O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 
Nazorat savollari: 
1. Risk tushunchasiga ta‘rif bering? 
2. Risklar klassifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
3. Risk-menejmenti va risklarni identifikatsiyalash tushunchasi.
4. Risklarni boshqarishning qanday turlari mavjud? 
5. Moliyaviy risklarni izohlab bering? 
6. Sof va spekulyativ risklar. 
7. Fundamental va maxsus risklar tarkibiga qanday risklarni kiritish 
mumkin? 
8. Sug‗urta da‘volarini qondirishning asosiy prinsiplariga tavsif bering? 
 


59 
5-BOB. HAYOT SUG„URTASINING TURLARI. UZOQ VA QISQA 
MUDDATLI HAYOT SUG„URTASI 
5.1. Hayotni ma‟lum muddatga sug„urta qilish 
Hayot sug‗urtasi insonlarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning butun 
kompleksini hal etish imkonini beradigan katta hajmdagi sug‗urta kafolatlari va 
investitsion xizmatlarning to‗plamini taqdim etadi. Shartli ravishda ushbu 
xizmatlarni 2 guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy va iqtisodiy. Birinchi guruh 
vazifalarning amalga oshirilishi davlat ijtimoiy sug‗urtasi va ta‘minoti tizimidagi 
etishmovchiliklarni boshqarish imkonini bersa, ikkinchi vazifalar guruhining 
bajarilishi esa bir tomondan shaxsiy daromadlarning oshishiga olib kelsa, ikkinchi 
tomondan butun moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirish paytida zarur 
bo‗lgan kafolatni taqdim etadi. 
Qonuniy hujjatlarga muvofiq zimmasiga hayot sug‗urtasi bo‗yicha 
belgilangan tartibda shartnoma tuzish majburiyati yuklatilganlar hayot sug‗urtasi 
bo‗yicha alohida maqsadlarni belgilashi mumkin, masalan xavfli va zararli mehnat 
sharoitidagi ishchilarning hayot sug‗urtasi, davlat xizmatidagi shaxslar hayot 
sug‗urtasi.
Shunday qilib fuqaro hayot sug‗urtasi shartnomasini o‗z oilasini barvaqt 
o‗lim xavfidan saqlash maqsadida, yoki kelgusi moliyaviy ehtiyojini ta‘minlash 
uchun investitsion maqsadda tuzishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddatli hayot 
sug‗urtasi favqulodda muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga va bu orqali 
davlatni qo‗llab-quvvatlashga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hayot 
sug‗urtasi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashning muhim bir mexanimi 
bo‗lib xizmat qiladi. 
Hayotni ma‘lum muddatga sug‗urta qilish
 
shakli qadimgi va an‘anaviy 
sug‗urta turi hisoblanadi. Bunda sug‗urta shartnomasi ma‘lum belgilangan davrga 
(bir yil, besh yil, o‗n yil), va sug‗urta summasi naf oluvchiga faqatgina 
sug‗urtalanuvchi shartnoma amal qilish davrida vafot etganda beriladi. 


60 
Ushbu sug‗urta turi sug‗urtalanuvchining vafot etishi hodisasida sug‗urta 
to‗lovini amalga oshirishning eng yuqori kafolatini beradi va eng minimal sug‗urta 
mukofotini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi - sug‗urtalangan shaxsning bevaqt 
vafot etishidan ko‗riladigan zarardan uning oila-a‘zolarini himoya qilishdir. 
Sug‗urta mukofoti shartnoma amal qilishi davomida to‗lab boriladi. 
Shartnoma sug‗urtalanuvchining sug‗urtalovchi daromadida ishtirokini ham, 
investitsion daromadidagi ishtirokini ham va boshqa shu kabi holatlarni ko‗zda 
tutmaydi. Sug‗urta hodisasi yuz berganda sug‗urta summasini to‗lash bir martada 
yoki bo‗lib-bo‗lib renta ko‗rinishida to‗lanishi ham mumkin.
Muddatli sug‗urta belgilangan vaqt davrini qamrab oladigan hayotni 
sug‗urta qildirish bo‗yicha shartnomalarning boshlang‗ich (bazaviy) turi 
hisoblanadi. shbu shartnomalar turining bir necha xil variantlari mavjud: 
-
qayd qilib qo‗yilgan muddatli sug‗urta; 
-
qayta tiklanadigan muddatli sug‗urta; 
-
konvertatsiyalanadigan muddatli sug‗urta; 
-
sug‗urta summasi kamayib boradigan muddatli sug‗urta; 
-
sug‗urta summasi o‗sib boradigan muddatli sug‗urta; 
-
oila daromadlarini sug‗urta qildirish; 
-
sug‗urta summasi o‗sib oila daromadlarini sug‗urta qildirish. 
Keling, bu variantlarga xos bo‗lgan ustunliklar va mukofotlarni 
taqqoslaymiz va ularning har birini qo‗llash bo‗yicha shartlarni ko‗rib chiqamiz. 
1.
Qayd qilib qo‗yilgan muddatli sug‗urta. 
Bu muddatli sug‗urta qildirishning eng oddiy va shu bilan bir paytda arzon 
varianti hisoblanadi, chunki shartnomaning amal qilish muddati davomida doimiy 
bo‗lib turadigan mukofot evaziga hayotni sug‗urta qilish bo‗yicha sug‗urta 
kompaniyasi sug‗urta qildiruvchi shartnomaning amal qilish muddati 
yakunlangunga qadar o‗lgan hollarda sug‗urta summasi to‗lash majburiyatini o‗z 
zimmasiga oladi. Bu muddat yakunlangach, polis o‗z qiymatini yo‗qotadi. 
Ushbu variantning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: 
-
sug‗urta mukofoti pastligi, 


61 
-
sug‗urta qoplami cheklangan vaqt davomida amal qiladi, 
-
sug‗urta mukofoti va summasi shartnomada qayd qilib qo‗yiladi, 
-
polisnning joriy qiymati va na qayta xarid qilish summasi mavjud emas, 
-
shartnoma tugagandan so‗ng to‗lovlar yo‗q, 
-
mukofotlar kiritish kelishib olingan kutish muddatidan o‗tib ketgan 
hollarda polis amal qilishni to‗xtatadi. 
Ushbu polisdan foydalanishning ehtimoli eng yuqori bo‗lgan variant – qarz 
oluvchining o‗limi holatida qarzning qaytarilishini ta‘minlash. 
2.
Qayta tiklanadigan muddatli sug‗urta. 
Muddatli sug‗urtaning ushbu varianti shu bilan ajralib turabiki, shartnoma 
sug‗urta qildiruvchining istagi bilan bevosita shartnoma muddati tugashi bilan 
tibbiy tekshiruvsiz uzaytirilishi mumkin. Ushbu polislar uchun yosh bo‗yicha 
cheklovlar qo‗llanishi mumkin (masalan, 65 yoshgacha). 
Shartnoma muddati uzaytirilgan hollarda sug‗urta muofotlari sug‗urta 
qildiruvchining yoshini hisobga olgan holda oshiriladi va takroriy uzaytirish 
imkoniyati mavjud bo‗ladi. 
Mazkur variantning asosiy xususiyatlari quyidagicha: 
-
polisning amal qilish muddati tibbiy tekshiruvsiz uzaytirilishi mumkin; 
-
polis navbatdagi muddat yakunlanganidan so‗ng uzaytirilishi yoki qayta 
tiklanmasligi mumkin; 
-
shartnoma muddati uzaytirilganda sug‗urta mukofotlari sug‗urta 
qildiruvchining yoshini hisobga olgan holda oshiriladi. 
Sug‗urta muddati 20 yilga teng bo‗lgan polis xarid qilish o‗rniga 45 yoshli 
kishi unga shartnomaning amal qilish muddatini har besh yilda uzaytirish huquqini 
beradigan besh yillik qayta tiklanadigan polis xarid qilishi mumkin
3.
Konvertatsiyalanadigan muddatli sug‗urta . 
Qayd qilib qo‗yilgan muddatli sug‗urtaning ushbu varianti shartnoma amal 
qiladigan muddatning istalgan qismida sug‗urta qildiruvchiga sug‗urta 
mukofotlarining hammasini yoki bir qismini umrbod sug‗urta polisiga yoki qolgan 
umrni sug‗urta qildirish polisiga konvertatsiyalash imkonini beradi. Mukofot 


62 
stavkasini belgilash sug‗urta qildiruvchining konvertatsiya paytidagi yoshi uchun 
qolgan umrni sug‗urta qildirish yoki umrbod sug‗urta yangi polisi bilan bir xilda 
amalga oshiriladi. 
Ushbu polis variantining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
-
qolgan umrni sug‗urta qildirish yoki umrbod sug‗urta polisiga 
konvertatsiya qilish imkoniyati; 
-
badallarning hammasi yoki bir qismi konvertatsiya qilinishi mumkin; 
-
ushbu variant bo‗yicha mukofot konvertatsiya qiymatini kompensatsiyalash 
uchun biroz yuqori. 
Polislarning ushbu turi ssuda ta‘minoti sifatida ham qo‗llanishi, 
konvertatsiya esa uni kelajakda jamg‗arib boriladigan ssudaga aylantirish usuli 
sifatida foydalanilishi mumkin. 
4.
Sug‗urta summasi kamayib boradigan muddatli sug‗urta. 
Muddatli sug‗urtaning ushbu variantida polis amal qilish muddatining 
oxirida nolga teng bo‗ladigan har yili belgilangan miqdorda pasayib boradigan 
sug‗urta summasi ko‗zda tutiladi. 
Ushbu variantga quyidagilar xos: 
-
mukofot doimiy bo‗lib qolaveradi; 
-
qolgan sug‗urta summasi juda kichik bo‗lib, mukofotni to‗lashdan bo‗yin 
tovlashning oldini olish uchun mukofotni to‗lash davri shartnomaning amal qilish 
muddatidan kichik bo‗lishi mumkin; 
-
mukofot hatto qayd qilib qo‗yilgan muddatli sug‗urtadan hams past bo‗lishi 
yoki kamroq vaqt to‗lanishi mumkin. 
Muddatli sug‗urtaning ushbu varianti odatda kamayib boradigan qarzni 
qoplash uchun, masalan, sug‗urta summasi uy uchun to‗lanmagan qarz miqdori 
bilan bir xil proporsiyada kamayib boradigan pulini bo‗lib-bo‗lib to‗ash sharti 
bilan xarid qilingan uy bo‗yicha qarzlarni qoplash uchun foydalaniladi. 
5.
Sug‗urta summasi o‗sib boradigan muddatli sug‗urta.
Sug‗urta qoplamining ushbu turi shartnomaning amal qilish muddati 
davomida pulning qimmati pasayib ketishi sababli sug‗urta qoplamining real 


63 
qiymatini pasaytiradigan inflyasiya ta‘sirini hisobga olish uchun qo‗llanadi. Bunga 
yoki sug‗urta summasini har yili belgilangan foizga oshirish hisobiga, yoki 
oshirilgan summa bilan birga uzaytirilishi mumkin bo‗lgan qisqa muddatli 
polislardan foydalanish yordamida erishish mumkin. Odatda to‗g‗ri keladigan 
inflyasiya koeffitsientini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qilishning indeksli 
usulidan foydalaniladi. 
Ushbu variantga xos bo‗lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
-
sug‗urta qoplami summasi tibbiy tekshiruvsiz polisning amal qilish 
muddati davomida o‗sib boradi; 
-
sug‗urta mukofotlari sug‗urta summasining o‗sishi bilan birgalikda o‗sib 
boradi; 
-
sug‗urta mukofotlari polis uzaytirilganda sug‗urta qildiruvchining yoshiga 
muvofiq o‗sib boradi; 
-
boshlang‗ich sug‗urta mukofotlari ekvivalent qayd qilingan muddatli 
sug‗urta qildirishda bo‗lgan holatdan ko‗ra yuqori; 
-
sug‗urta qoplami 60-65 yoshgacha amal qilishi mumkin. 
VICH-infeksiya va OITS keng tarqalib ketganligi tufayli oxirgi paytlarda bu 
polislarni xarid qilish qiyinlashgan. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə