O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Tuman hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasi.2



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə3/8
tarix19.05.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#111560
1   2   3   4   5   6   7   8
Turmamatov islom ek 59

2-rasm. Tuman hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasi.2
2-rasmda tuman hokimyatining boshqaruv apparati keltirilgan. Bunda hokimning 4 ta o`rinbosari va ularning bosh mutahasisilari tasvirlangan.

2.Hokimiyat boshqaruv tizimi
Qumqurg’on tuman hokimligi  boshqaruv apparati tashkiliy tuzilmasi

  • Tuman hokimi

  • Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari

  • Tuman  hokimining kapital qurilish, kommunal xo'jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosari

  • Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

  • Tuman  hokimi o'rinbosari – xotin-qizlar qo'mitasi raisi

  • Tuman tashkiliy – nazorat guruhi rahbari 

  • Tuman hokimi xuquqshunosi

  • Tuman hokimi yordamchisi

  • ​Umumiy bo'lim mudiri

  • Tuman hokimligi bosh hisobchisi

  • Tuman hokimligi hisobchisi

  • Tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish bo'limi boshlig'i

  • Tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi

  • Tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish bo'limi etakchi mutaxassisi

Tuman hokimi. Tumanning tegishli vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Vakolati doirasida viloyat hokimi va xalq deputatlari shahar Kengashi oldida hisobdordir;

  • O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me'yoriy hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

  • Jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog'liq barcha chora-tadbirlarni ko'radi. Tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi; 
    tuman(shahar)ni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, shahar byudjetining asosiy ko'rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari shahar Kengashining tasdig'iga taqdim etadi;

  • O'z o'rinbosarlari va ijroiya hokimiyati tizimi bo'linmalarining rahbarlarini tegishli tartibda lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish to'g'risidagi qarorlarini xalq deputatlari shahar Kengashi tasdig'iga taqdim etadi;

  • Hokimlik bo'linmalari rahbarlarini va mas'ul xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. Rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tizimi bo'linmalarining ishini nazorat qiladi;

  • Xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimi tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarni bajarmagan hollarda mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

  • Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni ko'rib chiqadi va takliflar kiritadi;

  • Respublika va xorijda shaharning rasmiy vakili sifatida ish yuritadi;

  • Aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko'rib chiqadi;

  • Rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo'l xo'jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o'z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi; 

  • O'ziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida shahardagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi;

  • Zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan takliflar beradi. Kengash qarorlariga imzo qo'yadi va tasdiqlaydi;

  • Ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot beradi;

  • O'ziga berilgan vakolat va amaldagi Qonunlar doirasida boshqa masalalarni hal etadi;

  • Shahar hokimligi tizimidagi tashkiliy-nazorat, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo'yicha, safarbarlik tayyorgarligi, kanselyariya bo'limi hamda shahar hokimligi xuquq-maslahatchisi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Quyidagi shahar tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- tuman prokuraturasi;
- tuman ichki ishlar boshqarmasi;
- jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi;
- fuqarolik ishlari bo'yicha tuman sudi;
-O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamentining tuman hududiy boshqarmasi;
- tuman Davlat soliq inspeksiyasi;
-O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman hududiy boshqarmasi;
- tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi; 
- tuman mudofaa ishlari bo'limi,
- voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha tuman komissiyasiga raislik qiladi;
- tuman hokimligi huzuridagi narkotik moddalarini nazorat qilish bo'yicha mintaqaviy komissiyaga raislik qiladi;
-odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha tuman idoralararo komissiyasiga raislik qiladi.
Tuman hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish bo'yicha birinchi o'rinbosari. Quyidagilar tuman hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- sanoatni rivojlantirish, xom-ashyo bilan ta'minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qo'shma va kichik korxonalar tashkil etish, bu borada xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatish;
- xalq hunarmandchiligining rivojiga keng yo'l ochib berish, qurilish, maishiy va pullik xizmat ko'rsatish hamda qishloq infrastrukturasi va investisiya dasturlarining bajarilishini ta'minlash;
- kommunal xizmat ko'rsatish sohasida amalda oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bu soha korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- shaharda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta'minlash va shahar iqtisodiyotiga chet el sarmoyalari kiritilishini tashkil etish. 
Tuman hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari sanoat korxonalari, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes sub'ektlari, qurilish birlashmalari, kompaniyalari, ixtisoslashgan qurilish-montaj va loyihalash tashkilotlari, kommunikasiya, transport, aloqa, yoqilg'i, energetika ta'minoti tashkilotlari, obodonlashtirish tashkilotlari, maishiy xizmat, davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda o'ziga tegishli shahar komissiyalariga bevosita rahbarlik qiladi.
Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi;
- tuman hokimligi xuzuridagi xo'jalik hisobidagi yakka tartibda uy-joy qurilishini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
- tuman hokimligi qoshidagi xo'jalik hisobidagi qurilish, uy-joy masalalarini muvofiqlashtirish va kommunal sohada iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda yangi texnologiyalar va hisob kitoblar mexanizmini joriy etish bo'limi;
- tuman markaziy kanallar boshqarmasi;
- tuman hokimligi uy-joy, kommunal sohada islohotlarni jadallashtirish boshqarmasi;
- tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi tuman bo'limi;
- tuman(shahar)dagi mulk shaklidan qat'iy nazar, barcha loyihalash institutlari;
- tuman hokimligi binolardan foydalanish departamenti;
- tuman hokimligi qoshidagi Davlat idoralardan tashqari loyiha va smetalarni ekspertiza qilish boshqarmasi;
- tuman xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari;
- tuman obodonlashtirish departamenti va kommunal xo'jaliklari ishini muvofiqlashtirish;
- tuman hokimligi xuzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish inspeksiyasi;
- tuman hokimligi savdo, xizmat ko'rsatish sohasi va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish departamenti;
- tuman maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari uyushmasi;
- “Tuman elektr tarmoqlari» korxonasi;
- belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.
O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.
Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari
Quyidagilar tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish dasturlari hamda tuman byudjeti loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish;
- tuman byudjeti ijrosini ta'minlash borasida barcha iqtisodiy masalalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- mahalliy soliqlar va boshqa yig'imlar hajmini belgilash, narx-navo siyosati, hududni kompleks rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha mavjud qonun va hukumat qarorlarining bajarilishini ta'minlash;
- tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahsulotlar eksporti hamda pul-kredit muomalasi masalalari bilan shug'ullanish;
- tumanda Davlat tilini amalga oshirish, toponimik, muruvvat yordamlarini qabul qilish, taqsimlash va favqulodda epidemiyaga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish; 
Madaniy meros ob'ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi harakatini ta'minlaydi;
Tumanda «Haj» va «Umra» tadbirlarni tashkil etish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- milliy va davlat bayramlarini o'tkazishni tashkil etish.
Tuman(shahar)da moliya, bank, soliq, statistika, ijtimoiy ta'minot, bandlik, sug'urta va savdo tashkilotlari, xalq ta'limi, fan, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, sog'liqni saqlash, madaniyat, matbuot, jismoniy tarbiya, sport, turizm va din sohalari majmuiga hamda tegishli shahar komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi. 
Quyidagi tuman tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
- tuman iqtisodiyot bo'limi;
- tuman Davlat soliq inspeksiyasi;
- tuman hokimligi moliya bo'limi;
- tuman hokimligi xalq ta'limi bo'limi;
- tuman tibbiyot birlashmasi;
- tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari bo'limi;
- tuman G’aznachilik bo'limi;
- Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman bo'limi;
- respublika tijorat banklari tuman bo'limlari; 
- tuman bandlikka ko'maklashi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi;
- Sug'urta kompaniyalarning tuman bo'limlari
- tuman statistika bo'limi;
- tuman tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati;
- tumandagi barcha dehqon va buyum bozorlari;
- tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
- tuman veterenariya xizmati;
- tuman pochta aloqa tarmog'i;
- tuman ilmiy muassasalari va oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlari;
- tumandagi barcha turdagi sport federasiyalari;
- tuman imom xatibligi;
- barcha diniy tashkilotlar;
- “Ma'naviyat targ'ibot markazi” tuman bo'limi;
- Nogironlar jamiyati tuman bo'limi;
- “Vatanparvar” tashkiloti tuman bo'limi;
- “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi Kengashi;
- tuman iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyati;
- tumandagi barcha ziyoratgohlar.
tumanda nashr etiladigan barcha ommaviy axborot vositalari, radio-televidenielar tahririyatlari;
- “Qumqurg‘on ” ijodiy uyushmasi tuman bo'limi;
- tumandagi axborot-resurs markazlari.
Belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimoti tasdiqlaydi.
O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.
Quyidagilar tuman hokimining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- tuman(shahar)da ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar hamda jamoat birlashmalarining ushbu yo'nalishdagi ishini muvofiqlashtirib borish; 
- xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarni moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarini yaxshilash hamda sog'lom avlodni tarbiyalash, ma'naviy, kasbiy, jismoniy, axloqiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy o'rnini oshirish;
- xotin-qizlarning yashash joylari va turmush sharoitlarini o'rganish, ishlab chiqarishda ular bilan yaqindan aloqada bo'lish;
- joylarda milliy-diniy urf-odatlarni to'g'ri targ'ib etish, xotin-qizlarning Konstitusion huquqlarini himoya qilish va tadbiq etish, ularning ongini zaharlab, turli xil ekstremistik diversion-terroristik faoliyatga aralashib qolishining oldini olish;
- xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalariga, shuningdek, ularning ish faoliyatini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi tashkilotlarda, muassasalarda, korxonalarda ijtimoiy himoya qilish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va tadbiq etish.
Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:
-sog'lom avlod, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish masalalari bo'yicha doimiy ishlovchi viloyat komissiyasi;
-oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yunalishlarini amalga oshirish bo'yicha maqsadli tadbirlar dasturining bajarilishini ta'minlash bo'yicha viloyat komissiyasi;
-Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash bo'yicha viloyat komissiyasi;
-Yod tanqisligi kasalliklarini oldini olish bo'yicha viloyat muvofiqlashtirish komissiyasi;
-viloyat favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OIV/OITS epedimiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Respublika Strategik dasturining viloyatdagi muvofiqlashtiruvchi komissiyasi.
Vakolati doirasida sohasiga oid masalalar yuzasidan Respublika vazirliklari, boshqaruv organlari, jamg'armalar va boshqarmalar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xotin-qizlar mehnat qilayotgan barcha korxona, muassasalar, boshqarma va idoralar faoliyatini o'ziga tegishli masalalar bo'yicha muvofiqlashtiradi.
Belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.
O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror hamda farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.
Tuman hokimiyati nizomi. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-104-moddalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tuman hokimligi vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibni belgilaydi.
2. Tuman hokimligi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarilishini amalga oshiradi, respublika va mahalliy ahamiyatga moliq masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.
3. Tuman hokimligiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlarga ega bo’ladi.
Hokim tuman hokimligi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek shaharlar va tumanlar hokimlarining qaror va farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
4. Tuman hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi hokim o’rinbosarlari, boshqarmalar va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi o'rganlari faoliyati, shuningdek tuman hokimligi apparati ish bilan ta’minlanadi.
5. Tuman hokimligida masalalar tuman hokimligi majlislarida hokim va uning o’rinbosarlari (vazifalar taqimotiga muvofiq) tomonidan, tuman hokimligi komissiyalari va boshqa ishchi o'rganlar majlislarida manfaatdor davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida ko’rib chiqiladi.
6. Tuman hokimligi apparati tuman hokimligi majlislari, tegishli qarorlar loyihalari, taxliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta’minlaydi. Tuman hokimi qarorlarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib va tekshirib boradi.
7. Tuman hokimligida ish yuritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yo’riqnomaga muvofiq, amalga oshiriladi.
II. Tuman hokimligi ishini tashkil etish
8. Tuman hokimligi o’z ishini: O’zbekiston Respublikasi Qonunlarni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasmi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek ko’rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni, amalga oshirishga yo’naltiradi.
Tuman hokimligining ishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan belgilangan rejalarga muvofiq olib boriladi.
9. Tuman hokimligining navbatdagi yil uchun ish rejasi:
- tuman hokimligini majlislarini o’tkazish rejasini;
- tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini hokim o’rinbosarlari huzurida ko’rib chiqish rejasini;
- tuman hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi o'rganlari majlislarining kalendar rejasini o’z ichiga oladi.
10. Tuman hokimligining ish rejalari quyidagi talablardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:
- tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek, tuman hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli taxlil qilish;
- islohotlar jarayonlariga to’sqinlik qilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish;
O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.
11. Tuman hokimligining ish rejalari tuman hokimi tomonindan tasdiqlanadi.
12. Tuman hokimligining ish rejalarnni tayyorlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat kilish tashkiliy-nazorat, Axborot-taxlil guruhlari, tegishli guruh va kotibiyatlar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Tuman hokimligi guruhlari, kotibiyatlari, shuningdek ular rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
III. Tuman hokimligiga masalalarni kiritish, shuningdek ularni tuman xokimligida tayyorlash va ko`rib chiqish tartibi
14. Tuman hokimliginnng ko’rib chiqilishi uchun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kirgan masalalar kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun tuman hokimligining kompleks yoki maqsadli dasturlari ishlab chiqiladi, ularni ko’rib chiqish uchun hokim o’rinbosarlari tomonidan tuman hokimiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
15. Tuman hokimligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuborilgan boshqa hujjatlar ko’rib chiqiladi va bajariladi.
16. Tuman hokimligida ko’rib chiqish uchun masalalar boshqarmalar, xo’jalik organlari boshqaruvi rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o’rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.
17. Tuman hokimligiga ko’rib chiqish masalalar belgilangan tartibda, qoida tariqasida tuman hokimi qarorlari va farmoyishlari loyihalari (keyingi o’rinlarda hujjatlar loyihalari deb ataladi) shaklnda kiritiladi.
18. Tuman hokimi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko’rib chiqishga tayyorlash ushbu bob talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining 12 yanvardagi 12-son qarori va ish yuritish bo’yicha Yuriknomaga muvofiq amalga oshiriladi,
19. Loyihalar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko’rib chikiladigan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o’ziga olgach bo’lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yishi, ularni bejarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.
Tayyorlanayotgan loyiha boshqa hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoxud ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash talab etib, ushbu o’zgartirish va qo’shimchalar, shuningdek ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risidagi takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan ayni bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko’rinishida kiritiladi. Bu holda unga hujjat matninnng amaldagi va taklif ztilayotgan taxririning tegishli Kiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.
20. Aynan shu masalalar bo’yicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan ,hollarda tuman hokimligiga ana shu masalalar bo’yicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yul ko’ymaydi, yangi vaziyatlar paydo bo’lgan xollar bundan mustasno.
21. Hujjatlar loyihasini tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik hujjat loyihasini tuman hokimligigakiritayotgan boshkarma va tashkilotlar rahbarlariga yuklatiladi. Kelishib olish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga tegishli organlar raxbarlari tomonidan ko’pi bilan 1 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qo’yiladi.
22. Hujjat loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda loyiha kelishmovchiliklar bilan birga faqat muloxazalari bo’lgan tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda ularning birinchi o’rinbosarlari) imzolagan asoslangan yozma mulohazalar bilan birga tuman hokimligiga kiritilishi mumkin.
23. Mazkur Reglamentda belgilangan tartibda tuman hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishga tayyorlash tuman hokimligi aplarati tomonidan uzoq bilan 3-5 kun muddatda amalga oshiriladi.
IV. Tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va imzolash tartibi
24. Tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekistan Respublikasi qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo’yncha qabul qilinadi.
25. Tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalari boshqarmalar, tuman idoralari va tashknlotlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqildi.
26. Hujjatlar loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda tuman hokimligi yuristi bilan kelishiladi.
27. Tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarining kelishilgan loyihalari loyihasini ishlab chiqish to’g’risidagi topshiriqnoma bilan birga (u mavjud bo’lganda, umumiy bo’limda tegishli razishda ro’yhatdan o’tkazgan holda tuman hokimligi apparatiga kiritiladi.
28. Umumiy bo’limda ro’yxatdan o’tkazib kiritilgan qarorlar va farmoyishlar loyihalari ishlash uchun tuman hokimligi apparatnning tegishli guruhlari va kotibiyatlariga beriladi.
29.Guruh yokm kotibiyat loyihani ekspertizadan o’tkazadi, zarurat bo’lganda, hujjatni kiritgan boshqarma va idoralar bilan birgalikda loyiha ustida qo’shimcha ishlaydi hamda bildirilgan mulohazalarni bartaraf etadi.
Salbiy xulosaga kelganda guruh yoki kotibiyat mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi xulosani tayyorlaydi.
30. Ko’rib chiqish natijalari haqida guruh yoki 'kotibiyat mudiri hokim mutasaddi o’rinbosariga axborot beradi.
Hokim mutasaddi o’rinbosari guruh yoki kotibiyatning salbiy xulosasiga rozilik bildirgan taqdirda hujjat loyihasi unga xulosani va hokim mutasaddi o’rinbosari tegishli topshiriq ilova qilingan holda belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.
Xulosa ijobiy bo’lganda va hokim mutasaddi o’rinbosari ma’qullagan taqdirda guruh yoki kotibiyat hokim o’rinbosarlari tomonidan loyihaga rozilik imzosi qo’ynlishini tashkil qiladi.
31. Guruh yoki kotibiyat hokim o’rinbosarlari bilan kelishilgan hujjat loyihasini tuman hokimligi Axborot-taxlil guruhiga ekspertizadan o’tkazish uchun taqdim etadi.
32. Axborot-taxlil guruhi hujjatlar loyihasnni iqtisodiy samaradorlik va barcha manfaatdor idoralar bilan muvofiqlashtirish nuqti-nazaridan puxta ekspertizadan o’tkazadi.
Ekspert xulosasi salbiy bo’lgan taqdirda Axborot-taxlil guruhi loyihani puxta ishlash uchun tegishli guruh yoki kotibiyatga qaytaradi.
Xulosa ijobiy bo’lgan takdirda Axborot-taxlil guruhi rahbari loyihani ko’rib chiqish uchun hokim tegishli o’rinbosariga qaratadi.
33. Hokim tegishli o’rinbosari, hokim birinchi o’rinbosari rozilik bergan taqdirda rozilik imzosi qo’yilgan loyihani tuman hokimiga kiritiladi.
34. Shundan so’ng hujjatlar loyihalari hokim tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda maxsus qismda ro’yhatga olinadi.
V. Tuman hokimligi majlislarini tayyorlash va o’tkazish
35. Tuman hokimligi majlislari har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi. Tuman hokimligi majlislarida hokim raislik qiladi.
36. Tuman hokimligi majlislarida “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuinda nazarda tutilgan masalalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumati topshiriklariga muvofiq boshqa masalalar ko’rib chiqiladi.
37. Tuman hokimligi majlislarida ko’rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Axborot-taxlil guruhi, guruhlar va kotibiyatlar, tuman hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Moliya boshqarmasi va boshqa tuman idoralari hokimining birinchi o’rinbosari rahbarligida davlat va xo’jalik boshqaruvi tegishli organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni tuman hokimi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradilar.
38. Tuman xokimligi Iqtisodiyot bosh. boshqarmasi, Moliya va Statistika boshqarmalari va boshqa tuman iqtisodiy idoralari majlisning e’lon qilingan o’tkazilishi sanasidan kamida 10 kun oldin tuman hokimligiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli taxliliy materiallarni (shu jumladan jadvallarni), tuman hokimligi majlisi protokoli loyihasini kiritadilar.
39. Axborot-taxlil guruhi tegishli guruh yoki kotibiyatlar bilan birgalikda kiritilgan materiallarni ekspertizadan o’tkazadi hamda hududlardagi ishlarning ahvolini o’rganish natijalarini va iqtisodiy organlar tomonidan taqdim etilgan boshqa materiallarni hisobga olgan, holda puxtalashtiradi.
40. Puxta ishlab chiqilgan materiyallar tuman hokimining birinchi o’rinbosari bilan kelishiladi va tuman hokimiga taqdim etiladi.
41. Tuman hokimligi majlisida ko’rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglamentning uchinchi bobi talablariga muvofiq tayyorlangan bo’lishi kerak.
42. Tuman hokimligi majlisiga taklif etildigan mansabdor shaxslar ro’yxatlari tuman hokimi tomonidan belgilanadi.
43. Tuman hokimligi majlisiga tuman prokurori, Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo’yicha tuman sudlari raislari, xo’jalik sudi raisi, Adliya boshqarmasi boshlig’i doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo’yicha taklif etiladilar.
44. Tuman hokimligi majlislarida masalalar to’g’risida hokim o’rinbosarlari, boshqarmalar, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, guruhlar rahbarlari va kotibiyatlar mudirlari axborot beradilar.
45. Majlislarda qarorlar yig’ilish qatnashchilarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
46. Tuman hokimligi majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Majlis bayoni tegishli guruh yoki kotibiyat tomonidan majlis tugagandan keyin bir kun muddatda hokim o’rinbosari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
VI. Tuman hokimligi qarorlarini rasmiylashtirish, jo’natish, e’lon qilish va ularning kuchga kirishi
47. Tuman hokimligi majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qo’shimchalar yoki o’zgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari tegishli guruhlar va kotibiyatlar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan puxta ishlanadi hamda agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, majlisdan keyin ikkinchi ko’pi imzolashga taqdim etilidi. Loyihalarga kiritiladigan o’zgartirishlar tuman hokimining tegishli o’rinbosarlari bilan kelishilishi kerak.
Puxta ishlangan loyiha tasdiqlash uchun tuman hokimiga kiritiladi.
48. Tuman hokimligi majlis qarorlari, tuman hokimi qarorlari va farmoyishlari ular imzolangan sana bo’yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli guruhlar yoki kotibiyatlar tomonidan tuziladigan jo’natish ro’yxati bo’yicha darxol ijrochilarga yuboriladi.
49. Tuman hokimining qarorlari va farmoiishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo’lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.
50. Tuman aholisiga etkazilishi zarur bo’lgan qarorlar va farmoyishlar tuman hokimining topshirig’iga binoan matbuotda e’lon qilinadi va maxalliy televideniyada eshittiriladi.
VI 1. Qabul qilingan qarorlarning bajarilpshini tashkil etish tartibi hamda tuman hokimligi tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi
51. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari. qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oliy Majlis palatalari va qo’mitalarining qarorlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, tuman hokimi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
52. Tuman hokimligiga tushgan O’zbekiston Reslublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oliy Majlis palatalari va qo’mitalarining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari to’g’risida darxol tuman hokimiga axborot beriladi va ular yuzasidan hujjatlarning mas’ul ijrochilariga topshiriqlar rasmiylashtiriladi.
53. Tuman hokimligining topshiriqlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, hujjat yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak.
54. Bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidan uzaytnrilishi mumkin.
55. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oliy Majlis palatalari va qo’mitalarining qarorlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishini va nazorat qilishni tashkil etish:
- tuman hokimining tegishli o’rinbosarlari tomonidan;
- tarmoqlarni va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo’ljallangan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- tegishli tarkibiy bo’linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish;
- ularning bajarilishini boshqarmalar, idoralar, boshqaruvning hududiy tarmoq organlari hamda shaharlar va tumanlar hokimliklarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o’rganish;
- boshqarmalar, idoralar, tuman, shaharlar va tumanlar hokimliklarining yukorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilgan o’z qarorlarining bajarilishini ko’rib chiqish;
- tarmoqlar va hududlardagi ishlarning ahvolini kompleks o’rganish, ularning yakunlarini tuman hokimligi majlislarida ko’rib chiqish;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Oliy Majlis palatalari va qo’mitalarining qarorlari va topshiriqlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlari farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarida qo’yilgan vazifalarning o’z vaqtida va to’liq, bajarilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko’rish bilan ta’minlanadi.
Tuman hokimligi apparatida nazorat faoliyatini muvofiqlashtirib borish ushbu Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
56. Tuman hokimligi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, davlat byudjetining ijrosi, shuningdek davlat hokimiyati va yuqori boshqaruv organlari qarorlarining bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularni so’zsiz ro’yobga chiqarilishini ta’minlash choralarini ko’radi.
57. Tuman hokimining bajarilgan qarorlari va farmoyishlarini nzzoratdan chiqarishtuman hokimi yoki uning birinchi o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
VI. Tuman hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi organlari
58. Davlat hokimiyati va yuqori boshqaruv organlarining qarorlarinn hayotga tadbiq etishga ko’maklashish, tuman hokimligi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda boshqarmalar, idoralar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xo’jalik boshqaruvi boshqa organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida tuman hokimligi tomonidan uning komissiyalari, shuningdek boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Tuman hokimligi ularning vazifalarini, funktsiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi.
59. Komissiyalar majlislari hokim yoki uning o’rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan tuman hokimligining yillik (choraklik) ish rejalari asosida o’tkaziladi.



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə