O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə93/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

Qisqa xulosalar.

Iqtisodiyot jamiyatning moddiy boyliklarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni amalga oshiruvchi funktsional kichik tizimdir. Har qanday ishlab chiqarish individium tomonidan tabiat predmetlarining ma’lum ijtimoiy forma doirasida va shu forma vositasida o’zlashtirilishdir. Iqtisodiy kibernetika moddiy tizimdagi moddiy axborotni qayta o’zgarishlarini va aloqalarini o’rganadi. Jamiyat nuqtai nazaridan iqtisodiyot umuman tashqi, tabiiy resurslarni moddiy ne’matlarga aylantiruvchi funktsional kichik tizim sifatida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotni ijtimoiy tizim sifatida ko’rib chiqishda ishlab chiqarishning sotsial-iqtisodiy sharoitlari o’rganiladi. Iqtisodiyot resurslar kichik tizimi tarzida o’rganilganda esa birinchi o’ringa ishlab chiqarish-texnik aloqalar qo’yiladi.

Ishlab chiqarishning muhim omillarini mehnat bilan iqtisodiy tizim doiralarida ma’lum hamda maqsadga muvofiq formalarda uyg’unlashtirish ishlab chiqarish jarayonini yaratadi. Iqtisodiy tahlilda agregatsiya katta ahamiyatga egadir. Agregatsiyalash ko’rsatkichlarni biror belgisiga ko’ra birlashtirish, yiriklashtirish jarayonidir. Iqtisodiy kibernetikada agregatsiyalash juda zarurdir, chunki hech bir modelü real mavjud bo’lgan barcha xilma-xil mahsulotlar, resurslar va aloqalarni o’ziga sig’dira olmaydi. Iqtisodiyotni boshqarish jarayoni quyi bosqichdan yuqori bosqichga o’tishda ko’rsatkichlar agregatsiya qilinadi, natijada ularning soni kamayadi. Agregatsiyalash tarmoqlararo balans metodida muhim ahamiyatga egadir.


Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə