O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/89
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141211
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash Rasulev

 
Nazorat uchun savollar 


35 
1.
Iqtisodiy tizimni boshqarishdan maqsad nima? 
2.
Iqtisodiy obyektning tuzilmasini va uning qanday faoliyat ko„rsatishini nima 
aniqlaydi? 
3.
Iqtisodiy obyekt qanday tashkil etuvchilardan iborat? 
4.
Iqtisodiy tizimlarni boshqarishning qanday modellari mavjud? 
5.
Iqtisodiy tahlil etishda iqtisodiy-matematik modellashtirishning vazifalari 
nimalardan iborat? 
6.
Iqtisodiy modellashtirishning boshqarishda qo„llanilishi natijasida nimalarga 
erishiladi? 


36 
III BOB. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI 
MODELLASHTIRISHDA JUFT VA KO„P OMILLI REGRESSION TAHLIL 
USULLARINING QO„LLANILISHI
3.1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog„likliklar
turlarini o„rganish 
 
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari turli qonun va qonuniyatlar asosida 
shakllanib bozor ishtirokchilari o„rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydi. Bu 
jarayonlarni o„rganishda iqtisodiy statistika modellari va usullarining alohida o„rni 
bor. Iqtisodiy statistika modellarini tuzish va ulardan amaliyotda foydalanish turli 
munosabatlarni, 
ularni 
ifodalovchi 
iqtisodiy 
ko„rsatkichlarning 
miqdoriy 
xarakteristikalarini, bog„liqligini va o„zoro birgalikligini aniqlash imkonini beradi. 
Taklif qilinayotgan iqtisodiy – statistik modellar xaqiqatni bir muncha 
soddalashtirilgan holda ifodalasa ham, u o„rganilayotgan iqtisodiy munosabatlarni 
o„rganishida qat‟iy matematik yondashishni ta‟minlaydi, o„rganilayotgan 
munosabatlarning mohiyatliligini baholaydi va bu munosabatlar qanday ko„rinishda 
namoyon bo„lishini aniqlab beradi. Iqtisodiy-statistika modellarining matematik 
jihatdan to„liqligi, miqdoriy xarakteristikalarining mazmunan aniqligi ular yordamida 
o„tgan davrni tahlil qilish vositasi sifatidagiga emas, shu bilan birga kelajakda 
iqtisodiy rivojlanishni prognozlashda asosiy vosita bo„lib hizmat qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarda ikki va undan ortiq ko„rsatkichlarning o„zoro 
bog„lanishi haqida so„z ketganda, ular ikki shakldagi bog„lanishlarga ajratiladi: 
funksional va korrelyatsion bog„lanishlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə