O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə104/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Tushunchalar va tayanch iboralar




Iqtisodiy o’sish, to’liq bandlilik, real YAIM, talab va taqsimot omillari

intensiv iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sishning keynscha va neokllasik modellari, 

Domar modeli, R. Xarrod modeli 

Asosiy savollar 
1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi.
2. Iqtisodiy o’sishning omillari va tiplari.
3. Iqtisodiy o’sishning keynscha modellarining umumiy tavsifi.
E. Domar modeli.
4. Iqtisodiy o’sishning R. Xarrod modeli. 


1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi 
Iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab 
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda
haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o’sish nafaqat
mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan 
real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki
xil usul bilan o’lchanadi. 
Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YAIM ni o’tgan davrga nisbatan
o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari 
dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real 
YAIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YAIM o’rniga SIM, YAMD, 
SMD ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada
iqtisodiy o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga 
bo’linishiga bog’liq deb qaraladi.
Iqtisodiy o’sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o’lchanadi..


2. Iqtisodiy o’sishga omillari va tiplari 
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi sur’atlarini, 
ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy o’sish omillari deyiladi. 
Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan 
ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:

tabiiy resurslar soni va sifati; 


mehnat resurslari soni va



sifati; 


asosiy kapital



hajmi;


texnologiyalar



va ishlab chiqarishni tashkil etish; 


jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.. 


Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potensialini yuzaga
chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) 
kiritiladi:

bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;



iqtisodiyotdagi soliq muhiti;





kredit-bank tizimi samaradorligi; 



iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o’sishi; 



eksport hajmining o’sishi; 



iqtisodiyotda 


ishlab
chiqarish 


resurslarini
qayta

taqsimlash


imkoniyatlari; 

daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. 


Agar o’sish qo’shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va


jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o’rtacha samaradorligi 
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
YAIMning o’sishi iqtisodiyotda band bo’lganlar sonidan yuqori sur’atga ega 
bo’lsa intensiv ihtisodiy o’sish ro’y beradi.
“Iqtisodiy o’sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining 
oshishiga bog’liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to’g’ri keladigan mahsulot
ishlab chiqarishni ko’paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini 
yaxshilashni ko’zda tutadi.
Iqtisodiy o’sishning bu ikki tipi sof holda ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sish uni 
ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq
ekstensiv, yoki ko’proq intensiv bo’lishi mumkin. 



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə