150
kunidagi belgilab quyilgan narxga bog‗liq bo‗ladi. Polis istagan vaqtda naqd
mablag‗iga aylantirilishi mumkin. Polisning sotilish narxi yunitlarning sotuv
kunidagi narxlariga teng bo‗ladi. Sug‗urta qiluvchi
shaxs shartnoma amal qilish
muddatida yangi kirimlarni kiritishi mumkin. Sug‗urtachi quygan mablag‗larga
yunitlar sotib olinib, sug‗urtachining polisiga ushbu yunitlar qo‗shib quyiladi. Har
yili bir qism yunitlarni kirim sifatida olsa bo‗ladi. Oxirgi vaqtlarda sug‗urta
qiluvchi kompaniyalar bondlarni kirita boshladi. Bu bondlar sug‗urta qiluvchi
shaxslarga dividend yoki renta ko‗rinishidagi daromad to‗lovidir. Bunday
ko‗rinishidagi daromad to‗lovi har olti oy davomida beriladigan bo‗ladi.
Sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan vaqtda (sug‗urta
qiluvchi shaxsning qazo
bo‗lish holati), sug‗urta mablag‗i merosxo‗rlarga to‗lab beriladi. Sug‗urta mablag‗i
yunitlarning narxiga teng bo‗ladi. Yunitlar inson yoshiga moslashtirilgan bo‗ladi.
Masalan:
-
60 yoshdan yuqori bo‗lgan shaxslarga 101% yunitlar narxi to‗lanadi;
-
50 yoshi atrofida bo‗lgan shaxslarga 120% to‗lanadi;
-
30 yoshga kirgan shaxslarga 200% to‗lanadi.
Umrbod sug‗urta investitsion polislari shartnomada belgilangan
mablag‗gacha doimiy ravishda yunitlarni yig‗ish usuliga asoslangan bo‗ladi.
Sug‗urta qiluvchi shaxs qazo bo‗lgan holatida ikki hil mablag‗ turining eng
yuqorisi; shartnoma asosidagi sug‗urta mablag‗i yoki
yunitlarning sotib olingan
narxi to‗lab beriladi.
Sug‗urtalanuvchining foydada ishtirok etmaslik qo‗shma sug‗urtasi
qo‗shma sug‗urtaning asos shakli bo‗lib, qazo holatida yoki shartnoma muddati
tugaganidan so‗nggina qayd qilingan va kafillangan mablag‗lar to‗lanadi. Sug‗urta
mablag‗i bir xil yoki turli xil bo‗lishi mumkin. Qazo holatidagi to‗lovlar, hali
hayot holatidan ko‗ra ancha yuqori to‗lanadi. Sug‗urta mablag‗lari qazo holatida
tezda; shartnomada belgilangan muddat tugab qolib sug‗urtalanovchi
hali hayot
bo‗lganida bu holdagi to‗lovlar ancha kechiktirib beriladi. Muddat cho‗zib turilgan
holatda, sug‗urtachi faqatgina shartnomada qayd qilingan muddatdan so‗ng
151
quyilgan mablag‗ni to‗lab beradi. Bu holatda sug‗urtalanuvchining qanday holatda;
hayot yoki qazo bo‗lishi ahamiyatga olinmaydi.
To‗lab quyilgan qo‗shma sug‗urtaning foydasi, sug‗urtachi tomonidan
shartli ravishda 3 bo‗lakga bo‗linadi.
Dostları ilə paylaş: