O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

Nazorat savollari 
1.
Macromedia Flash dasturining vazifasi nimadan iborat. 
2.
Macromedia Flash dasturi qanday ishga tushiriladi va tugallanadi. 
3. Macromedia Flash dasturi necha menyudan iborat va vazifalarini ayting. 
4. Animatsion matn qanday yaratiladi. 
5. Kadrlar ustida bajariladigan asosiy amallarni ayting. 
6. Belgilar bibliotekasining vazifasini ayting. 
7. Macromedia Flash dasturining qanday ish qurollari mavjud, ularning 
vazifalarini ayting. 
8. Boshqaruv kadrlar o‗zgarishi (motion tweening) asosida animatsiya yaratish 
texnologiyasini ayting. 


161 
12- bob. KOMPYuTER GRAFIKASINING IQTISODIY SOHALARDA 
QO„LLANILIShI 
 
12.1. Iqtisodiy masalalarni echishda kompyuter grafikasidan foydalanish 
Ilmiy-texnik taraqqiyot va kommunikatsiyaning rivojlanishi, savdolarning 
avtomatlashtirilishi, elektron savdo birjalarining vujudga kelishi ta‘sirida moliyaviy 
globallashuv gorizontal yo‗nalish bilan birga, vertikal yo‗nalishni ham qamrab oldi 
va professional moliyaviy vositachilar hamda institutsional investorlardan tashqari 
individual investor kategoriyasini keltirib chiqardi. 
An‘anaviy savdo uslubi bilan birga elektron savdo tizimlari o‗tgan asrning 80-
yillaridan boshlab qo‗llanila boshlagan bo‗lsa, 90-yillarga kelib, 
ushbu 
texnologiyalardan foydalanish ommaviy tus oldi. Yangi texnologiyalarni qo‗llash 
aynan valyuta bozori va valyuta derivativ (hosilaviy instrument)lari bilan savdolarda 
sodir bo‗la boshladi. 2010- yilda banklararo valyutalar savdosining qariyb 
41,3 foizgacha miqdori elektron brokerlik savdo tizimlari orqali amalga oshirilgan 
(1995 yilda ushbu ko‗rsatkich 10 foizni tashkil etgan). Dastlab derivativlar savdosi 
London birjalarida auktsion tarzida amalga oshirilgan bo‗lsa, keyinchalik ular Eurex 
tizimi orqali elektron savdolar tizimiga to‗liq moslashtirildi. 
Innovatsion jarayonlarni axborot bilan ta‘minlashning asosiy masalalaridan
biri, korxonada tuzilmaviy o‗zgarishlarni avtomatlashtirilgan monitoring o‗tkazish
amallari hisoblanadi. Shunga bog‗liq ravishda korxonada innovatsion
ma‘lumotlar va bilimlar banklarini doimiy ravishda yangilab borish va ulardan
foydalanish maqsadida korxona tasarrufida innovatsion-axborot ta‘minoti
markazlarini (IATM) yaratish maqsadga muvoqfiqdir. 
Xalqaro Foreks valyuta bozorida ishlash uchun treyder uchun juda ham muhim 
u yoki bu dasturiy ta‘minot ega bo‗lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash hisoblanadi. 
Shuningdek dasturiy ta‘minotga ega bo‗lishi kerak bo‗lgan eng muhim jihatlardan 
biri hujumlardan himoyalanish hisoblanadi. Dasturiy ta‘minot dasturiy qo‗llab-
quvvatlashga ega bo‗lishi va ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng yangilanib turishi kerak. 
Bundan tashqari, dasturiy ta‘minot ma‘lumotlaridan nusxa olish, nusxalarni yaratish 


162 
va saqlash funksiyasiga ega bo‗lishi juda muhimdir. To‗g‗ri tanlab olingan dasturiy 
ta‘minot treyderga o‗z savdo vaqtini to‗g‗ri rejalashtirishga va Foreks valyuta 
bozorida savdo qilishdan maksimum foyda olishga imkon beradi. Dasturiy 
ta‘minotdan foydalanish treyderning Foreks bozoridagi ishini ancha engillashtiradi. 
Ammo u yoki bu dasturiy ta‘minotni aniqlashtirib olish uchun avval uni testdan 
o‗tkazish lozim, faqat shundan keyingina undan xalqaro Foreks valyuta bozoridagi 
doimiy savdoda foydalanish mumkin. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə