O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


jinsi va avloddan  avlodga o‗tuvchi kasalliklar va yetishmovchiliklarni kiritish mumkin. Irsiyatning



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 
jinsi va avloddan 
avlodga o‗tuvchi kasalliklar va yetishmovchiliklarni kiritish mumkin. Irsiyatning
 
vafot etish darajasiga ta‘siri katta emas

Avloddan avlodga o‗tuvchi kasalliklarning 
ushbu ko‗rsatkichga ta‘siri o‗rtacha bo‗lib, bunday kasalliklar sifatida yurak 
kasalligi va qandli diabed kasalliklarini aytish mumkin.
Mazkur ko‗rsatkichga ta‘sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar sifatida kasb-
kor, ovqatlanish, yashash sharoitlari, yashash joyi, ta‘lim darajasi va hayot tarzini 
aytish mumkin. Ushbu faktorlar o‗rtasida aloqadorlik mavjud bo‗lib, shu tufayli 
ularning aloxida ta‘sir darajasini belgilash qiyin. Jumladan, insonning kasb-kori 
vafot etish darajasiga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi, masalan yuqori risk 


71 
darajasiga ega bo‗lgan ish, zararlilik darajasi yuqori bo‗lgan ishlar, kuchli 
asabiylashish kabilar vafot etish darajasi ko‗rsatkichining ortishiga olib keladi.
Xodim yoki ishchining kasb-kori uning oylik maoshini belgilaydi, bu o‗z 
o‗rnida uning hayot darajasiga, ovqatlanishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish va 
boshqalarga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Natijada klass seleksiyasi xosil bo‗ladi. Hayot 
sug‗urtasida klass seleksiyasining roli juda yuqori bo‗lib, jami axoliga nisbatan 
sug‗urtalangan shaxslarning klass tarkibi yuqori darajadagi daromad va ta‘lim 
darajasiga ega bo‗lgan axoli qatlamlariga tomon aralashadi.
5-jadval 
Ijtimoiy sinflarga nisbatan vafot etish darajasi
5
 
Ijtimoiy sinflar 
O‗rtacha darajaga nisbatan foizda 
I. Professionallar (vrachlar, aktuariylar, 
advokatlar va boshqalar) 
77 
II. Tadbirkorlar va menejerlar
81 
II.1. 
Xizmatchilar 
va 
xizmat 
ko‗rsatuvchi xodimlar 
99 
II.2. Qo‗l mexnati bo‗yicha malakali 
xodimlar 
106 
III. Qo‗l mexnatining o‗rtacha malakali 
xodimlari 
114 
IV. 
Qo‗l 
mexnatining 
malakasiz 
xodimlari 
137 
Qo‗l mexnatining malakasiz xodimlarining o‗rtacha vafot etish darajasi 
professionallarga nisbatan sal kam 80 % ortiq. 
Tug‗ri va sifatli ovqatlanish muxim o‗rin tutadi. Noto‗g‗ri ovqatlanishning 
sabablari mablag‗ning etishmasligi yoki odat yoki past darajadagi ma‘lumot 
bo‗lishi mumkin. Ortiqcha ovqatlanish boy oilalarda xam kambag‗al oilalarda xam 
bo‗lishi mumkin. Kambag‗al oilalarda arzon va sifatsiz maxsulotlarni tanovul 
qilish natijasida organizmni yog‗ bosishi yoki boshqa kasalliklarning kelib chiqish 
darajasi yuqori.
5
 
www.ifin.ru/insurance
 


72 
Yashash sharoitining talab darajasida bo‗lmasligi infeksion va resperatorlar 
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Yashash sharoiti uchun eng muxim 
talablar tozalik qishda issiqlik, suvning sifati va gigiena xisoblanadi. Yashash 
sharoitining yomonligiga odatta kambag‗allik sabab bo‗ladi. Shunday qilib 
Yashash sharoiti klass seleksiyasini faktorlaridan biri xisoblanadi.
Geografik faktorlarga turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‗luvchi 
joyning tabiiy iqlim sharoiti, yo‗l xarakatida avariyalarning sodir bo‗lish darajasi, 
tabiiy katastrofalar, siyosiy notinchliklar, tibbiy xizmatning yetarlli emasligi 
kabilarni kiritish mumkin. Statistik ma‘lumotlarning ko‗rsatishicha hayot 
davomiyligining darajasi bir shaxarning turli qismlarida turlicha bo‗lishi mumkin.
Ma‘lumot darajasi daromat darajasiga va kasb-koriga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Odatta ma‘lumotli kishilar uzoq yashaydilar. Ma‘lumotli bo‗lish hayot tarziga 
sezilarli tasir ko‗rsatadi, ovqatlanish jismoniy badan tarbiya yetarlli darajada 
bo‗lib, chyokish va alkogol iste‘mol qilish nisbatan kam bo‗ladi.
Vafot etish darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi boshqa faktorlar sifatida 
jismoniy mashg‗ulotlar bilan shug‗ullanish, sportning xavfli turlari, sayoxat va 
boshqalarni ko‗rsatish mumkin. Jami axoliga birday ta‘sir ko‗rsatuvchi faktorlar 
sifatida tibbiy xizmatining takomillashuvi, yangi kasalliklarni paydo bo‗lishi, 
epidemiyalar urushlar va boshqalarni aytish mumkin.
Oilaviy ahvol bilan bog‗liq xolatlarning vafot etish darajasiga ta‘siri 
xam mavjud. Angliya oilalarida oilaviy xolatning vafot etish darajasiga ta‘siri 
ko‗rsatilgan. Demografiyada bu ko‗rsatkichni vafot etishning eng yuqori chegarasi 
sifatida baxolashadi. Eng yuqori chegara 30 yoshlilarga yaqin bo‗lib undan keyin 
daraja pasayadi, keksalik yoshida vafot etish farqi nisbatan past. 
Nikoxda bo‗lgan kishilarning vafot etish darajasi aholining boshqa 
qatlamlariga nisbatan past bo‗ladi. Buning sababi, turmush qurayotkanlar odatda 
sog‗lom kishilar bo‗lib, nogironlar va boshqa nosog‗lom kishilar kam turmush 
qurishadi, yani nikoxga kirishish selektiv faktor xisoblanadi. SHu bilan birga 
nikoxi buzilganlar o‗rtasida o‗lim darajasi yuqori bo‗ladi.


73 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə