O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

Nazorat savollari 
1. Kompyuter grafikasining apparat ta‘minoti qanday guruhlarga bo‗linadi. 
2. Displeylar qanday rejimlarda ishlaydi? 
3. Videoadapterlar qanday vazifani bajaradi? 
4. Videoadapterlarni qanday turlarini bilasiz? 
5. Skanerlar qanday vazifani bajaradi? 
6. Plotterlar qanday vazifani bajaradi? 
7. Digitayzerlar qanday vazifani bajaradi? 
8. Videotexnologiyani ta‘minlovchi qanday vositalarni bilasiz? 
9. Kompyuter videotizimlarining rivojlanish tendentsiyalarini tushuntiring. 
10. Dasturiy ta‘minoti bazaviy funksiyalar to‗plamiga nimalar kiradi? 


41 
3- bob. RANG VA RANG MODELLARI 
 
3.1. Rang va yorug„lik haqida umumiy tushuncha 
Kompyuter tizimlarida ranglarni taqdim etish usullarini o‗rganish uchun avval 
ba‘zi umumiy jihatlarni ko‗rib chiqamiz. 
Rang – bu bizning yorug‗lik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir. 
Nur yoki rang bilan tadqiqodchilar azaldan qiziqib kelganlar. Bu sohadagi 
olamshumul yutuqlardan biri Isaak Nyutonning oq yorug‗lik nurining tashkil etuvchi 
qismlarga ajratilishi bo‗yicha 1666- yilda o‗tkazgan tajribalaridir. Ilgari oq nur eng 
sodda nurdir degan tasavvur mavjud edi. Nyuton buni inkor qildi. Nyuton 
tajribalarining mohiyati quyidagicha. Oq yorug‗lik nuri (quyosh nuridan foydalanildi) 
uchburchakli shisha prizmaga yo‗naltirildi. Prizmadan o‗tgan nur sinib, ekranga 
yo‗naltirilganda ranglar sohasi – spektrni hosil qildi. Spektrda asta-sekinlik bilan 
biridan ikkinchisiga o‗tuvchi kamalakdagi barcha ranglar mavjud edi. Bu ranglar 
boshqa qismlarga ajralmaydi. Nyuton spektrni yaqqol namoyon bo‗ladigan har xil 
ranglarga mos keluvchi yetti qismga ajratdi. U ushbu yetti rangni ya‘ni qizil, 
zarg‗aldoq, sariq, yashil, havorang, ko‗k va binafsha ranglarni asosiy ranglar deb 
hisobladi. Nega yetti xil? Ba‘zi kishilar buni Nyutonning yetti sonining sirli 
xususiyatiga ishonganligi bilan tushuntiradilar. 
Nyuton tajribalarining ikkinchi qismi shunday bo‗ldi. Prizmadan o‗tgan nur 
ikkinchi prizmaga yo‗naltirildi. Bu ikkinchi prizma yordamida yana oq nur olish 
imkoni bo‗ldi. Shunday qilib, oq nur ko‗plab boshqa nurlarning qorishig‗idan iborat 
ekanligi isbotlandi. Yetti xil asosiy nurlarni Nyuton halqa bo‗ylab joylashtirdi (1- 
rasm). 
Nyuton ba‘zi nurlar asosiy nurlarning ma‘lum nisbatdagi aralashmasi sifati 
hosil bo‗ladi, deb faraz qildi. Agar ranglar xalqasi asosiy ranglar chegarasidagi 
nuqtalarga aralashmadagi o‗sha rang miqdoriga teng yuk ossak, unda yig‗indi nur 
og‗irlik markaziga mos keladi. Oq nur rang xalqasining markaziga to‗g‗ri keladi. 
Ranglar tadqiqotini keyinchalik Tomas Yung, Djems Maksvell va boshqa olimlar 
davom etkazdilar. Insonning nurlarni idrok etishini o‗rganish anchagina muhim 


42 
masala bo‗ldi, ammo asosiy e‘tibor nurning obyektiv xususiyatlarini tadqiq etishga 
qaratiladi. Hozirgi paytda fiziklar yorug‗lik nuri ikki xil xususiyatga ega, deb 
hisoblaydilar. Bir tomondan, yorug‗likning Aristian Gleygens tomonidan 1678- yilda 
olg‗a surilgan to‗lqin nazariyasi yordamida yorug‗lik nurining ko‗pgina xususiyatlari, 
shu jumladan qaytish va sinish qonunlari, tushuntirib beriladi. 
1-rasm. Nyutonning rang xalqasi 
Yorug‗lik nurini to‗lqin xususiyatlari nuqtai nazaridan qarab chiqamiz. 
Yorug‗lik nurining to‗lqin xususiyatlaridan biri uning to‗lqin uzunligi – to‗lqinning 
bir marta tebranish uchun zarur bo‗lgan vaqtda (tebranish davri) o‗tgan masofasidir. 
Spektri birgina to‗lqin uzunligi mos kelgan bitta chiziqdan iborat bo‗lgan nurlanish 
monoxromatik nur 
deyiladi. Nyuton tomonidan olingan kamalak (shuningdek, 
yomg‗irdan keyin kuzatiladigan kamalak ham) cheksiz ko‗p monoxromatik 
nurlanishdan tashkil topgandir. Lazer – monoxromatik nurlanishning ancha sifatli 
manbayidir. Xuddi shu sababli uning nurini fokusda yig‗ish oson kechadi. 
Monoxromatik nurlanishning rangi uning to‗lqin uzunligi bilan aniqlanadi. Ko‗zga 
ko‗rinadigan nurlar uchun to‗lqin uzunliklari sohasi 380-400 nmdan (binafsha) to 
700-780 nmgacha (qizil) davom etadi. Oraliqda inson ko‗zining sezgirligi bir xilda 
emas. Eng yuqori sezgirlik yashil rangga to‗g‗ri keluvchi to‗lqin uzunliklari uchun 
kuzatiladi. 
қизил 
зарғалдоқ 
сариқ 
яшил 
ҳаво ранг 
кўк 
бинафша 


43 
Nyuton oq nurni kamalakning barcha ranglari yig‗indisi sifatida tasavvur etish 
mumkin ekanligini ko‗rsatadi. Boshqacha qilib aytganda oq nur spektri uzluksiz va 
teng taqsimlangandir – unda ko‗rish sohasidagi barcha to‗lqin uzunliklarga mos 
keluvchi nurlar ishtrok etadi.
Rangni tasvirlash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: 

Rangning tusni 
nur spektridagi eng asosiy to‗lqin uzunligi bilan aniqlash 
mumkin. Rangning toni bir rangning boshqasidan masalan, yashilni qizildan, 
sariqdan va boshqa ranglardan farqini ajratish imkoniyatini beradi. 

Yorug„lik 

yorug‗lik nurining energiyasi, intensivligi bilan aniqlanadi. Idrok 
etilayotgan yorug‗lik nurining miqdorini ifodalaydi.

Tusning to„yinishi 
yoki tiniqligi. Oq rangning qatnashish ulushi bilan ifoda 
etiladi. Ideal sof rangda oq rang aralashmasi bo‗lmaydi. Agar, masalan, sof qizil 
rangga ma‘lum nisbatda oq rang qo‗shilsa (rassomlarda bu razbel deb ataladi), och-
qizil rang hosil bo‗ladi. 
Ko‗rsatilgan uch belgi barcha ranglar va ularning nozik turlarini ifodalashga 
imkon beradi. Atributlarning uchta ekanligi rangning uch o‗lchamlilik xususiyatining 
namoyon bo‗lishidir. Keyinroq ko‗ramizki, nurni ifodalashning boshqa uch o‗lchamli 
tizimlari ham mavjuddir.
Biz rangni to‗lqin uzunligi va spektr yordamida tushuntirishga harakat qildik. 
Ma‘lum bo‗ldiki, bu rang haqida to‗liq bo‗lmagan tasavvur bo‗lib, u umuman 
olganda noto‗g‗ridir. Birinchidan, insonning ko‗zi spektroskop emas. Insonning 
ko‗rish tizimi to‗lqin uzunligi va spektrni qayd qilmasdan sezgini boshqa usulda hosil 
qilsa kerak. Ikkinchidan, insonning idrok etishning o‗ziga xos xususiyatlarini 
hisobiga olmasdan turib ranglarning qo‗shilishini tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan, oq 
rang haqiqatdan ham chin siz ko‗p monoxromatik ranglar aralashmasining uzluksiz 
spektri sifatida tasavvur qilish mumkin. Ammo mana shu oq rangning o‗zini maxsus 
tanlab olingan ikkitagina monoxromatik ranglar aralashmasi bilan ham hosil qilish 
mumkin (bunday ranglar o‗zaro to‗ldiruvchi ranglar deyiladi). Har holda inson 
bunday aralashmani oq rangdek qabul qiladi. Shuningdek, oq rangni uch va undan 


44 
ko‗proq monoxromatik nurlarni bir-biriga qo‗shib ham hosil qilish mumkin. 
Spektrlari har xil, ammo bir xil rang beruvchi nurlar mengamer ranglar deyiladi.
Rangning toni deganda nimani tushunish kerakligini ham aniqlab olish lozim. 
Spektrga ikkita misolni qarab chiqamiz (2-rasm).
2a – rasmda tasvirlangan spektr nurlanish och-yashil rangda ekanligi haqida 
gapirish imkonini beradi, chunki unda oq fon ustida bitta spektral chiziq yaqqol 
ajraladi. 2b – rasmda spektrga qanday rang (rang toni) mos keladi. Bu yerda 
spektrdagi asosiy tashkil etuvchini ajratish mumkin emas, chunki unda bir xil 
intensivlikdagi qizil va yashil chiziqlar mavjuddir. Ranglarning qo‗shilishi qonuniga 
ko‗ra bu ranglarning qo‗shilishi sariq nurning nozik turini berish mumkin, ammo 
spektrdagi monoxromatik sariq rangga mos keluvchi chiziq yo‗q. Shuning uchun 
rangning toni deganda aralashma rangiga to‗g‗ri keluvchi monoxromatik nurning 
rangi tushuniladi. Shuningdek, qay tarzda „to‗g‗ri kelishi‖ ham aniqlanishni talab 
etadi.
2 – rasm. Ikki tur spektr: a) – asosiy bitta tashkil etuvchi mavjud, 
b)–bir xil intensivlikdagi ikki tashkil etuvchi. 
Rang va uni o‗lchash bilan shug‗ullanadigan fan kolorimetriya deb ataladi. U 
inson tomonidan nurni rang sifatida idrok etilishining umumiy qonuniyatlarini bayon 
etadi. Kolorimetriyaning asosiy qonunlaridan biri ranglarning tuzilishi qonunlaridir. 
Bu qonunlar eng to‗laroq holda 1853- yilda nemis matematigi German Groseman 
tomonidan ifoda etilgandir:


45 
1) Rang uch o‗lchamlidir – uni ifodalash uchun uch tashkil etuvchi kerak 
bo‗ladi. Garchi uch rangdan iborat bir – biriga chiziqli bog‗liq bo‗lmagan 
ikkilanmagan miqdordagi to‗plamlar mavjud bo‗lsada, har qanday to‗rt rang bir – 
birlari bilan chiziqli bog‗langandir.
Boshqacha qilib aytganda, berilgan har qanday (Ts) rang uchun ranglarning 
chiziqli bog‗liqligini aks ettiruvchi quyidagi ko‗rinishdagi rang to‗plamasini yozish 
mumkin: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə