O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


-Bob. Iqtisodiy ko’rsatkichlarni bashoratlashda ishlab chiqarish funksiyalaridan foydalanish



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə96/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

12-Bob. Iqtisodiy ko’rsatkichlarni bashoratlashda ishlab chiqarish funksiyalaridan foydalanish

-ishlab chiqarish funksiyalarini prognoz modellarida qo’llash tajribasiga ega bo’lish;

-ekstropolyatsiya usuli to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish;

-bir o’lchamli vaqtli qatorlarni modellash usullarini qo’llash tamoyillarini bilish;

-prognozning ekstropolyatsiya usullari moqiyatini tushunish va boshqa usallardan farqini bilish;

-o’rtacha absolyut usuli bo’yicha ekstropolyatsiyadan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish.


12.1.Ishlab chiqarish funksiyalarini prognoz modellarida qo’llash.
Iqtisodiy o’sishni natijaviy ko’rsatkichi - bu milliy daromadni dinamikasidir. Ishlab chiqarish jarayoniga va iqtisodiy o’sishga o’z ta’sirini ko’rsatadigan asosiy omillarga ishchilar soni, ishlab chiqarish fondlari, tabiat resurslar kiradi. Yaratilgan milliy daromad yoki pirovard mahsulot iste’mol fondi va jamg’arish fondidan iborat. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslardan uchun ishlatiladilar. Iqtisodiy o’sishni logik modeli makroiqtisodiy jarayonda
Y=f(X1, X2, X3),

bu yerda


Y -milliy daromad yoki pirovard mahsulot;

X1, X2, X3 - ishchilar resurslari, ishlab chiqarish fondlari, tabiiy xomashyolar.

Makroiqtisodiy funköiyalar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini, xomashyo samaradorligini va ularni almashishini, ilmiy - taraqqiyotni iqtisodiy o’sishiga ta’sirini va ularga o’xshash ko’rsatkichlarni tahlil etish mumkin.

Analitik misollardan tashqari iqtisodiy o’sishni prognoz ko’rsatkichlarni makrotenglamalar yordamida hisoblash mumkin.

Zamonaviy makrodaraja tahlilda Kobba-Duglas tenglamasini ahamiyati katta, chunki uni asosida ishlab chiqarish jarayonida o’z ta’sirini ko’rsatadigan omillarni tahlil etish mumkin.

Bu tenglamani kamchiligi shundaki, omillar orasida ilmiy - texnika taraqqiyotini ko’rsatkichlarini, texnika, texnologiya ko’rsatkichlari ko’rsatilmagan.

12.2.Ekstropolyatsiya usuli to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Prognozlashda ekstrapolyatsiya usuli o‘rganiladigan ob’ektning rivojlanishiga taalluqli bo‘lgan omillarning doiraviylik, o‘zgarmaslik shartiga asoslangan bo‘lib, ob’ektning o‘tmishdagi va shuncha asoslanib kelajakdagi rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.

Dinamik qatorlarning o‘zgarish darajalariga qarab ekstrapolyatsiya oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Prognozlashning oddiy ekstrapolyatsiya usuli tenglamalarining absolyut qiymatlari, qatorlarning o‘rta qiymatlari, o‘rtacha absolyut o‘sish va o‘sishning o‘rtacha tezligiga nisbatan o‘zgarmas qiymatlarga ega degan xulosaga asoslangan. Prognozning murakkab ekstrapolyatsiya usuli, trendni ifodolovchi statistik formulalarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib ikki turga: takomillashgan va analitik turlarga bo‘linadi. Prognozning takomillashgan usulida vaqt bo‘yicha ketma-ket keladigan prognoz qiymatlarini avvaldan mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlar asosida hisoblab topiladi. Bunga o‘zgaruvchan va eksponensial o‘rta qiymat, garmonik vaznlar avtoregression o‘rta qiymat, garmonik vaznlar avtoregression o‘zgartirish usullari kiradi. Analitik usul eng kichik kvadrat usuli yordamida - ning determinik tarkibini aniqlashdan iboratdir.




Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə