89
Hayot sug‘urtasining "Shaffofligi"
Hayot sug‗urtasining shaffoflik prinsipi sug‗urtalovchi sug‗urta
shartnomasini tuzayotgan vaqtda yoki uning amal
qilish muddati davomida
sug‗urta kompaniyasidan uning faoliyati va sug‗urta operatsiyalari haqida hamma
ma‘lumotni talab qilib olish huquqiga ega ekanligini ko‗rsatadi.
Bu prinsip birinchilardan bo‗lib 1980-yillarda Buyuk Britaniyada olib
kiritilgan bo‗lib, unda sug‗urtalovchiga taqdim etiladigan ma‘lumotlarni
berish
tartibi ko‗rsatiladi. Evropa sug‗urta tushunchasida
shaffoflik
sug‗urta
qiluvchi
sug‗urtalovchiga shartnoma tuzish vaqtida yoki uni tuzib bo‗lgandan keyin hamma
kerakli ma‘lumotni etkazib berishga majburligini anglatadi. Bu ma‘lumotlar:
-
sug‗urta kompaniyasining bosh ofisi va shartnoma tuzayotgan agentligi
rekvizitlari va huquqiy shakli haqida ma‘lumot;
-
sug‗urta shartlari, shu jumladan, har bir kafolatlari va qo‗shimcha shartlari,
shartnoma muddatlari, mukofot to‗lash shartlari, bonus hisoblash shartlari, polisni
qayta sotib olish qiymatini aniqlash qoidalari, har bir kafolatlar bo‗yicha mukofot
hisob-kitoblar haqida ma‘lumot;
-
mijozga beriladigan shartnomani o‗ylab ko‗rish
uchun beriladigan kunlar
soni haqida ma‘lumot. Agar shu kunlar oralig‗ida shartnoma bekor qilinsa
to‗langan summa to‗liq qaytariladi;
-
har bir polis turi bo‗licha soliqqa tortish haqida ma‘lumot;
-
sug‗urta
shartnoma;lari bo‗yicha arz qilish va ishni sudda ko‗rib chiqish
tartibi haqida ma‘lumot;
-
polis shartlarining o‗zgarishi yoki shu polis turi bo‗yicha qonunchilikdagi
o‗zgarishlar haqida ma‘lumot.
Nazorat savollari:
1. Hayot sug‗urtasi shartnomalarining shaxsiy sug‗urta shartnomalariga
o‗xshash va farqli jixatlari.
2. Hayot sug‗urtasida sug‗urtalanuvchi
shartnomaning amal qilishi
davomida naf oluvchini o‗zgartirish huquqiga egami?
90
3. Shaxsiy sug‗urta shartnomasini tuzishda sug‗urta qildiruvchi bilan
sug‗urtalovchi o‗rtasida qanday shartlar to‗g‗risida kelishuvga erishilishi lozim?
4. Shartnoma tuzish usullariga ko‗ra hayot sug‗urtasi nechta turga bo‗linadi?
5. Ikkita sug‗urta summali hayot sug‗urtasida sug‗urta to‗lovlarining
o‗zgarish grafigini tushuntiring.
6. Hayot sug‗urtasida tezkor sug‗urta shartnomalari
va ularning turlariga
tavsif bering.
7. Hayot sug‗urtasida umrbod sug‗urta shartnomalarini tavsiflang.
8. Hayot sug‗urtasining shaffoflik prinsipi nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: