O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

12.3 Matlab tizimida maxsus grafika 
MATLAB – yuqori samaradorlikka ega bo‗lgan injenerlik va ilmiy 
hisoblashlar tilidir. U osonlik bilan o‗zlashtirish mumkin bo‗lgan operatsion 
muhitdan foydalanib matematik hisoblashlar, hisoblashlarni vizuallashtirish, ilmiy 
grafika va dasturlashni amalga oshirish imkoniyatini beradi. MATLAB muhitida 
qo‗yilgan masalalar va ularning yechimlari matematik notatsiyaga (shartli yozma 
belgilar) yaqin notatsiyada taqdim qilinishi mumkin.


165 
MATLABning qo‗llanish sohasi juda keng bo‗lib ulardan ayrimlari 
quyidagilar: 
⁃ 
matematika vahisoblashlar; 
⁃ 
algoritmlarni ishlab chiqish; 
⁃ 
hisobiy eksperiment, imitatsion modellash; 
⁃ 
ma‘lumotlarni tahlil qilish; 
⁃ 
natijalarni tadqiq qilish va vizuallashtirish; 
⁃ 
ilmiy va injenerlik grafikasi; 
⁃ 
tatbiq qilish uchun ishlanmalar yaratish; 
⁃ 
foydalanuvchining grafik interfeysi va boshqalar. 
Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik chizish 
imkoniyatini mavjudligidir. Biz Matlabda ikki vektor grafigini chizishning eng sodda 
va umumiy komandalari bilan tanishamiz. 
Matlabda grafiklarni har xil koordinata sistemalarida qurish mumkin. 
Bulardan to‗g‗ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi, polyar koordinatalari, 
sferik va tsilindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari koordinatalarni bir 
sistemadagi ko‗rinishidan boshqa ko‗rinishga o‗tkazish mumkin. 
 


166 
12.4. Simulink tizimida grafik obyektlarni aks ettirish 
Oxirgi yillarda Simulink paketi fan va sanoatda dinamik sistemalarni 
modellashtirish va simulyatsiya qilishda eng keng foydalaniladigan dasturiy 
paketlardan biridir.
Simulink ni ishlatib, namunalardan osongina model yaratish mumkin yoki 
mavjud modellarga komponentlar qo‗shish mumkin. Simulyatsiya qilish jarayoni 
interaktiv bo‗lgani uchun, ish jarayonida parametr qiymatlarini o‗zgartirib, natijalarni 
o‗zgarishini ko‗rish mumkin bo‗ladi. Bu paketdan Matlabning barcha analiz qiluvchi 
instrumental vositalariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri kirish imkoniyati bo‗lgani uchun, 
natijalarni analiz qilish va kerakli grafiklarni qurish va o‗rganish mumkin bo‗ladi.
Simulink yordamida real chiziqsiz bo‗lgan modellarni o‗rganish va qurish 
mumkin. bunday modellar, bizga ma‘lumki, qarshilik, ishqalanish, havo qarshiligi 
mexanizmlarni sirpanishi va boshqalarni hisobga olish imkoniyatini beradi.
Simulink – bu dinamik sistemalarni modellashtirish, simulyatsiya va analiz 
qilishga mo‗ljallangan dasturlar paketidir. Bu paket uzluksiz vaqt mobaynida 
modellashtirilgan chiziqli va chiziqsiz bo‗lgan, ma‘lum vaqt oralig‗ida berilgan 
tizimlarni qo‗llab-quvvatlaydi. Sistemalar har xil tezlikda bo‗lishi, ya‘ni sistemani har 
xil bo‗limi har xil tezliklarda bajarilishi mumkin.
Modellashtirish uchun Simulink paketi modelni blok-sxema sifatida 
shakllantirish uchun foydalanuvchining grafik interfeysi bilan ta‘minlaydi. Bunda 
―sichqoncha‖ vositasida ―click-and-drag‖operatsiyasidan foydalaniladi. Bu interfeys 
yordamida modellarni qalam va qog‗oz ishlatib ―chizish‖ mumkin. Simulink har xil 
bloklardan (qabul qiluvchi, manba‘lar, chiziqli va chiziqsiz komponentalar, ulagich 
(soediniteli) lar) dan iborat bo‗lgan bibliotekani ulab beradi. undan tashqari, 
foydalanuvchi o‗z bloklarini yaratish va sozlash mumkin.


167 
Barcha modellar ierarxik tuzilishga ega. Shuning uchun, modellarni o‗suvchi 
yoki kamayuvchi nuqtai-nazaridan kelib chiqib shakllantirish mumkin. Sistemani 
yuqori darajada (uroven) qarash mumkin va bloklarda ikkita (―shelchok‖) ―bosish‖ 
natijasida darajalar (urovni) bo‗yicha pasayib, model detallarining o‗suvchi 
darajalariga kirishni ta‘minlash mumkin bo‗ladi. Bu nuqtai nazar (podxod) 
yordamida modelning tuzilishini va uning qismlarini qanday birgalikda ishlashini 
tushunishni ta‘minlab beradi. 
Model aniqlangandan keyin uni foydalanish uchun qo‗ysa bo‗ladi. Bunday 
ishni integrallash metodidan, yoki Simulink menyusidan, yoki Matlab komandalar 
oynasidan ma‘lum komanda kiritib amalga oshirish mumkin. Interaktiv ishlash 
jarayonida menyudan foydalanish qulay bo‗lsa, paketli modellashtirish jarayonida 
komandalar oynasidan foydalanish qulaydir. 
Maxsus demonstratsion bloklardan foydalanib, simulyatsiya bajarilmayotgan 
bo‗lsa ham, simulyatsiya natijalarini ko‗rish mumkin. undan tashqari parametrlarni 


168 
o‗zgartirib, birdaniga u qanday natija berganini ko‗rish mumkin. Modellashtirish 
(simulyatsiya) natijalari Matlabning ishchi fazasiga joylashtirib, keyinchalik qayta 
ishlab vizualizatsiya qilish mumkin bo‗ladi.
Modellarni analiz qilish instrumentlariga chiziqlashtirish va qurish 
(podstroyka) vositalari kiradi. Bu vositalar komandalar oynasidan chaqiriladi. Undan 
tashqari Matlabning ko‗p instrumental vositalari va bibliotekalaridan xam 
foydalanish mumkin.
Matlab va Simulink tizimlarining xisobiga bu tizimning ixtiyoriy nuqtasida 
modellashtirish, analiz qilish va modellarni to‗g‗rilash mumkin bo‗ladi. 
Ma‘lumki. kompyuter texnologiyasiniiig rivojlanishi bilan murakkab tizimlarni 
tadqiq qilishda mashinali modellash usuli eng samarali va bu usulining yordamisiz 
texnika va texnologiyaning ba‘zi muammolarini hal etish qiyinlashib qoldi.
Shu sababdan muhandis-texnologlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalardan biri 
- matematik modellashtirish nazariyasining asoslarini va usullarini o‗zlashtirish 
hisoblanadi. Bu masala nafaqat o‗rganilayotgan obektlarning modellarini qurish, ular 
dinamikasini tahlil qilish va model bilan mashinali eksperimentni boshqarish 
imkonini beradi, balki o‗rganilayotgan tizimlarga yaratilayotgan modellarining 
monandligini ma‘lum miqdorda qo‗llanish chegarasida fikr yuritish mumkinligi 
hamda zamonaviy hisoblash texnika vositalarida tizimlarning modellashni to‗g‗ri 
tashkil qilish imkonini beradi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə