O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Vafot etish holatlaridan sug„urta qilish



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

5.3. Vafot etish holatlaridan sug„urta qilish 
Vafot etishning asosiy ko‗rsatkichi – bir yil davomida insonning vafot etish 
ko‗rsatkichidir.Insonning yoshiga nisbatan vafot etishning bir yillik ehtimollik 
ko‗rsatkichini qx deb belgilanadi. 50 yoshli odamning bir yillik vafot etish 
ehtimolligi q50 = 0,02155 ga teng. Bu shu yoshdagi 100 ming kishidan 2155 tasi 
(q50
 = 
0,02155x100000=2155) 51 yoshga kirguncha vafot etishini bildiradi. 
Umuman, keksa kishilar yoshlarga nisbatan vafot etish darajasining 
yuqoriligi bilan, erkaklar ayollarga nisbatan ushbu ko‗rsatkich bo‗yicha yuqoriligi 
balan xarakterlanadi. 
Vafot etishning sabablari turli yoshlarda turlicha bo‗ladi. 2-jadvalda 
Britaniya tajribasidan kelib chiqqan holda turli yoshdagi insonlarning vafot etish 
sabablari keltirilgan. 
Inson hayotining birinchi yilida vafot etish darajasi tez o‗zgaradi, hayotining 
birinchi sutkasida ayniqsa vafot etish darajasi yuqori bo‗ladi. Hayotining birinchi 
ikki haftasi yoki birinchi oyida ham vafot etish darajasi yuqori bo‗ladi. Vafot 
etishining asosiy sababi tug‗ma yurak nuqsoni hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshda bolalar uyda yoki bog‗chada doimiy qarovda bo‗ladi. 
Bu yoshda bolalar organizmi tug‗ma nuqsonlarni engib o‗tgan va shuning uchun 
vafot etish ehtimoli juda past bo‗ladi. Vafot etishning asosiy sababi baxtsiz 
hodisalar bo‗lishi mumkin. 
Maktabning birinchi sinfida bolalar ota-onalar va o‗qituvchilar tomonidan 
doimiy e‘tiborda bo‗lishi davom etadi. Bu yoshda ham vafot etishning asosiy 
sababi baxtsiz hodisa bo‗lishi mumkin. Vafot etishning eng minimal darajasi 9-11 
yosh bo‗ladi. 


66 
2-jadval 
Buyuk Britaniyada vafot etishning asosiy xususiyatlari
2
 
Yoshi 
Vafot etish darajasi 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə