84
2.
Sug‘urta kompaniyasi foydasiga sherik bo‘lish bilan umrbod sug‘urta.
Sug‗urtalovchi bir martalik yoki doimiy sug‗urta mukofotini shartnomada
belgilangan muddat ichida to‗lab boradi. Sug‗urta
hodisasi yuzaga kelganda
sug‗urta kompaniyasi sug‗urta summasi bilan birga, hisoblangan sug‗urta
bonuslarini ham to‗lab beradi.
3.
Ikkita sug‘urta summali hayot sug‘urtasi .
Bunday turdagi sug‗urta
polislari sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan summadan kam bo‗lmagan sug‗urta
qoplamalarini kafolatlaydi. Shartnomada o‗lim holati kuzatilganda to‗lab
beriladigan sug‗urta summasi va har yili qo‗shilib ko‗payib boradigan sug‗urta
bonuslari belgilab ko‗rsatiladi. Sug‗urta hodisasi yuzaga kelganda o‗sha
ikkita
summaning qaysi biri katta bo‗lsa, o‗shanisi to‗lab beriladi (1- rasm).
4.
Hayot sug‘urtasining investitsion polislari.
Foydaga sherik bo‗lishdan
tashqari sug‗urta kompaniyalari mijozlariga sug‗urta summasi ma‘lum bir
investitsiya operatsiyasiga qo‗yiladigan polislarni taklif etishdi. Sug‗urta
kompaniyalari sug‗urtalovchilardan yig‗ib olgan sug‗urta mukofoti summalarni
maxsus investitsion fondlarga joylashtirish majburiyatini o‗zlariga oladilar.
Dostları ilə paylaş: