O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Internetda axborot ta‟minoti va undan foydalanish tartibi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

6.2. Internetda axborot ta‟minoti va undan foydalanish tartibi 
 
Internet – bu global tarmoqdir, uni butun jahon o‗rgimchak to‗ri
(World Wide Web) deb ham atash mumkin. Bu tarmoq millionlab 
kompyuterlar (veb-serverlar) to‗ridan tashkil topadi. Ular o‗zaro telefon
tarmog‗i, kabellar va sun‘iy yo‗ldoshli tarmoqlar orqali bog‗lanadi. 
Axborotlar ushbu kompyuterlarda joylashgan bo‗lib, ular jahon yagona 
axborot olamini yaratadi, ushbu axborot olami tarmoqdagi barcha 
kompyuterlar uchun ochiq bo‗ladi. Axborotlar giper matnli hujjatlardan 


67 
tashkil topgan bo‗lib, ular veb-sahifalar deb ataladi. Veb-sahifalarda turli 
ma‘lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjatlar jadval, diagrammalar, rasm, 
audio, video-lavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va 
boshqalardan iborat bo‗ladi. Umuman olganda, internetda turli axborotlar 
mavjud, biroq hamma axborot ham barcha foydalanuvchilar uchun ochiq 
bo‗lmaydi. Ba‘zi axborotlar yopiq bo‗ladi va ulardan cheklangan 
foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo‗ladi. Bu ruxsat yoki parol orqali 
amalga oshiriladi. Masalan: 
korxonaning strategik faoliyatiga doir axborotlar faqat korxona 
xodimlariga ochiq, umumiy ma‘lumotlar esa barchaga ochiq bo‗lishi 
mumkin; 
elektron kutubxonaning ba‘zi ma‘lumotlari pulli bo‗lishi mumkin va 
ular to‗lov amalga oshirilgandan so‗ng ochiladi. Internet yordamida zarur 
axborotlarni qidirish, uzatish va almashish juda oddiy va qulaydir. Shu 
bilan birga, ulardan muloqot qilishda va muhokamalarda ishtirok etishda 
ham foydalanish mumkin. Sahifadan sahifaga o‗tib, zarur axborotlarni 
o‗qib bilim olishda, vaqtning qanchalik tez o‗tganini sezmay qolish 
mumkin. Agar internetda ishlash malakasi bo‗lsa, internet bo‗ylab sayohat 
katta huzur bag‗ishlaydi. Shu bilan birga, internet tarmog‗ida juda katta 
hajmdagi axborot olamida osongina adashib qolish ham mumkin, chunki 
internetdagi axborotlar hajmi kundan-kunga o‗sib bormoqda. Ma‘lumotlar 
oddiy kutubxonadagi kabi kitob va jurnallarda, kitob va jurnallar esa 
javonlarda joylashadi. Bunda kitob va jurnal vazifasini fayllar bajaradi. 
Axborot xavfsizligi quyidagilar bilan belgilanadi: 
• Maxfiyligi (konfidensialligi) – axborotdan foydalanish imkoniyati 
faqatgina vakolatga ega bo‗lganlar uchun ochiq bo‗ladi. 
• Axborot butunligi bu axborotning to‗g‗riligini, to‗liqligini va uni 
qayta ishlash usullari bilan ta‘minlanganligini ifodalaydi. 
• Axborotdan foydalanish imkoniyati – axborotdan foydalanish 
imkoniyatining zarur hollarda vakolatga ega bo‗lgan foydalanuvchilar 
uchun berilishidir. Axborotning xavfsizligi texnik tomondan axborot oqimi 
xavfi, ataylab axborotlarga va tizimga zarar ko‗rsatuvchi harakatlar
yo‗qligi bilan aniqlanadi. Bunda zarar ataylab ichki va tashqi tomondan 
ko‗rsatilishi mumkin. Masalan, axborot tizimi mukammal bo‗lmasa, u 
axborot oqimi yaratilishiga sabab bo‗ladi yoki kompaniya xodimlari ham 
zarar ko‗rsatishdan istisno emasligi hisobga olinadi. Shuning uchun 
axborot tizimi mukammalligi ta‘minlanishiga jiddiy e‘tibor qaratiladi. 
AKT xavfsizligi ingliz tilida ―IT security‖ bo‗lib, bu axborotning
himoyalanganlik holatini, u qayta ishlanayotgan axborotning xavfsizligini 


68 
va tatbiq etilgan axborot tizimi xavfsizligini ta‘minlaydi. Masalan, 
kompaniya shartnomalari bazasi - bu axborot bo‗lib, shartnomalar 
ishlanayotgan tizim axborot tizimi hisoblanadi. Bunda xavfsizlik axborot 
va tizim xavfsizligi ta‘minlangandagina amalga oshiriladi.
Axborot tizimi xavfsizligi – bu axborot tizimining himoyalanganlik 
holati bo‗lib, unda axborot resurslarining maxfiyligi, ochiqligi, butunligi 
va aslligi ta‘minlanadi. Masalan, kompaniya ma‘muriy va moliyaviy tizimi 
yoki kompaniya hamkorlari hamda xaridorlari axborot tizimining 
xavfsizligi. Axborot xavfsizligi – bu axborotning va uni qo‗llab-
quvvatlovchi tizimning axborot munosabatlari sub‘ektlariga nojo‗ya zarar 
ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan tasodifiy yoki ataylab, tabiiy va sun‘iy ta‘sir 
hamda harakatlaridan himoyalanganligidir. Masalan, kompaniya mijozlari 
tomonidan axborot tizimiga zarar yetkazilishi mumkin, ya‘ni kompaniyaga 
zarar 
yetkazish 
maqsadida 
axborotlar 
o‗chirilishi 
yoki 
sug‗urtalanuvchilarga 
ziyon 
yetkazish 
maqsadida 
ma‘lumotlar 
o‗g‗irlanishi mumkin. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə