O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


-jadval  Sug„urtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari, mlrd. so„mda



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

1-jadval 
Sug„urtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari, mlrd. so„mda
1
№ 
Sug‗urta faoliyati turlari 
Ustav kapitalining belgilangan eng 
kam miqdorlari 
1. 
Umumiy sug‗urta sohasi 
7,5 
2. 
Hayotni sug‗urtalash sohasida 
10 
3. 
Majburiy sug‗urtalash bo‗yicha 
15 
4. 
Faqat qayta sug‗urtalash bo‗yicha 
30 
1
Jadval mualliflar tomonidan tayyorlangan. 


40 
Bugungi kuga kelib sug‗urta tashkilotlari ustav kapitalning eng kam 
miqdorlari milliy valyutada belgilab qo‗yilgan. Unga ko‗ra hayotni sug‗urtalash 
sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun sug‗urta tashkilotlari ustav kapitalining 
minimal miqdori 10 mlrd. so'mdan kam bo‗lmasligi shart.
3.3. Hayotni sug„urta qilishdagi asosiy normativ-huquqiy xujjatlar
Respublikamizda qabul qilingan barcha qonunlar, normativ-xujjatlar sohani 
barq urib rivojlanishi, ya‘ni miqdorga emas sifatga e‘tibor qaratish, sohada 
rivojlangan infratuzilmani shakllantirish, aholini ya‘ni sug‗urta qildiruvchilarni 
soliq imtiyozlari bilan rag‗batlantirish va ularni huquqlarini himoya qilish 
mexanizmlarini shakllantirish maqsadlariga yo‗naltirilgandir. Yurtimizda hayot 
sug‗urtasini qonunchilik asosida alohida tarmoqqa ajratilgani ham hayot sug‗urtasi 
bo‗yicha sug‗urta qildiruvchilarni manfaatlarini huquqiy himoya qilinishidan 
dalolatdir. 
 
Ma‘lumki, hayot sug‗urtasi shaxsiy sug‗urtaning eng muhim turlaridan 
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasiga 
muvofiq shaxsiy sug‗urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida ommaviy shartnoma haqida tashkilot 
tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‗z faoliyati xususiyatiga ko‗ra 
o‗ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‗lgan 
tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish sohasidagi vazifalarini 
belgilab qo‗yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot 
ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‗rishga 
haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnoligi belgilab 
qo‗yilgan. 
Bundan ko‗rinib turibdiki tashkilot tomonidan ommaviy shartnomani 
tuzishni rad etilishi mumkin emas. Sug‗urta tashkiloti tomonidan asossiz ravishda 
hayot sug‗urtasi shartnomasi tuzilishi rad etilsa, iste‘molchi shartnoma tuzish talabi 
bilan sud organlariga murojaat qilishga va etkazilgan zararni olish huquqiga egadir. 


41 
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 921-moddasida shaxsiy 
sug‗urta shartnomasi bo‗yicha bir taraf (sug‗urtalovchi) boshqa taraf (sug‗urta 
qildiruvchi) to‗laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‗urta mukofoti) 
evaziga sug‗urta qildiruvchining o‗zining yoxud shartnomada ko‗rsatilgan boshqa 
fuqaro (sug‗urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‗lig‗iga zarar etkazilgan, u 
muayyan yoshga to‗lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa 
voqea (sug‗urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni 
(sug‗urta pulini) bir yo‗la yoki vaqti-vaqti bilan to‗lab turish majburiyatini oladi. 
Shaxsiy sug‗urta shartnomasi kimning foydasini ko‗zlab tuzilgan bo‗lsa, 
o‗sha shaxs sug‗urta pulini olish huquqiga ega bo‗ladi. 
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‗rsatilmagan bo‗lsa, 
shaxsiy sug‗urta shartnomasi sug‗urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. 
Boshqa naf oluvchi ko‗rsatilmagan shartnoma bo‗yicha sug‗urtalangan shaxs vafot 
etgan taqdirda, sug‗urtalangan shaxsning merosxo‗rlari naf oluvchilar deb tan 
olinadi. 
Sug‗urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan 
sug‗urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‗urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy 
sug‗urta shartnomasi faqat sug‗urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina 
tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‗lmagan taqdirda, shartnoma sug‗urtalangan 
shaxsning da‘vosi bo‗yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‗rlari 
da‘vosi bo‗yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
Qonunchilikda ommaviy shartnomalarni tuzish va amalga oshirish uchun 
Respublika hukumati tomonidan qoidalar (namunaviy shartnomalar, yo‗riqnomalar 
va boshqalar) ishlab chiqilishi mumkin. Shaxsiy sug‗urta shartnomasi va 
qoidalarida tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. 
Shaxsiy sug‗urta shartnomalari, xususan hayot sug‗urtasi shartnomalari 
fuqarolarni, ularni oilalarini moliyaviy tomondan qo‗llab quvvatlash orqali ularni 
ijtimoiy himoya tizimi bilan ta‘minlaydi. Bu o‗z navbatida fuqarolarning pul 
mablag‗larini kelajakda sifatli hayot kechirishlari uchun joylashtirish va hayot 
sug‗urtasining jamg‗arma turlari orqali jamg‗arilgan pul mablag‗laridan yaxshi 


42 
maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Shunday ekan, hayot sug‗urtasi 
shartnomasida sug‗urta ob‘ekti bo‗lib jismoniy shaxslarni hayoti, sog‗ligi, mehnat 
qobiliyati va pul ta‘minoti bilan bog‗liq bo‗lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi. 
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasida hayot sug‗urtasi turlarini tartibga 
soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarning yetarlli darajada samarali tizimi 
yaratilgan. Bunda hayot sug‗urtasini rivojlantirish va aholini hayot sug‗urtasiga 
bo‗lgan qiziqishlarini oshirish uchun qilingan soliq islohotlarini ta‘kidlashimiz 
lozimi. Bunday tizimni yaratilishi Respublika sug‗urta bozorini rivojlantirish va 
mukammallashtirishda asos bo‗lib xizmat qilmoqda.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə