O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

Forex bu nima ?
– Foreign Exchange Market (Valyutabirjasi) ushbu bozorda 
dunyoning bir necha valyutalari oldi sotdi kechadigan nomarkazlashgan birja turi 


114 
hisoblanadi. Siz haftaning 5 kuni, 24 soat mobaynida oldi sotdi qilishingiz mumkin. 
Valyuta almashish shahobchasini misol keltirish mumkin. Ana shu jarayon dunyo 
miqyosida qonuniy ravishda olib boriladi. Buning uchun sizga kompyuter va internet 
bo‗lsa bas, hattoki $10 bo‗lsa ham siz bu ishni boshlashingiz mumkin. 
Forexning afzallik jihatlari: 
1. Barcha uchun ochiq, har qanday inson ma‘lum ro‗yhatni to‗ldirib ishlashi 
mumkin. 
2. 
Haftaning 

kuni, 
24 
soat 
mobaynida 
bu 
bozor 
mavjud. 
3. Likvidlilik – hohlagan vaqtingizda pulni qo‗yishingiz va echib olishingiz mumkin. 
Buning uchun bir necha yo‗llar mavjud 
4. Eng yutuq tarafi esa bu erda qancha pul ishlashingiz belgilanmagan. Tarixda 
bo‗lgan voqealardan biri Jorj Soros bir necha oy ichida Angliya bankini bonkrot 
qiladigan darajada katta pul ishlagan. 
Nazorat savollari 
1. Fraktal grafika deganda nimani tushunasiz? 
2. Vektorli grafikani tushuntiring. 
3. Geometrik fraktaldan qachon foydalaniladi. 
4. Algebraik fraktal nima? 
5. Tasodifiy fractal nimaligini tushuntiring? 
6. Forex bu nima ? 
7.Fraktal grafikasida tasvir nima asosida quriladi. 
8. Fraktal geometriya nimalarni o‗rganadi. 
9. Forexning afzallik jihatlarini aytib bering. 


115 
8- bob. GRAFIK DIZAYNGA KIRISh 
 
8.1. Grafik dizayni asoslari 
Ushbu bobda dizayn to‗g‗risida gaplashamiz. Chizish yoki kompozitsiya tuzish 
malakasi to‗g‗risida emas – buning uchun esa talant va afzal ko‗rish etarlidir. Bundan 
tashqari biz hech bir grafik paketni ishlash spetsifikasiga qarab o‗tmaymiz, shunga 
qaramasdan ko‗pgina foydalanuvchilar Photoshop yoki Corel Drawni ozgina 
o‗rganib, o‗zlarini dizaynerlar deb atay boshlaydilar. Dizayn to‗g‗risida fan sifati 
haqida gaplashamiz. Shu bilan birga aniq shakllangan qoida va aksiomalarga, 
avlodlarning almashishlari va birliklarning ochilishlari to‗g‗risidagi fan sifatida. 
Siz faqat ushbu bobni o‗rganib dizayner bo‗la olmaysiz. Ammo biz 
ishonamizki, siz asosiy bo‗lgan narsalarni tushunib olasiz: agar biror narsa yaxshi 
qilingan bo‗lsa, u obyektiv sabablar bilan yaxshi qilingan va ushbu ishni yaratuvchi 
unga o‗z talanti yoki nazariy bilimlari orqali erishgani esa boshqa masaladir. 
Biz o‗quvchining badiiy talantga ega bo‗lmasdan ham dizayner bo‗lishi 
mumkinligini tushunishini xohlaymiz. Buning uchun esa insonning ―nima yaxshi-yu, 
nima yomon‖ ligini aniqlovchi qoidalarni aniq tushunishi kerak. 
Biz o‗lcham, shakl, tekstura rangi, joylashuv va shrift kabi tushunchalar 
to‗g‗risida gapiramiz. Shuningdek kompozitsiya masalalarini ham ko‗rib o‗tamiz. 
Tanlov nimaga asoslanganligi va tanlovni rad etish xususiyatlarini shakllantirishga 
harakat qilamiz. Siz omadli variantlarning butun variantlarda sanoqli ekanligini 
tushunib olasiz. Biz boshlovchi dizaynerlar yo‗l qo‗yadigan asosiy xatolar va 
anglashmovchiliklarni oldini olishga harakat qilamiz. 
Bularning barchasi dizaynga bo‗lgan sodda qarashlardir. Dizayn sizga qiziq 
tuyilayotgan bo‗lsa, ushbu kitobdan ham yaxshiroq bo‗lgan adabiyotlarni tavsiya 
qilamiz. Ular dizaynning eng asosiy masalasi bo‗lgan – ―qanday qilib chiroyli qilish 
mumkin‖ savoliga javob beradi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə