O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Birja taxlilini fraktallar yordamida amalga oshirish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

7.5 Birja taxlilini fraktallar yordamida amalga oshirish 
Xalqaro Foreks valyuta bozorida ishlash uchun treyder tomonidan bugungi 
kunda juda katta tanlov mavjud bo‗gan ilg‗or dasturiy ta‘minot foydalanishni nazarda 
tutadi. Treyderdan talab etiladigan barcha narsa - bu Foreksning barcha yangi 
dasturlarini kuzatib borish, u yoki bu dasturiy ta‘minotning afzalliklarini tahlil qilish. 
Foreks dasturiy ta‘minoti brokerdan boshlanadi va Maslahatchilar sifatida ko‗proq 
ma‘lum bo‗lgan avtomatik dasturiy ta‘minot bilan tugaydi. Brokerlarning ko‗pchiligi 
ularni bepul yoki uncha katta bo‗lmagan pulga taqdim etishadi. Foreks dasturiy 
ta‘minoti treyder qo‗lida savdo qilishning kuchli vositasi hisoblanadi. Dasturiy 
ta‘minotdan foydalanmasdan valyuta bozorida ishlash va bitimlarni amalga oshirish 
mumkin emas. Dasturiy ta‘minot qanchalik samarador bo‗lsa, treyderning savdosi 
shunchalik muvaffaqiyatli va daromadli bo‗ladi. Bugungi kunda ko‗pchilik brokerlar 
va diling markazlari dasturiy ta‘minotning xususiy ishlanmalarini taqdim etishmoqda. 
Bugungi kunda treyderning savdo olib borishi barcha shaxsiy mezonlariga javob 
beruvchi to‗la tushunarli va intuitiv ravishda ma‘qul interfeysga ega bo‗lgan, treyding 
uchun to‗g‗ri keladigan desturiy ta‘minotni tanlab olish juda murakkab.


112 
Dasturiy ta‘minotning bir necha turi mavjud. 
1. Foreks grafiklaridan foydalanuvchi dasturiy ta‘minot. Shu savdo platformasi 
bilan treyder haqiqiy hisob-varaqlarida haqiqiy pullar bilan savdo qilish imkoniyatiga 
ega. Mazkur dasturiy ta‘minot kotirovka xossasiga ega bo‗lib, u tegishli savdo uchun 
narxning joriy ko‗rsatkichlarini aniqlash uchun qo‗llaniladi. Mazkur dasturiy 
ta‘minotdan foydalanish treyderga savdoning borishini kuzatishga imkon beradi. 
2. Avtomatik dasturiy ta‘minot. Dasturiy ta‘minotning mazkur turi treyder 
o‗rniga savdoni tashkil etish uchun mo‗ljallangan. Mazkur dasturiy ta‘minotning 
ishlash prinsipi shundan iboratki, bunda savdo qilishning butun jarayoni avtomatik 
rejimda faqat treyderning bir oz aralashuvida amalga oshiriladi. 
3. Dasturiy ta‘minot – savdo signallari tizimi. Savdo signallari tizimlari odatda 
brokerlik kompaniyalariga aloqasi bo‗lmagan odamlar tomonidan tuziladi. Mazkur 
dasturiy ta‘minot savdoni olib borishning mezonlariga va talablariga maksimal 
darajada javob beruvchi Foreks indikatorlarini treyder mustaqil tanlab olishini 
nazarda tutadi.Savdo signallari treyderning bozorda trend vaziyatini ancha aniqroq 
tasavvur qilishi va bozorga qachon kirish va qachon chiqish kerakligini bilishi uchun 
foydalaniladi. Treyder uchun juda ham muhim u yoki bu dasturiy ta‘minot ega 
bo‗lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash hisoblanadi. Shuningdek dasturiy ta‘minotga 
ega bo‗lishi kerak bo‗lgan eng muhim jihatlardan biri hujumlardan himoyalanish 
hisoblanadi. Dasturiy ta‘minot dasturiy qo‗llab-quvvatlashga ega bo‗lishi va ma‘lum 
vaqt o‗tgandan so‗ng yangilanib turishi kerak. Bundan tashqari, dasturiy ta‘minot 
ma‘lumotlaridan nusxa olish, nusxalarni yaratish va saqlash funksiyasiga ega bo‗lishi 
juda muhimdir. To‗g‗ri tanlab olingan dasturiy ta‘minot treyderga o‗z savdo vaqtini 
to‗g‗ri rejalashtirishga va Foreks valyuta bozorida savdo qilishdan maksimum foyda 
olishga imkon beradi. Dasturiy ta‘minotdan foydalanish treyderning Foreks 
bozoridagi ishini ancha engillashtiradi. Ammo u yoki bu dasturiy ta‘minotni 
aniqlashtirib olish uchun avval uni testdan o‗tkazish lozim, faqat shundan keyingina 
undan xalqaro Foreks valyuta bozoridagi doimiy savdoda foydalanish mumkin. 
Barcha bozorlar shu bilan tavsiflanadiki, bunda vaqtning katta qismi 
mobaynida ularda narxlar kuchli darajada o‗zgarmaydi va faqat uncha katta 


113 
bo‗lmagan vaqt mobaynida (15-30 foiz) trend o‗zgarishlari kuzatiladi. Bozorlarda 
narxlar ma‘lum bir trendga muvofiq o‗zgaradigan davrlar foyda olish uchun eng 
qulaydir.
Fraktallar (Fractals) — tub yoki cho‗qqini aniqlashga imkon beruvchi, Bill 
Vilyamsning beshta savdo indikatorlaridan biri. Yuqoriga fraktalini texnik aniqlash - 
bu minimum beshta ketma-ket barlardan iborat seriya bo‗lib, unda eng yuqori 
maksimumdan oldin va uning ketida ancha pastroq maksimumga ega barlar 
joylashadi. Qarama-qarshi konfiguratsiya (beshta bardan iborat seriya bo‗lib, unda 
eng past minimum oldida va uning ketida yanada yuqoriroq minimumli ikkitadan bar 
joylashgan) pastga tomon fraktalga mos keladi. Grafikda fraktallar High va Low 
qiymatlariga ega va yuqori yoki pastga qaragan strelkalar bilan belgilangan.
Fractals texnik indikatori signallarini Alligator texnik indikatori yordamida 
filtrlash zarur. Boshqacha aytganda, agar fraktal Alligator Tishlaridan pastda 
joylashgan bo‗lsa, u holda xarid qilishga bitim tuzmaslik lozim, va agar fraktal 
Alligator Tishlaridan yuqorida joylashgan bo‗lsa, u holda sotishga bitim tuzmaslik 
lozim. Fraktal signali shakllangandan so‗ng va uning jag‗idan tashqarisidagi 
pozitsiyasi bilan belgilanadigan kuchga ega bo‗lgandan so‗ng u yo‗q qilinmaguncha 
yoki Fraktalning yanada yangiroq signali vujudga kelmaguncha signal bo‗lib 
qolaveradi.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə