Kasb psixologiyasi



Yüklə 18,9 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü18,9 Kb.
#110686
internet ma\'lumotlari


Internet ma’lumotlati

  • Kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni
    tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin.
    Kasb psixologiyasining ob‘ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega.

( uz.m.wikipedia.org )

  • Kasb psixologiyasining predmetining ta‘rifiga asoslanib, uning quyidagi
    vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
    1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot
    tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
    2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini
    ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;
    3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;

4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;
5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya‘ni shaxsning
deformasiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan
layoqatini pasayishi va boshqalar;
6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritishbu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestasiyadan
o‘tkazish;
7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda
insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;
8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma‘lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi
psixologik jihatlari, attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitasiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
( fayllar.org )

  • Shaxsning kasbiy etikasi.
    Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: “Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) – bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.
    Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.
    Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda. ( arxiv.uz )

  • Xarakter - shaxsning voqelikka bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - harakatlarida namoyon bo`ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig`indisi. ( azkurs.org )

  • Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqa belgilar fonida ajralib turishi va alohida rivojlanishga ega bo`lishi. ( elib.buxdu.uz )

  • Psixopatiya - aqliy qobiliyat saqlanib qolgani tarzda boshqa kishilar bilan bog`liq xarakterga oid hastalik, ba`zan atrofdagilar uchun ijtimoiy xavfli bo`lishi ham mumkin. ( elib.buxdu.uz )
  • Xarakterning shakllanishi.
    Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. (egizaklar). egizaklar temperament xususiyatlari jihatidan o`xshasalar ham xarakter xislatlari bir - biridan farq qiladi. Xarakterning xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog`liqdir. Lekin shaxs munosabatlari o`z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo`y yoki yolg`onchi, qo`rqoq yoki jasur bo`lib tug`ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta`siri bilan tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o`z - o`zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql - idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog`liqdir. Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta`sir ko`rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota - onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga o`xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish - turishlari, dasturxon atrofida o`zini to`tishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklarga va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota - onalar va o`qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o`zlariga ham e`tibor bilan qarashlari, o`zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarini tarbiyalab etkazmoq uchun ota - onalar va tarbiyachilarning o`zlari bunday sifatlarga ega bo`lishlari lozim. ( genderi.org )


Yüklə 18,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə