127
Nazorat uchun savollar
1.
Interfeys ta’rifini keltiring.
2.
Interfeys sinfdan qanday farq qiladi?
3.
Nima uchun operator implements ishlatiladi?
4.
Interfeys nima uchun ishlatiladi.
5.
Birgalikda ishlatiladigan konstantalarni turli sinflarga
import qilish uchun
interfeysdan qanday foydalaniladi?
128
XULOSA
Ma’lumki, dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni
sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50–
80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash
va yaratish vaqtini
kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini
osonlashtiradi.
Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo‘lgan
vosita bo‘lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avto- matlashtiradi, xatoliklarni
kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi.
Delphida dastur
zamonaviy vizual loyihalash texnolo- giyasi asosida obyektga mo‘ljallangan
dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi tizimi Turbo Pascal 7.0.
tilining rivoji bo‘lgan obyektga mo‘ljallangan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi.
Obyektga mo‘ljallangan yondoshuv dasturiy tizimlarni dasturlash tiliga bog‘liq
bo‘lmagan holda yaratishda modellardan sistematik foydalanishga asoslangan. Har
bir model uning o‘zi aks ettirayotgan predmetning hamma xususiyatlarini ifodalay
olmaydi, u faqat ba’zi juda muhim belgilarini ifodalaydi. Demak model o‘zi aks
ettirayotgan predmetga nisbatan ancha sodda bo‘ladi. Bizga shu narsa muhimki
model endi formal konstruktsiya hisoblanadi: modellarning
formalligi esa ular
orasidagi formal bog‘lanishlarni aniqlashni va ular orasida formal operatsiyalar
bajarishni ta’minlaydi. Bu ish modellarni ishlab chiqishni va o‘rganishni hamda
kompyuterda realizatsiya qilishni osonlashtiradi.Xususan esa,
modellarning formal
xarakteri yaratilayotgan dasturning formal modelini olishni ta’minlaydi.
Har bir sinfni ikkita muhim jihati mavjud: u arxitektura birligini moduli
hisoblanadi,va u bir necha ma’lumotlar turlarini aniqlagan holda sermazmun
tushunchaga ega. Dastur tizimi sinflari hammasi bir-biri bilan o‘zaro aniq
bog‘lanishda bo‘ladi.
Obyektli dasturlash tizimida ikkita asosiy tur sinflarni o‘zaro bog‘lanishi
aniqlangan.Birinchi bog‘lanish “Mijoz va Yetkazuvchi”, odatda mijoz bog‘lanishi
129
deb ataladi yoki ichma-ich bog‘lanishda bo‘ladi. Ikkinchi bog‘lanish “Ota-onalar va
vorislar” bu odatda vorislik deb nomlanadi.
Vorislik paytida bazaviy sinf yangi atributlar va operatsiyalar
hisobiga yanada
o‘sadi. Hosila sinfda odatda yangi ma’lumotlar a’zolari, xususiyatlar va metodlar
paydo bo‘ladi. Obyektlar bilan ishlashda dasturchi odatda aniq masalani hal qilish
uchun eng to‘g‘ri keladigan sinfni tanlaydi, hamda undan bitta yoki bir nechta voris
avlod yaratadiki, ular o‘z otalarida mavjud imkoniyatlardan ko‘proq imkoniyatga ega
bo‘ladilar. Do‘stona funksiyalar hosila sinfga barcha tashqi sinflar ma’lumotlari
a’zolariga kirish huquqini olish imkonini beradilar.
Funksiya shablonlari (parametrlangan turlar) bog‘langan
funksiyalar oilasini
tuzish imkonini beradi. Shablon kiritilishi uchun, hosil qilingan funksiya
avtomatlashtirish, har xil tipli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Masalan,
algoritm tartiblash uchun har qaysi funksiyani o‘zini aniqlovchi tipi qo‘llaniladi.
C++ o‘zi istisno xolatlarni yuzaga keltirmaydi. Ularni C++
ning throw
operatoridan foydalangan dasturlar yuzaga keltiradi. Istisno yuzaga kelganda, throw
operatoridagi
nom berish ifodasi muvaqqat obyektni nomlaydi
(initsiallashtiradi), Bunda muvaqqat obyektning turi ifoda argumenti (dalili) ning
turiga mos keladi. Ushbu obyektning boshqa nusxlari, masalan, istisno obyektidan
nusxa ko‘chirish konstruktori yordamida generatsiya qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: