O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/140
tarix06.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#119346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
HAYOT SUG\'URTASI darslik

 
3.2. Hayot sug„urtasi bozorini
davlat tomonidan 
 tartibga solinishi 
Mamlakatda hayot sug‗urtasi bozorini samarali tashkil etishda davlatning 
sug‗urta jarayonlarini nazorat qilishi va tartibga solishi ko‗zda tutiladi. Bunda 
davlat sug‗urta jarayonlarida sug‗urta faoliyatini qonunchilik bilan ta‘minlash, 


37 
majburiy sug‗urta turlarini joriy etish, maxsus soliq siyosatlarini o‗tkazish, 
sug‗urta faoliyatini nazorat qilish, raqobatlilikni ta‘minlash orqali monopoliyadan 
chiqarish orqali sohani rivojlanishiga o‗z ta‘sirini o‗tkazishi mumkin. Bularning 
barchasi mamlakat sug‗urta bozorini istiqbolli rivojlanishi ta‘minlaydi.
 
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi 
―O‗zbekiston Respublikasining me‘yoriy-huquqiy xujatlari to‗g‗risida‖gi qonuniga 
muvofiq sug‗urta qonunchiligi quyidagicha ko‗rinishda aks etgan: 
Qonunchilik xujjatlari, O‗zbekiston Respublikasi qonunlari: 
- O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (52-bob ―Sug‗urta‖ 914-961-
moddalar); 
- O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (130, 132, 150, 151-moddalar); 
- O‗zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan ―Sug‗urta 
faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni; 
- O‗zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 apreldagi ―Transport vositasi 
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi qonuni; 
- O‗zbekiston Respublikasining 2009 yil 16 apreldagi ―Ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi qonuni; 
- O‗zbekiston Respublikasining 2015 yil 25 maydagi ―Tashuvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta qilish to‗g‗risida‖gi qonuni. 
Qonun osti xujjatlari:
 
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 
413-sonli ―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi qarori; 
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-
sonli ―O‗zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‗rsatish va servis 
sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori;
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-
sonli ―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori; 


38 
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi PQ-872-
sonli ―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada islohqilish va rivojlantirishga oid 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori; 
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 sentyabrdagi 
qarori (O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Xalqaro sug‗urta nazorati 
assotsiatsiyasiga a‘zo bo‗lishi to‗g‗risida); 
- Moliya Vazirligining buyruqlari va qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligi huzuridagi Sug‗urta nazorati davlat inspeksiyasining normativ 
xujjatlari. 
Hayot sug‗urtasining jamg‗arma turlari bo‗yicha faoliyatni tartibga solish va 
zamon talablari asosida boshqarish sohani barqarorlashuviga va tez sur‘atlarda 
rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omil bo‗lib, mamlakat iqtisodiyotda muhim o‗rin 
tutadi. Sug‗urtaning bu turida Sug‗urtalovchining ijtimoiy jihatdan javobgarligi 
darajasining yuqoriligi bilan hayot sug‗urtasi faoliyati ustidan davlat nazorati 
o‗rnatilishini talab etadi. Soha faoliyatda davlat nazoratining zarurligi hayot 
sug‗urtasining mazmun-mohiyatidan ma‘lum. Qoidaga ko‗ra, jamg‗arib 
boriladigan hayot sug‗urtasi shartnomalari 5-10-15-20 va undan yuqori bo‗lgan 
muddatlarga tuziladi. Hayotni sug‗urtalovchi sug‗urta tashkilotlari sug‗urta 
qildiruvchilardan olingan sug‗urta mukofotlari evaziga sug‗urta xodisasi yuz 
berganda, bir necha o‗n yillardan keyin o‗z majburiyatlarini bajarishiga qat‘iy 
ishonch bo‗lishi lozim. Hayot sug‗urtasi shartnomasi tuzilishi bilan sug‗urtalovchi 
va sug‗urta qildiruvchi o‗rtasida uzoq muddatli munosabatlar o‗rnatiladi. Bunda 
sug‗urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilishda davlat ko‗magi zarur 
bo‗ladi.
Hayot sug‗urtasi faoliyati bo‗yicha davlat nazorati sug‗urtalovchilarni 
moliyaviy holatini va tuzilgan shartnomalar doirasida olingan majburiyatlarini 
bajara olishini, ya‘ni to‗lov qobiliyatlilik darajasini muntazam kuzatib borish va 
tartibga solishda namoyon bo‗ladi. 
Sug‗urtalovchida olingan majburiyatlari bo‗yicha javobgarlikni bajarish 
uchun yetarlli mablag‗ning bo‗lmasligi nafaqat shartnoma bo‗yicha 


39 
sug‗urtalovchiga, balki butun sug‗urtaga bo‗lgan ishonchni yo‗qolishiga olib 
keladi. Aholining sug‗urta bo‗lgan ishonchi yo‗qolishi natijasida ularning davlat 
moliya institutlariga bo‗lgan shikoyatini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning 
uchun ham davlat sug‗urtalovchilarni moliyaviy barqarorligini nazorat qilish bilan 
birga sug‗urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish va shu bilan 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‗batlantirishi lozimdir.
Hayot sug‗urtasi faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirishning 
ahamiyatga molik yo‗nalishlari – sug‗urtalovchilarni moliyaviy barqarorligini va 
to‗lovga qobiliyatlilik darajasini oshirish hisoblanadi. Bularni amalga oshirish 
yo‗lida mamlakat sug‗urta qonunchiligida quyidagi ko‗rsatmalar berilgan: a) 
litsenziya olish majburiyligi; b) ustav kapitalning shakllantirilganligi; c) sug‗urta 
zahiralarini shakllantirish va ularni joylashtirish tartibi; d) qayta sug‗urtaga berish. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi PQ-1544-
sonli ―Sug‗urtalovchilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq sug‗urta faoliyatini yanada 
takomillashtirish, sug‗urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini 
oshirish, shuningdek sug‗urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari 
himoya qilinishini ta‘minlash maqsadida sug‗urta faoliyati turlariga qarab, 
sug‗urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini yillar mobaynida 
bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borilmoqda.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə