shakllanish jarayoni
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror sur‘atlar bilan o‗sishi
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta‘minlash bilan bir qatorda ishlab
chiqarishni tarkibiy o‗zgartirish, modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilanish ishlarini davom ettirmoqda. Zero izchillik bilan
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar barcha sohalarda
bo‗lgani kabi sug‗urta sohasida ham o‗z samarasini bermoqda. Hozirgi
iqtisodiy nobarqarorlik, biznes-modellarning va texnologiyalarning yuqori
sur‘atda o‗zgarishi, mahsulotlar hayotiylik davrining tezlashishi sug‗urta
kompaniyalari raqobatbardoshligini innovatsiyalardan foydalanmay turib
oshirishning imkoni mavjud emasligini isbotlamoqda.
Sug‗urta kompaniyalari raqobatbardoshligi uning ma‘lum bir sohada
boshqa raqib sug‗urtalovchilardan ustunligini anglatadi. M.Porterning
fikricha, raqobatbardoshlik o‗z navbatida resurslardan samarali
foydalanishni aks ettiradi
17
. Sug‗urta kompaniyalari raqobatbardoshligini
oshirish yo‗llaridan biri innovatsiyalarni ishlab chiqish va ulardan
foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, bozor sharoitlarining doimiy
o‗zgarishi sug‗urta marketingida innovatsiyalarni qo‗llash zaruratini
oshiradi.
Inqirozli vaziyatlar sharoitida iste‘molchilar ehtiyojiga tayangan
holda mahsulotlarni yaratish sug‗urta kompaniyalarining bozordagi
raqobatbardoshligini oshiradi va o‗z faoliyatini samarali amalga oshirish
imkoniyatlarini beradi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, texnologik
innovatsiyalar uchun moliyaviy resurslar bilan bog‗liq muammolar yuzaga
17
Drucker, P.F. Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction
Publishers, New Brunswick, N.J.; London.2007
37
kelganda innovatsion sug‗urta marketingi sug‗urta kompaniyalarining
raqobat kurashida asosiy dastak bo‗lib xizmat qiladi va ularning bozor
muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar mijozlar
sug‗urta mahsuloti va xizmatlarini ularni yaratishga sarflangan xarajatlarga
nisbatan ko‗proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi
yordam zarur bo‗ladi yoki bunday tashkilotlar inqirozga yuz tutadi. Bu
borada P.Druker quyidagi fikrni bildirgan: ―biznesning asosiy maqsadi
mijozlarni jalb qilish bo‗lganligi sababli, sug‗urta kompaniyalarining
ikkita va faqat ikkita asosiy funksiyasi mavjud: sug‗urta marketingi va
innovatsiya‖
18
.
Tadqiqotlarga ko‗ra, innovatsion sug‗urta marketingi yangi
mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish
hamda ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi sug‗urta marketingi
usullaridan foydalanish bilan bog‗liq tadbirlarni nazarda tutadi. Sug‗urta
kompaniyalari faoliyatining tahliliga asosan, sug‗urta marketingida
innovatsiyalardan foydalanish iste‘molchilar talabini to‗liq qondirish
hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda ―innovatsion sug‗urta marketingi‖ sug‗urta
marketingi faoliyatida yangi paydo bo‗lgan yo‗nalish hisoblanib,
innovatsion mahsulot va xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu innovatsion g‗oyani
tijoratlashtirishni nazarda tutadi. U korxonaga innovatsion mahsulotni
maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan usul va vositalar
majmuidan foydalanadi. Innovatsion sug‗urta marketingi texnologiyalarini
o‗z vaqtida qo‗llash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bog‗liq
tavakkalchilikni kamaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash,
maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarni davom ettirish
kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi, degan savollarga javob berishga
imkoniyat yaratadi. Innovatsion sug‗urta marketingining asosiy maqsadi
innovatsiyalarni bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqish va yangi
mahsulotning bozorda mustahkam o‗rin egallashini ta‘minlash, an‘anaviy
sug‗urtadan farqli ravishda innovatsion sug‗urta marketingi vositalari
asosida innovatsiyalar bozorini tadqiq etish, bozorni kuzatish, bozor
kon‘yunkturasini tahlil qilish, talabni shakllantirish, iste‘molchilar xulq-
atvori bo‗yicha bozor segmentlarini ishlab chiqishdan iborat. Xizmat
ko‗rsatishda esa ―innovatsion sug‗urta marketingi‖ deganda ayirboshlash
18
Drucker, P.F. Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction
Publishers, New Brunswick, N.J.; London. 2007.
38
natijasida yangiliklarga bo‗lgan ehtiyojni qondirish orqali foyda olishga
yo‗naltirilgan inson faoliyati majmuini tushunmoq lozim. Bu faoliyat
yangiliklarga ehtiyojni aniqlashdan tortib yangi innovatsion xizmatlarni
yaratish, bozorga kirib borish, xizmatlarning hayotiylik davri, amaliyotda
qo‗llash, innovatsion xizmatlarni sotib olish uchun xaridorlar qiziqishini
orttirish, yangiliklarga bo‗lgan talabni va ularning yaratilish istiqbollarini
aniqlash kabi vazifalarni o‗z ichiga oladi. Xizmat ko‗rsatish innovatsiyasi
va xizmatlar innovatsiyasi ilm-fan va amaliyotga yetarli darajada
qo‗llanilmagan keng tushunchali atamadir.
Innovatsion sug‗urta marketingiga bir tomondan innovatsion
mahsulotni sotish, ikkinchi tomondan har qanday mahsulotni innovatsion
vositalar yordamida sotishga yo‗naltirilgan faoliyat sifatida ta‘rif berish
mumkin. Mazkur ta‘rifdan kelib chiqib mahsulotni sotishda sug‗urta
marketingining u yoki bu vositasidan foydalanishimiz mumkin. Jumladan:
innovatsion sug‗urta marketingi;
an‘anaviy sug‗urta marketingi;
innovatsion mahsulot;
an‘anaviy mahsulot.
Ushbu sug‗urta marketingi vositalaridan mahsulot sotishda
foydalanish quyidagicha ifoda etiladi:
an‘anaviy
sug‗urta
marketingi
vositalaridan
innovatsion
mahsulotlarni sotishda foydalanish;
an‘anaviy mahsulotni innovatsion sug‗urta marketingi vositalari bilan
sotishda foydalanish;
innovatsion hamda an‘anaviy sug‗urta marketingini bir vaqtda
qo‗llagan holda innovatsion mahsulotlarni sotish.
Zamonaviy bozor sharoitida innovatsion sug‗urta marketingi
innovatsion faoliyatning bir turi sifatida yuzaga kelar ekan, bunda yangi
mahsulot va xizmat turlarini ishlab chiqish jarayonlarini o‗zlashtirishda
ko‗proq e‘tibor ushbu innovatsion mahsulotlarni baholashga emas, balki
bozorni o‗rganishga qaratiladi. Bu esa o‗z navbatida innovatsion mahsulot
ishlab chiquvchi kompaniyalarning yangi mahsulotlari yoki ko‗rsatadigan
xizmatlarini samarali va muvaffaqiyatli sotishda innovatsion sug‗urta
marketingi texnologiyalaridan foydalanishning muhimligini anglatadi.
Sug‗urta
kompaniyalari
innovatsion
faoliyatining
asosiy
vazifalaridan biri – yuqori menejment bilan asosiy innovatsion sug‗urta
marketingi strategiyasini shakllantirish, uni bozor segmenti bo‗yicha
joylashtirish chegarasini aniqlash, amalga oshiruvchi ijrochilarni tayinlash,
bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi uchun ma‘lum amaliy
39
direktivani amalga oshirish muddatini belgilashdan iborat. Shu sababli
strategik sug‗urta marketingi tadqiqotlari tarkibiga sug‗urta tashkilotlari
innovatsion siyosatining bo‗lagi bo‗lgan innovatsion sug‗urta marketingi
jarayonlarining asosiy tizimli xususiyatlari kiradi. Tadqiqotlarning
ko‗rsatishicha, bozorga yangilikning kirish strategiyasi va taktikasi
sug‗urta marketingi tadbirlarining muhim yo‗nalishlaridan hisoblanadi va
yangi mahsulotlarni bozorda joylashtirish va sotish yo‗llarini
shakllantirishga asoslangan raqobatbardosh strategiyani ishlab chiqishni
nazarda tutadi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, innovatsion sug‗urta marketingi – sug‗urta
kompaniyalarining ishlab chiqarishni takomillashtirish va bozor sharoitiga
ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan faoliyatdir. Izlanishlar natijasi shuni
ko‗rsatadiki, innovatsiya hayotiy davrining har bir bosqichi turli sug‗urta
marketingi usullarini va yondashuvlarini, turli strategiya va taktikani talab
qiladi. Innovatsion sug‗urta marketingi tadbirlari tizimi faqatgina ishlab
chiqarishni yangilash bilan emas, balki kapitalning jamlanishi va oqimi
dinamikasi bilan ham uzviy bog‗langan.
Sug‗urta faoliyatida innovatsiya zamon talabiga mos yo‗nalish
hisoblanib,
sug‗urta
tashkilotining
daromadi
oshishiga
va
sug‗urtalanuvchilar sonining ortishi hisobidan bozordagi mavqei
ko‗tarilishida muhim rol o‗ynaydi. Innovatsion yo‗nalish eski uslubdan
yangisiga, shuningdek ommaviy iste‘moldan individual iste‘molga o‗tishni
amalga oshiradi. Mijozlarning endilikda ko‗rsatilayotgan sug‗urta
xizmatlariga nisbatan o‗z talablari mavjud. Individual iste‘mol bir
tomondan aniq mijozning aniq talablarini qondirishga mo‗ljallangan
bo‗lsa, ikkinchi tomondan mahsulot mijozga qulay va sotishning yangi
usullari orqali taqdim etilishi zarur. Sug‗urtaning zamonaviy bosqichida
nafaqat sug‗urta xizmatlarini sotishda, balki uni ko‗rsatish tizimida ham
yangiliklar yaratishga qiziqish ortmoqda. Masalan, iste‘molchi shunchaki
avtomobili shikastlanishidan sug‗urta polisiga ega bo‗lishni istamaydi,
balki polisda uning evakuasiyasi, zararlangan ob‘ektning ta‘mirlanishi,
ta‘mirlash
vaqtida
vaqtincha
boshqasiga
almashtirib
turilishi,
jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‗rsatish aks etishini ham xohlaydi.
Dostları ilə paylaş: |