  va  taklif  qonuni  asosida  iste‘mol  bozorini 

to‘ldira  oladigan  mulkdorlarga  topshirilishi  lozimligi,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  milliy  iqtisodiyotga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy 

investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik 

ekanligi  ushbu  mavzuda  kurs    ishining  naqadar  dolzarb  ahamiyatga  ega 

ekanligidan dalolat beradi. 

Kurs  ishining  ilmiy  yo‘nalishi  O‘zbekistonda  mulkchilik  tizimi  va  

munosabatlarini  takomillashtirish  orqali  iqtisodiyotni  innovatsion  rivojlantirish 

bo‘lib,  uning  maqsadi  mamlakatimizda  xususiy  mulkni  shakllantirish  borasidagi 

muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy 

tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat: 



41 

 

-



 

xususiy  mulk  tushunchasini  nodavlat  mulkka  asoslangan  korxonalar 

tushunchasidan farqini aniqlashtirish; 

-

 



qonunga  muvofiq  ravishda  iqtisodiyotda  xususiy  mulkning  ustuvorligini 

amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish; 

-

 

xususiy  mulkni  qo‘llab-quvvatlash  va  daxlsizligini  kafolatlash  hisobiga 



ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish

-

 



jahon  bozorlariga  yangi  maxsulotlarni  olib  chiqishdagi  mavjud 

muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish; 

-

 

tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi 



va  avvalo  iqtisodiyotning  xususiy  mulkka  asoslangan  sektori  tarmoqlarining 

texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. 

Kurs  ishidan    kutilayotgan  ilmiy-amaliy  natija  xususiy  mulk  va  nodavlat 

mulkka  asoslangan  korxonalar  tushunchalariga  nazariy  jihatdan  aniqlik  kiritish, 

qonunlarimizga  muvofiq  ravishda  iqtisodiyotda  xususiy  mulkning  ustuvorligini 

amalda  ta‘minlash.  Uni  qo‘llab-quvvatlash  va  daxlsizligini  kafolatlash  orqali 

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va 

xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish 

imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish 

va  aholi  bandligi,  uy-joylar  qurish  va  aholi  punktlarini  obodonlashtirish,  ta‘lim-

tarbiya  jarayonlari  va  sog‘liqni  saqlash  tizimini  yanada  isloh  etish  va 

takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur. 

Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga 

o`tish  davrida  mulkchilik  va  ko`p  ukladlilik  xususiyatiga  ega  hamma  qonunga 

ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini 

himoya  qilish  va  ulardan  samarali  foydalanish  uchun  teng  sharoitlar  yaratiladi. 

Bular  O`zbekistonning  mavjud  barcha  potentsialidan  foydalanish  asosida 

iqtisodiyotni  ko`tarishga  ta‘sir  etuvchi  strategik  yo`nalish  hisoblanadi.  

 

 

 




42 

 


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə