O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

 
2.6. Digitayzerlar 
Digitayzer yoki boshqachasiga grafikli planshet – bu asosiy vazifasi tasvirlarni 
raqamlab chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi 
bo‗yicha siljiydigan ko‗rsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor 


37 
knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va 
koordinatalari kompyuterga beriladi. 
Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun 
ishlatilishi mumkin: foydalanuvchi perokursorni planshet bo‗yicha olib yuradi, lekin 
tasvir qog‗ozda paydo bo‗lmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi. 
Digitayzerning ishlash tamoyili kursorning joylashgan joyini planshetga 
joylashtirilgan, qo‗shni simlar orasida etarlicha katta qadamli (3 dan 6 mm gacha) 
ingichka simlar to‗ri yordamida qayd qilishga asoslangan. Qayd qilish mexanizmi 
ma‘lumotlarni o‗qish qadami turning qadamidan kichikroq bo‗lishini ta‘minlaydi 
(millimetrda 100 ta gacha chiziq). O‗qish qadami digitayzerning o‗tkazish (ajratish) 
qobiliyati deyiladi. 
Digitayzerning kompyuter bilan ma‘lumot almashish tezligi operatorga bog‗liq, 
lekin odatda qurilmaning sekundiga 100-200 ta nuqta darajali texnik imkoniyatlari 
bilan chegaralanadi. 
Digitayzerlar elektrostatik va elektromagnit bo‗ladi. 
Elektrostatik digitayzerlarda kursor ostidagi to‗rning elektrostatik potensialini 
lokal o‗zgarishi qayd qilinadi, elektromagnitlarda esa kursor to‗r qabul qiladigan 
elektromagnit signalni nurlatadi. Elektromagnit digitayzer tashqi manbalar, masalan 
monitorlar yaratayotgan halaqitlarga sezgirdir. 
Digitayzerni tanlashda birinchi navbatda ko‗rsatish qurilmasining qulayligi va 
ishonchliligiga ishonch hosil qilish kerak. Kerakli o‗lchamdagi ishchi maydonini 
tanlash kerak – u 6x8 dyuymdan 44x62 dyuymgacha oraliqda bo‗ladi. Kursor 
koordinatalarini uzatishning kerakli aniqligini baholash va uni digitayzerning 
o‗tkazish qobiliyati bilan taqqoslash kerak. Va nihoyat, hamma kerakli dasturli 
ta‘minot va xususan, drayverlarning borligiga ishonch xosil qilish lozim. 
Pero bitta, ikkita yoki uchta knopka bilan jihozlangan kurilmadir. Oddiy va 
pero uchini planshetga bosiladigan kuchlanishni aniqlaydigan perolar bor. Keyingi 
perolarni ko‗pincha rassomlar ishlatadilar, negaki ular bosishning 256 ta gacha 
gradatsiyasini qabul qila olishi mumkin (bosish darajasi chiziq qalinligiga, ranglar 
tusiga, ranglar palitrasiga ta‘sir ko‗rsatadi).


38 
Kursorlar kamroq, odatda murakkab ilovalarda ishlatiladi, ular to‗rtta, sakkizta, 
o‗n ikkita, o‗n oltita klavishali bo‗ladi. Standart ravishda ikkitadan to‗rttagacha 
klavishalar ishlatiladi, kolganlari dastur-ilovalarda, masalan, AutoCad da 
dasturlashtiriladi. Kursor shakllari juda turlichadir, hattoki sichqoncha shakligacha 
bo‗ladi. Kursorlar ham, perolar ham simli va simsiz bo‗lishi mumkin. Oxirgi variant 
ishda qulaydir, lekin uning uchun batareyka bo‗lishi va mos ravishda qo‗shimcha 
xizmat ko‗rsatish lozim bo‗ladi. 
Digitayzer asoslari qattiq va egiluvchan bo‗lishi mumkin, keyingisi kam 
og‗irlikda, tashishda ixcham va arzonrokdir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə