O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


  3-rasm. Sug„urta kompaniyasining asosiy biznes jarayonlari



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

 


18 
3-rasm. Sug„urta kompaniyasining asosiy biznes jarayonlari
3
 
Sug‗urta biznesi mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy 
munosabatlar tizimida muhim o‗rin tutadi. U moliya, kredit kabi iqtisodiy 
kategoriyalar bilan chambarchas bog‗liqdir. Moliya yalpi ichki mahsulotni 
taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan maqsadli pul 
fondlarining shakllanishi va undan foydalanish bilan bog‗liq pul 
munosabatlarini ifodalasa, kredit – aholi, korxona va tashkilotlar 
ixtiyoridagi vaqtincha bo‗sh turgan mablag‗larni jalb etish va undan 
foydalanish bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar yig‗indisidir. Sug‗urta 
oldindan ko‗rib bo‗lmaydigan tabiiy, stixiyali hodisalar ro‗y berishi 
natijasida ko‗riladigan zararlarni qoplash bilan bog‗liq maqsadli pul 
fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog‗liq iqtisodiy
munosabatlar yig‗indisidir.
Ma‘lumki, sug‗urta biznesida sug‗urta kompaniyasi belgilangan 
to‗lov (sug‗urta mukofoti) evaziga o‗z mijozining risklarini qabul qiladi. 
Sug‗urta kompaniyasi mijoz o‗zida saqlab tura olmaydigan risklarni 
sug‗urtaga qabul qiladi, chunki u risklarni umumlashtirish tamoyilidan 
foydalanadi. Misol tariqasida, bir yil muddatga vafot etishdan 
sug‗urtalashni olib qaraydigan bo‗lsak, sug‗urta kompaniyasi biladiki, 
sug‗urtalanganlar soni qanchalik ko‗p bo‗lsa, ularga nisbatan sug‗urta 
davri mobaynida vafot etadiganlar soni kam bo‗ladi. Bunday natijani har 
3
Rasm muallif tomonidan chizilgan. 


19 
qanday 
ehtimollar 
nazariyasi 
qonuniyati 
ham 
tasdiqlaydi. 
Bu 
sug‗urtalanuvchidan kam miqdordagi sug‗urta mukofotini olish bilan katta 
javobgarlikni zimmaga olish imkoniyatini beradi. Xususan, sug‗urta 
kompaniyalari o‗z zimmasiga olayotgan barcha majburiyatlar ularning 
moliyaviy asosiga, ya‘ni to‗lov qobiliyatiga muvofiq kelishi lozim. 
Sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyatini esa aynan ular uchun belgilangan 
minimal ustav kapitali miqdorlari belgilaydi. Ma‘lumki, kompaniyalarga 
belgilangan ustav kapitalining minimal miqdorlari muntazam ravishda 
oshirib boriladi, bu esa sug‗urtalash ko‗lamining kengayishini ta‘minlaydi 
(1-jadval).
1-jadval 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə