O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-MAVZU. SUG„URTA SOHASIDA QO„LLANILADIGAN YANGI



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

6-MAVZU. SUG„URTA SOHASIDA QO„LLANILADIGAN YANGI 
IT-TEXNOLOGIYALAR 
6.1. Sug„urta kompaniyalari faoliyati uchun yaratilgan internet 
imkoniyatlari 
 
Butun dunyo hamjamiyati shuni tan olmoqdaki, XXI asrda bilim eng 
bebaho resurs sifatida – iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning 
harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‗ladi. Bilim va axborotlarni 
yaratish, uzatish va ularga ega bo‗lish tez sur‘atlarda amalga oshayotgan 
bir davrda ularni eslab qolish imkoniyati mavjud emas. Bilim va 
axborotlarni yig‗ish, tanlash, qayta ishlash, uzatish va amaliyotda 
qo‗llashning vosita va usullariga ega bo‗lish zarur. Ijtimoiy, iqtisodiy
siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o‗zgarishlarga sababchi 
bo‗lgan globallashuv jarayonida, ayniqsa, AKT sohasidagi keskin 
taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi. Bu esa 
foydalanuvchilardan axborotdan unumli foydalanishni talab etadi. XXI 
asrning insoniyatga taqdim etgan afzalliklaridan biri AKT imkoniyatlari 
bo‗lib, u aynan shu talabga javob beradi, ya‘ni bugungi kunda inson AKT 
imkoniyatlaridan foydalanibgina qolmay, balki ularni kundalik faoliyatida 
to‗g‗ri va unumli joriy etish, ko‗zlangan maqsadlari yo‗lida yutuqlarga 
erishishiga 
ko‗mak berishi shartdir. Bugungi kunda internet 
imkoniyatlaridan xabardor bo‗lish va ulardan foydalana bilish zarurati 
ortib bormoqda. Dastlab internet bu turli-tuman ma‘lumotlar, bilimlar 
ombori edi. Endilikda internet yordamida birgalikda unumli ishlash 
imkoniyatlari ham rivojlanib bormoqda. Internet aynan shu imkoniyatlari 
bilan foydalanuvchilarni o‗ziga jalb etmoqda, mazkur imkoniyatlar
ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatida, xususan sug‗urta tizimida juda 
asqotmoqda. Buning uchun ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish 
zarur. Masalan, kundalik faoliyatda zarur bo‗lgan axborotlarni topish, 
yangiliklar bilan tanishish, sug‗urtalanuvchilar bilan muloqot qilish, zarur 
anjomlar va texnologiyalarni sotib olish va to‗lovlarni amalga oshirish 
uchun foydalanilmoqda. Internetda o‗z kompaniyasi hamda sug‗urta 
xizmatlari haqidagi ma‘lumotlarni veb-sahifada va jamoa tarmoqlariga 
joylashtiruvchi kompaniyalar soni o‗sib bormoqda, internet orqali 
xizmatlarni amalga oshiruvchi kompaniyalar soni ko‗paymoqda. Sug‗urta 
to‗lovlarini bajarish uchun ham bankka borish zarurati yo‗qolib bormoqda. 
Sug‗urta sub‘ektlari uchun internet yordamida yangiliklarni olish va 


65 
yuborish qulay bo‗lib qoldi. Quyida tadbirkorlar, xususan, sug‗urta 
kompaniyalari uchun internet imkoniyatlari sanab o‗tiladi: 
• ma‘lumotlarni topish, olish, saqlash va ular ustida ishlash; 
• yangiliklardan xabardor bo‗lish, yangi mijozlar va hamkorlarni 
topish;
• sug‗urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish imkoniyati kengligi; 
• marketing va bozor monitoringini amalga oshirish; 
• raqobatlarning ish faoliyatini nazorat qilish; 
• to‗lovlarni bajarish; 
• biznesni boshqarish;
• yangi g‗oyalar va loyihalar haqida ma‘lumot olish va biznesni 
rivojlantirish;
• tezkor aloqa qilish va murojaat etish. 
Ushbu imkoniyatlarga erishish uchun internet texnologiyalaridan 
unumli foydalanish zarur. Shu bilan birga, sug‗urta kompaniyasi va u 
ko‗rsatadigan sug‗urta xizmatlari haqidagi ma‘lumotni internetga 
joylashtirish va uni ommalashtirishni yo‗lga qo‗yish muhimdir. Biznesni 
boshqarish uchun mavjud bo‗lgan imkoniyatlardan foydalanish mumkin. 
Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‗rtasida 
axborot resurslaridan birgalikda foydalanish uchun yaratilgan edi. 
Keyinchalik ushbu imkoniyatdan olimlar va tadqiqotchilar foydalana
boshladi. Yildan-yilga uning imkoniyatlari oshib bordi, natijada uning 
foydalanuvchilari doirasi ham kengaydi. Bugun internet bir qator
imkoniyatlarga ega, aynan ushbu imkoniyatlar uning keng ommaga 
manzur bo‗lishi sababchisidir. Shuning uchun hozirgi kunda internet 
kattayu-kichikning eng yaqin do‗stiga aylandi. Umuman olganda, internet 
quyidagi imkoniyatlarga ega: 
• elektron pochta xizmati; 
• erkin muloqot qilish (chat, forum, videokonferensiya); 
• ma‘lumotlarni olish va tarqatish (veb-sahifalar, veb-bloglar, jamoa 
tarmoqlari, axborotnomalar, yangiliklar); 
• elektron tijorat.
Elektron pochta xizmati oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir 
elektron manzildan ikkinchisiga ma‘lumotlar jo‗natilishini hamda qabul 
qilinishini ta‘minlaydi. Elektron pochta yordamida xat, rasm, hujjat, 
jadvallar, audio va video-fayllarni yuborish va qabul qilish mumkin. Eng 
asosiysi, xat bir zumda o‗z manziliga yoki bir necha manzilga yetib boradi. 
Elektron xatni o‗qish uchun elektron pochta qutisini ochish zarur, bu 
maxsus pochta tarmog‗i yoki internet tarmog‗idagi elektron pochta 


66 
xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Internet foydalanuvchisi elektron 
manzil 
yordamida 
internetning 
turli 
xizmatlaridan 
foydalanish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Muloqot qilish – internet foydalanuvchilari o‗zaro muloqot qilishi 
uchun muhit yaratadi. Matn, ovoz va video aloqa yordamida muloqot 
qilish mumkin bo‗ladi. Forum va chatda klaviatura yordamida chop etish 
orqali muloqot qilish mumkin. Lync, Gmail, Mailagent, Skype, Viber 
kabilar orqali audio va video aloqalarni ham amalga oshirish mumkin. 
Telefonda muloqot qilinganda suhbatdoshni faqatgina eshitish mumkin. 
Video aloqa yordamida esa suhbatdoshni eshitish bilan birga, uni ko‗rish 
ham, ya‘ni suhbatdoshning mavzuga bo‗lgan munosabatini kuzatish 
mumkin, ayniqsa, sug‗urta faoliyatida bu texnologiya juda qo‗l keladi. Bir 
paytning o‗zida bir necha kishi bilan video aloqa o‗rnatish mumkin.
Ma‘lumotlarni tarqatish – internet imkoniyatlaridan biridir. Uning
yordami bilan yangiliklarni va axborotlarni keng doiraga qisqa vaqt ichida 
tarqatish mumkin. Bu axborot uzatishning eng tez va arzon usulidir. Bunda 
axborot 24 soat davomida mijozlar e‘tiborida bo‗ladi. Sug‗urta faoliyatiga 
oid ma‘lumotlarni veb-sahifalar, veb-bloglar, jamoa tarmoqlarida, axborot 
portallarida, axborotnomalar va tarqatmalar yordamida tarqatish mumkin. 
Kundan-kunga internet mijozlari soni o‗sishi uni eng unumli ommaviy 
axborot vositasiga aylantirmoqda. 
Elektron tijorat – bu internetda savdo-sotiqni amalga oshirishdir,
uning imkoniyatlari turli-tuman bo‗lib, internet orqali texnika, dori-
darmon, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish yoki xarid
qilish va xizmat ko‗rsatish mumkin, bu xizmat yordamida sifatli mahsulot 
sotish bilan birga, vaqt va mablag‗ni tejash mumkin. Ushbu usuldan 
korxonalar hamda jismoniy shaxslar foydalanmoqda, shuning uchun bu 
texnologiya tezda rivojlanmoqda. Ba‘zi korxonalar savdo-sotiqni faqat 
internet orqali amalga oshirmoqda. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə