83
turar joy qurilishi uchun olingan kreditlar olishni amalga oshirish bilan birga
tuziladi. Bunday turdagi sug‗urta shartnomalaridan
asosan kredit tashkilotlari
foyda ko‗radi. Bunday shartnomalardan ipoteka kreditlari tizimini rivojlantirishda
keng foydalaniladi.
4.
O‘sib boruvchi sug‘urta summali tezkor sug‘urta.
Bu polis inflyasiya
jarayoniga qarshi kafolatni o‗zida aks ettiradi. Mukofotlar sug‗urta
qoplamalarining o‗sishi bilan birga oshib boradi. Bunday sug‗urta shartnomalari
bo‗yicha sug‗urta summalari polisning chakana narxi
indeksining oshishi bilan
proporsional ravishda oshib boradi.
5.
Oilaviy daromad sug‘urtasi.
Bu polislar tezkor hayot sug‗urtasiga muhim
qo‗shimcha hisoblanadi. Ularning eng asosiy farqi shundaki, sug‗urta hodisasi
yuzaga kelganda boquvchining daromadining o‗rnini
bosadigan summa, renta
to‗lab beriladi.
Dostları ilə paylaş: