85
Bu yerda: S
- sug‗urta summasi;
T
-
shartnoma amal qilish muddati;
S
b
-
bazaviy sug‗urta summasi;
S
b
- bonuslar hisoblanishi hisobidan oshib boradigan
bazaviy sug‗urta summasi;
S
T
- o‗lim hodisasi yuzaga kelganda to‗lab beriladigan
kafolat to‗lovi darajasi.
Birinchi investitsion polislar 1950-yillar oxirida Buyuk Britaniyada paydo
bo‗lgan va "unit-linked" (yunit bilan bog‗liq) deb atalgan. Bunday turdagi sug‗urta
polislari shunday
mijozlar uchun yaratilganki, polis ular uchun birinchi navbatda
sug‗urta
himoyasi emas, balki qo‗shimcha daromad manbai va kapital yaratish
uchun kerak. "Unit-linked" sug‗urta polislari
banklar va investitsion
kompaniyalarning jiddiy alternativ mahsuloti hisoblanadi,
chunki bir tomondan
polislar individual investorlarga fond birjasida ishtorok etish imkonini bersa,
boshqa tomondan yana kerakli sug‗urta kafolatini ham beradi.
Turli tuman investitsiya shartnomalari mavjud, lyokin ular quyidagi umumiy
prinsipga asoslanadi: olinadigan sug‗urta mukofotlari sug‗urtachilar
tomonidan
maxsus yunitlangan fondlar(yunit-fond)dan yunitlar(shartli birliklar)ni sotib olish
uchun ishlatiladi. Keyinchalik polis qiymati sotib
olingan yunit qiymatining
o‗zgarishi bilan o‗zgarib boradi.
Ikki tomonlama narx tizimidan foydalanadi: har bir yunit sotish narxi va
sotib olish narxiga ega. Taklif narxi (offer price) - bu sug‗urta mukofoti to‗langan
vaqtda sotib olingan yunit narxi hisoblanadi. Sotib olish narxi (bid price) -
kompaniya sug‗urta to‗lovlarini to‗lash muddati kelganda yoki sug‗urtalovchi
polisni qayta sotib olmoqchi bo‗lganda yunit uchun
taklif qilinadigan narx
hisoblanadi. Bu narx taklif qilinayotgan narxdan past bo‗ladi. Odatda farq
taxminan 5%li marjani tashkil etadi va bu korxonanaig
ustama xarajatlarini
qoplaydi. Yana polisni boshqarish uchun olinadigan oylik foiz bo‗lib, u fonddan
polis sotib olinayotgan yoki sotilayotgan vaqtdan oldin echib olinadi.
Kompaniyaninig yunitlarni boshqarish bo‗yicha xarajatlari boshida katta summani
tashkil etsa, yunitlarni kapitalizatsiya qilish davomida kamayib boradi.
Shuning
uchun birinchi unitlarni sotib olish narxi keyingilaridan ko‗ra baland bo‗ladi. Ba‘zi
86
kompaniyalar ikki tomonlama narx tizimidan voz kechib uning o‗rniga shrtnomani
mudatidan oldin bekor qilishda jarimalarni qo‗llaydi.
Dostları ilə paylaş: