96
WORD bi Bit Sount – bir pikselga to‗g‗ri keluvchi bit, 1, 4, 8, 16, 24 yoki 32
bo‗lishi mumkin.
WORD bi Compression – nolga teng.
WORD bi Size Imege – rastr bit massivining baytlardagi o‗lchami.
LONG bi X PelsPerMeter – x bo‗yicha 1
metrdagi piksellar sonida
ifodalanuvchi razreshenie.
LONG bi Y pelsPerMeter
– y bo‗yicha1 metrdagi piksellar sonida
ifodalanuvchi razreshenie.
WORD bi SlpUsed – agar 0 ga teng bo‗lsa, ranglarning
maksimal miqdori
foydalaniladi.
WORD bi SlpImportant – agar bi SlpUsed = 0 bo‗lsa, 0 ga teng shundan keyin
faylda
RGB QAUD
ko‗rinishida yozuv ko‗rinishidagi palitra joylashadi. Har bir
yozuv o‗zida to‗rt qatorni saqlaydi.
BYTE RGB Blue – B rang tashkil etuvchisi, 0 dan 255 gacha.
BYTE RGB Green – G tashkil etuvchisi.
BYTE RGB Red – R tashkil etuvchisi
BYTE RGB Resevred – foydalanilmaydi, 0 ga teng.
RGB QAUD
yozuvlarining soni foydalanilgan ranglar soniga teng bo‗ladi. Bir
pikselga 24 bit to‗g‗ri kelsa, palitra bo‗lmaydi. Shuningdek bir pikselga 16 va 32 bit
to‗g‗ri keladigan ba‘zi rang formatlari uchun ham palitra kerak emas.
Qator tiplari uchun bu yerda shunday belgilashlar qabul qilinadi.
BYTE – belgisiz bir baytli butun son.
WORD – belgisiz ikki batli butun son.
DWORD – belgisiz to‗rt baytli butun son.
LONG – belgiga ega bo‗lgan to‗rt baytli butun son.
Palitradan keyin (agar u bor bo‗lsa) BMP faylida bit (aniqrog‗i, bayt masiivi)
ko‗rinishidagi rastr yoziladi. Bit massivida ketma-ket
rastr qatorining baytlari
yoziladi. Qatordagi baytlar soni to‗rtga karrali bo‗lishi lozim, shuning uchun agar
gorizontal bo‗yicha piksellar soni bu shartga to‗g‗ri kelmasa, unda o‗ng
tomondan
97
har bir qatorga ba‘zi bitlar soni qo‗shimcha yozilib qo‗yiladi (qator ikkilangan so‗z
chegarasiga tekislanadi).
BMP fayllarida tasvirni siqish mavjud emas,
ammo rastr tasvirining
ifodalashning bunday formati (Device Independent Bitmap) RLE (Run Length
Encoding) oddiy siqish algoritmi qo‗llaniladigan
tipidagi fayllar uchun ham
foydalaniladi. RLE algoritmi shuningdek boshqa omillashgan rastrli grafik
formatalarida, masalan, RSX da ham qo‗llaniladi.
Boshqa grafik formatlar
bayonini adabiyot manbalaridan, masalan, Internet
tarmog‗idan topish mumkin.
Dostları ilə paylaş: