О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 68,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü68,77 Kb.
#150988
8. matem Olovxonova



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR 
UNIVERSITETI KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI 
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» KAFEDRASI 
«Biznes matematika»
fаnidаn 
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTI 
Topshirdi: Olovxonova Sh 
Qabul qildi: Tojiyev I 
NAVOIY - 2023 y.


Sаrmоya jаrаyonlаri tаhlili. Bоshlаng’ich sаrmоyali 
vа o’zgаrmаs dаrоmаd chеkli lоyihаlаr 
хаrаktеristikаlаrini hisоblаsh

Reja: 
1.
Boshlang’ich sarmoyali va o’zgarmas daromad chekli loyihalar
xarakteristikalarini hisoblash
2.
Qarzni yopish muddatini aniqlash
3.
Sarmoya miqdorini aniqlash. Jarayonlar xarakteristikalarining foiz
stavkasiga bog’liqligi 


Kirish 
Biznes matematika – predmeti iqtisodiy obyektlar va jarayonlarning
matematik modellari va ularni tadqiq qilish metodlari bo‘lgan nazariy va amaliy
fan.
Matematik fanlarning kelib chiqishi, shubhasiz, iqtisodiy ehtiyojlari bilan
bog‘liq bo‘lganligini yaxshi tushunamiz. 
Ishlab chiqarishning taraqqiyoti va murakkablashishi bilan iqtisodning
matematik hisoblashlarga bo’lgan ehtiyoji ortib bordi. Hozirgi ishlab chiqarish –
ko‘plab korxonalarning qat‘iy muvozanatga solingan faoliyatidan iboratki, u
behisob matematik masalalarni yechish bilan ta’minlanadi.
Bu ish bilan 
iqtisodchilar, dasturchilar va ko‘p sondagi buxgalterlar
mashg‘ul, minglab 
elektron 
hisoblash 
mashinalari 
esa 
hisob 
– 
kitoblar 
bilan 
band.
Bunday masalalar qatoriga ishlab chiqarish rejasini tuzish ham, qurilish
obyektlarining optimal joylashuvini aniqlash ham, moliyaviy operatsiyalarning
samaradorligini baholash ham kiradi. Biznes matematika, shuningdek, avvaldan
ma’lum iqtisodiy hodisalarning aniqlashtirilgan matematik tavsifi, iqtisodiy 
hisob– kitoblardan turli gipotezalarning tahlili, ularni ifodalovchi matematik
munosabatlar bilan ham shug’ullanadi. 
Biznes matematikaning taraqqiyoti “matematik dasturlash” degan umumiy
nom bilan birlashtiriluvchi bir necha matematika sohalari paydo bo‘lishiga turtki
bo‘ldi 


1.
Boshlang’ich sarmoyali va o’zgarmas daromad chekli 
loyihalar
 
xarakteristikalarini hisoblash 
Kapital (lotincha: capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z 
egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; 
yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — 
ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad 
manbai (ashyoviy kapital). Kapitalning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, 
tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar 
— ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik 
ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar 
muomalasidagi pul kapitaliga aylanadi. Kapital ko'p sikllar davomida ishlab 
chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok 
etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul kapitali 
(sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini 
ifoda etadi, ya'ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. 
Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. 
Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari 
(xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida 
yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxoʻrlik 
kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik 
jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapital singari 
ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli kapital dastmoya 
deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi 
Daromadlar — barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) 
tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy 
daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai — ish haqi, 
pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya 
yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra 
puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi 
daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining 
tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural 
daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul 
mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, 
doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural 
daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga 
boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan 


daromad boʻlib, inflyatsiya taʼsirida uning xarid qobiliyati pasay-ishi mumkin. 
Real daromad — pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda isteʼmol 
buyumlari va xizmatlar xarid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga 
hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit 
koʻrsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha 
majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib 
tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga 
ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli taʼsir etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. 
Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp 
boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan 
daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam 
puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari 
bozor 
daromadi 
hisoblanadi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
oʻtish 
sharoitida 
Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari 
(tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib bo-rishi kuzatiladi 
Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar 
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va 
xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul 
daromadlari deyiladi. 
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu 
tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va 
tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan 
biri. F. pulda ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga 
binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, ishlab chiqarish 
omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul 
shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi 
hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. 
Amaliyotda F. (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida 
qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat 
i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi 
F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan 
tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq 
(D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda 
xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. 
Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining 
ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. Shu sababli F.ni koʻp 
olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. 
Xarajatlar pasaygan sharoitda F.ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz 
berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning 


bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F. ortadi. Narxning 
foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib 
yaxshi F. koʻrish mumkin emas. Har qanday firma F.ni eng koʻp olishga, yaʼni 
uni maksimumlashtirishga intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga 
soladi. 
F.ning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. F. normasi (Gʻ") 
nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday F. koʻrilganini 
bildiradi va u orqali F. (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi 
aniqlanadi. 
F. koʻrilgan. F. normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. F. 
koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim F. normasini oshirishga 
intilish saklanib qoladi. 
F. massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. F. massasi qanchalik koʻp 
boʻlsa, F. shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar F. normasi goqori 
boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp F. olish mumkin, bordiyu F. normasi past 
boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish mumkin. F. maksimumlashtirish 
uchun ham F. normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. F. normasini 
pasayishi hisobidan F. massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish 
uchun investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan F.ning bir qismi 
investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit 
hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada F. normasi 
pasaygan chogʻda ham olinadigan F. miqdori qisqarmaydi. Agar F. normasi 
pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa F. massasining ortishi yuz beradi. 
Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va 
boshqa F. turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va 
ustama F.ga boʻlinadi. Oddiy F. erkin — mukammal raqobat sharoitida 
koʻpchilik tadbirkorlar oladigan F.dir. Us t am a F.ni firmaning monopol 
mavqei, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi 
yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir 
etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama F. 
oladi. F. nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad F.dan 
iborat boʻladi. Normal F.ni tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik 
uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning 
ish haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish 
oʻrniga yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bundam F. xarajatlar tarkibiga kiradi, 
chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad 
topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan 
menejerlarga oʻtgan taqdirda normal F. ularga mukofot shaklida tegadi. 
Iqtisodiy F. xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni kapital 
yaratgani sababli bu F. kapital egasiga tegadi. Omad F.si — bu F.ni bozor 
konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab 


vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad F.si hosil boʻladi. Iqtisodiyotda 
tavakkalchilik F.si ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga 
tegadigan mukofot hisoblanadi. 
F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga 
olinganda F.ning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. F.ning firmada 
qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma 
aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, F.dan dividend toʻlanadi, xayrehson ishlariga pul 
ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib 
qolingan F. hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, 
firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta 
boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni 
asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy 
salohiyatini oshiradi. 
F. bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy vosita hisoblanadi. F.ga intilish 
resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab 
qisqargani uchun narx pasayib F. kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan 
serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar 
yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi. F.ning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy 
salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi. 
Ahmadjon Oʻlmasov. 
Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. 
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi: 

birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning 
yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi 
qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq 
foyda shaklida namoyon boʻlmaydi; 

ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni 
sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi 
koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi. 
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda 
ularning 
umumiy 
qiymati 
pul 
daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan 
koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki 
qoʻshimcha 
qiymatdir. 
Odatda 
ishlab 
chiqarish 
sohasidagi 
yirik 
korxonalar tovarlarni katta 
hajmda 
ishlab 
chiqarib, 
ularni 
savdo 
vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji 
narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar. 








Xulosa 
Bоshlаng’ich sаrmоyali vа o’zgаr-mаs dаrоmаd chеkli lоyihаlаr 
хаrаktеristikаlаrini hisоblаsh bu O’z-o’zini qoplash davri investisiya 
samaradorligini ko’rsatuvchi parametr bo’lib, u investorlarga ular tomonidan 
sarf qilingan kapital mablag’larni har yilgi kutiladigan sof pul oqimlari asosida 
qoplash vaqtini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich yillar bilan o’lchanadi. Pul kapitali 
(sarmoya) — ashyoviy kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini 
ifoda etadi, ya'ni pul kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. 
Iqtisodiy nazariyada kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. 
Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari 
(xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida 
yuz beradi. Kapital sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxoʻrlik 
kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Paul R. Thie G. E. Keough, An Introduction to Linear Programming and 
Game Theory, Third Edition ISBN 978-0-470-23286-6 USA 2008. 
2.David G. Luenberger, Yinyu Ye, Linear and Nonlinear Programming Third 
Edition Stanford University ISBN: 978-0-387-74502-2, USA 2008. 
3.E. K. Ummer, Basic Mathematics for Economics, Business, and Finance, 
ISBN: 978-0-415-66419-6 USA 2012. 
4.J. Olivier, BUSINESS MATH: A Step-By-Step Handbook, Creative 
Commons License (CC BY-NC-SA)Canada,2019. 
5.Sh.A.Saipnazarov, M.T.Ortiqova, Moliyaviy matematika, ISBN 978-9943-11-
440-1. “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2017. 
6.Rupinder Sekhon, Applied Finite Mathematics, Rice University, Houston, 
Texas2012. 
7.Sаfаyеvа Q. Mоliya mаtеmаtikаsi. Darslik. T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2012 

Yüklə 68,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə