O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Sug„urta tariflarini ishlab chiqish bosqichlari



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

6-rasm. Sug„urta tariflarini ishlab chiqish bosqichlari
13
 
13
Rasm muallif tomonidan chizilgan. 


31 
Tarifni aniqlash uslubiyoti, tarif stavkasi va uning dastlabki 
ma‘lumotlar manbasi, netto-stavka va ―yuk‖ ulushlari ko‗rsatilgan holda 
tarif hisob-kitoblari maxsus vakolatli Davlat organiga taqdim etiladi. 
Mazkur organ tomonidan ruxsat berilganidan so‗ng sug‗urta tashkiloti o‗zi 
hisoblab chiqqan sug‗urta tarifini qo‗llash huquqiga ega bo‗ladi. Har bir 
sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta tarifining hajmi sug‗urta ob‘ektini 
tavsiflovchi qator holatlarni hisobga olgan holda tomonlarning o‗zaro 
kelishuviga ko‗ra belgilanadi. Quyidagi rasmda sug‗urta kompaniyalarida 
tariflarni ishlab chiqish bosqichlari keltirilgan (6-rasm). 
Umumiy sug‗urta qilish tarmog‗i klasslari bo‗yicha tarif stavkasini 
aniqlashda netto-stavka hisob-kitobi muhim hisoblanadi. Aynan uning 
hisobidan sug‗urtalanuvchilar ko‗rgan zararning qoplama to‗lovlari amalga 
oshirilishi nazarda tutiladi.
Sug‗urta tashkiloti mukofot undirilishi hisobiga sug‗urta hodisasi yuz 
berishi oqibatida sug‗urtalanuvchi ko‗rgan zararni qoplash uchun yetarli 
miqdordagi summani jamlab olishi muhimdir. Masalan, har yili sug‗urtaga 
qabul qilingan 1000 xonadondan 6 tasi butunlay yonib ketishi hodisasi 
ro‗y beradi deb faraz qilsak, har bir xonadonning bahosi 1 mln. so‗m 
bo‗lsa, bu holatda sug‗urtalovchi (1 mln. x 6) 6 mln. so‗m miqdoridagi pul 
fondiga ega bo‗lishi talab etiladi. Bu sug‗urta qoplamasi summasini 
sug‗urtalangan ob‘ektlar soniga bo‗lish orqali har bir sug‗urtalanuvchiga 
to‗g‗ri keladigan (6 mln. so‗m : 1000 = 6 ming so‗m) sug‗urta mukofoti 
aniqlanadi. Aynan shu summa aniq bir sug‗urta ob‘ekti uchun hisoblab 
chiqilgan netto-stavkadir.
O‗zbekistonda faoliyat ko‗rsatayotgan sug‗urta kompaniyalari 
tomonidan 
netto-stavkani 
hisoblash 
amaliyotda 
birmuncha 
murakkabroqdir. Negaki sug‗urtalangan ob‘ektning (bir qismi yoki 
batamom) zarar ko‗rganligi darajasi, sug‗urta hodisalari (yong‗in, suv 
toshqini va boshqa) sonining yillar bo‗yicha tafovuti, shuningdek, boshqa 
qator dalillarni ehtimollikka asoslanib bashorat qilish va hisobga olish 
kerak bo‗ladi. Mol-mulk (bino, uy xayvonlari, qishloq xo‗jaligi 
ekinlari)ning turli sug‗urta hodisalari (yong‗in, kasalliklar, sovuq va shu 
kabilar) yuz berishi oqibatida zarar ko‗rishi yoki halokatga uchrashi 
ehtimoli turlichadir. Shundan kelib chiqib, ob‘ektlarning shartnomada 
qayd etilishi nazarda tutilayotgan sug‗urta hodisalaridan sug‗urtalash 
bo‗yicha tarif stavkalari ham turlicha belgilanishi mumkin.


32 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə