Sugurtalanuvchining foydada ishtirok etmaslik qo‘shma sugurtasi. Bu qo‗shma sug‗urtaning asosiy shakli bo‗lib, vafot etish holatida yoki
shartnoma muddati tugaganidan so‗nggina, qayd qilingan va kafillangan
mablag‗lar to‗lanadi.
Sug‗urta mablag‗i bir xil yoki turli xil bo‗lishi mumkin. Vafot etish
holatidagi to‗lovlar, hali hayot holatidan ko‗ra ancha yuqori to‗lanadi. Sug‗urta
mablag‗lari vafot etish holatida tezda; shartnomada belgilangan muddat tugab
qolib sug‗urtalanuvchi hali hayot bo‗lganida bu holdagi to‗lovlar ancha kechiktirib
beriladi. Muddat cho‗zib turilgan holatda, sug‗urtachi faqatgina shartnomada qayd
qilingan muddatdan so‗ng qo‗yilgan mablag‗ni to‗lab beradi. Bu holatda
sug‗urtalanuvchining qanday holatda: hayot yoki vafot etishi e‘tiborga olinmaydi.
To‗lab qo‗yilgan qo‗shma sug‗urtaning foydasi, sugurtachi tomonidan
shartli ravishda 3 bo‗lakka bo‗linadi:
- tavakkalchilik foydasi: belgilangan muddatdan avval vafot etish holatida,
tuzilgan tavakkalchilik fondi (bo‗lish prinsipi);
- omonat foydasi: yig‗ish zahirasi uchun mo‗ljallangan bo‗lib, bu
shartnomada qayd qilingan muddatdan so‗ng hayot bo‗lishni nazarda tutadi
(kapitalizatsiya prinsipi);
- ish yuritish xarajatlari.
Qoidaga ko‗ra: foyda muddatli yoki tez bo‗lishi mumkin. Qo‗shma
sug‗urtaning tez sugurta shaklini sug‗urta deb aytish qiyindir. Chunki bu turdagi
sug‗urtada moliyaviy xavf ko‗proq. Sug‗urta kompaniyasiga berilgan mablag‗ning
necha foizini kompaniya o‗z qo‗liga kirita oladi? Foydada ishtirok etmaslik
qo‗shma sug‗urtasining muddatli to‗lov xavfi esa aniq bir foiz ko‗rsatkichlarini
aniklanishiga olib keladi.
Sug‘urtalanuvchining foydada ishtirok etish qo‘shma sug‘urtasi. Bu sugurta jamlash sugurtasining eng kup yoyilgan turidandir.Vafot etish
Vafot etish holatida ham shartnomada qayd qilingan muddat o‗tib qolganida ham
87
sug‗urtalanuvchiga sug‗urta mablag‗i o‗ulab beriladi. Bu sugurtani shartnomada
qayd qilingan muddat arafasidagi ko‗shilgan bonuslar hamda kafillangan mablag‗
tashkil kiladi.