O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Axborot risklarini sug„urtalashning muhimligi va amalga



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

 
7.2. Axborot risklarini sug„urtalashning muhimligi va amalga 
oshirish bosqichlari 
 
Tadbirkorlik faoliyatida axborot risklarini ikki katta guruhga ajratish 
mumkin: 
1. Axborotning xodimlar yoki raqobatchilar tomonidan xufyona 
o‗g‗irlanishi. 
2. Axborot uzatish kanallaridagi texnik nosozlik natijasida axborot 
yo‗qotilishi.
Keng ko‗lamda tahlil qilinganda esa axborot risklari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin:


75 
- viruslar ta‘siri;
- kompyuter hujumlari, ya‘ni xakkerlar va shunga o‗xshash tashqi 
muhitdan ma‘lum bir manfaatni ko‗zlagan holda xatti-harakatlarni amalga 
oshiruvchi g‗arazli shaxslarning ta‘siri;
- korxona xodimlarining nojo‗ya xatti-harakatlari oqibatida 
yetkazilayotgan zararlar;
- korxona sirlari va maxfiy ma‘lumotlarni o‗g‗irlash natijasida 
yetkazilayotgan ziyonlar;
- axborot texnik vositalari va tizimlarini o‗rnatish, yaratish va 
ishlatishda 
yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolar oqibatida 
yetkazilayotgan ziyonlar;
- turli xil axborot dasturlarining ishdan chiqishi oqibatida 
yetkazilayotgan zararlar va hokazo.
Mamlakatimizda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasining keskin sur‘atlar bilan rivojlanib borishi o‗z navbatida axborot 
xavfsizligini ta‘minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berilishini talab 
etmoqda. Shu sababdan axborot xavfsizligini ta‘minlash borasida sohada 
chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning izchil amalga oshirilishi 
ta‘minlanmoqda. Xususan, mamlakatda axborot xavfsizligini ta‘minlash 
usullari bo‗yicha 2 ta milliy standartlar ishlab chiqildi va joriy etildi. 
Ushbu standartlar turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlarda axborot 
xavfsizligini boshqarish hamda nazorat qilish talablarini belgilaydi. 
Axborot risklarini sug‗urta qilish bo‗yicha quyidagi me‘yoriy hujjatlar 
ishlab chiqilgan: 
1. Axborot xavflarini sug‗urta qilish qoidalari. Qoidalar sug‗urta 
qilish tartibi va shartlarini belgilaydi. 
2. Axborot tizimlari qiymatini hisoblash uslubiyoti. Unda axborot 
resurslarining yo‗q bo‗lib ketish holatida uni qayta tiklashga ketadigan 
qiymatning hisobi keltiriladi. 
3. Zararni baholash va sug‗urta qoplamasi summasini belgilash 
uslubiyoti. Unda xavflar, ya‘ni risklarni aniqlash, zarar va tahdidni 
baholash, shuningdek, axborot xavflarini sug‗urta qilishda mumkin 
bo‗lgan zararni aniqlash hamda yetkazilgan zarar bo‗yicha to‗lanadigan 
sug‗urta qoplamasi miqdorini aniqlash ko‗zda tutiladi. 
4. Axborot tizimlari xavfsizligi ekspertizasi (audit)ni o‗tkazish 
bo‗yicha yo‗riqnoma. Ushbu yo‗riqnoma tarmoqda axborot himoyasi 
bo‗yicha mavjud kamchiliklarni aniqlash va axborotning yo‗qolishi bilan 
bog‗liq hodisani tekshirishga mo‗ljallangan axborot tizimlari ekspertizasini 
o‗tkazish tartibini belgilaydi. 


76 
Me‘yoriy hujjatlarga muvofiq axborot risklarini sug‗urta qilish 
borasida yaratilgan mexanizm quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1-bosqich. 
Sug‗urta kompaniyasi tomonidan korxona va 
tashkilotlarda axborot xavfsizligiga mas‘ul xodimlar ishtirokida ariza-
so‗rovnomalar to‗ldiriladi. Bu ariza-so‗rovnoma sug‗urta shartnomasini 
tuzish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi, unda qayd etilgan ma‘lumotlar 
xavfni baholashda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki olingan 
ma‘lumotlar asosida sug‗urtalovchi xavflarni sug‗urtaga qabul qilish yoki 
qilmaslik to‗g‗risida qaror qabul qiladi. 
So‗ngra tegishli ekspertlar tomonidan ―Axborot tizimlari xavfsizligi 
ekspertizasi 
(audit)ni 
o‗tkazish 
yo‗riqnoma‖si 
asosida 
sug‗urtalanuvchining axborot tizimlari xavfsizligi darajasi bo‗yicha 
ekspertiza o‗tkaziladi va uning natijalari bo‗yicha hisobot taqdim etiladi. 
Mazkur hisobot asosida sug‗urtalovchi keyingi bosqich, ya‘ni sug‗urta 
shartlarini ishlab chiqish bosqichiga o‗tiladi. 
2-bosqich. Sug‗urta shartlarini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda 
birinchi navbatda sug‗urtalanuvchi bilan kelishgan holda sug‗urtalanishi 
lozim bo‗lgan xavflar ro‗yxati aniqlanadi. Bu ro‗yxatga quyidagi elektron 
shakldagi axborotni yo‗qotish, yo‗q qilish yoki shikastlash, qimmatbaho 
qog‗ozlar yoki pul mablag‗larini yo‗qotish bilan bog‗liq xavflar kiritilishi 
mumkin: 
- axborot tizimlarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, yaratish, 
installyasiya 
qilish, 
konfiguratsiyalash, 
xizmat 
ko‗rsatish yoki 
foydalanishda yo‗l qo‗yilgan xatoliklar oqibatida ularning buzilishi yoki 
ishdan chiqishi; 
- sug‗urtalanuvchiga zarar yetkazish yoki noqonuniy moliyaviy 
foyda olish maqsadida sug‗urta kompaniyasi xodimlari tomonidan 
mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar bilan til biriktirgan holda 
qasddan sodir etilgan g‗ayriqonuniy xatti-harakatlar; 
- uchinchi shaxslar tomonidan sug‗urtalanuvchiga qarshi kompyuter 
hujumlari va ular tomonidan sug‗urtalanuvchining elektron ma‘lumotlarini 
ruxsatsiz o‗zgartirish, nusxa olish, shikastlanish, yo‗q qilish, uning axborot 
tizimlarini vaqtincha yoki butunlay ishdan chiqarishga qaratilgan qasddan 
sodir etilgan g‗ayriqonuniy xatti-harakatlar; 
- kompyuter viruslari – mustaqil ravishda yoki ular aktivatsiya 
qilinganda axborot tizimlari va tarmoqlarida o‗z-o‗zidan qayta 
yaratiladigan va tarqaladigan zararli kompyuter kodi yoki elektron 
yo‗riqnomalar fragmentlari ta‘siri; 
- axborot tizimiga uchinchi shaxslar tomonidan, jumladan: 


77 
a) sug‗urtalanuvchining axborot tizimlariga tovlamachi elektron 
komandalarining kiritilishi; 
b) sug‗urtalanuvchiga tegishli kompyuter kodining (dasturlarini) 
ruxsatsiz modifikatsiyalanishi; 
c) go‗yoki sug‗urtalanuvchi nomidan ketayotgan soxtalashtirilgan 
elektron topshiriqni sug‗urtalanuvchi banki yoki depozitariysiga yuborish 
yo‗li bilan ruxsatsiz kirishi natijasida elektron ko‗rinishdagi pul 
mablag‗lari va qimmatbaho qog‗ozlarning o‗g‗irlanishi. 
Navbatdagi harakat sug‗urta ob‘ektlari va ular bo‗yicha sug‗urta 
summalarini aniqlash hisoblanadi. Axborot hujjatlashtirilgan, o‗z 
mablag‗lari hisobiga yaratilgan yoki qonuniy asosda sotib olingan bo‗lsa, 
mulk sifatida o‗z egasiga tegishli hisoblanadi. Shu sababdan O‗zbekiston 
Respublikasi qonunchiligida mulk sug‗urtasiga oid ko‗zda tutilgan barcha 
qoidalar mazkur sug‗urta turiga ham qo‗llaniladi.
Sug‗urta ob‘ektlari sifatida quyidagilar ko‗riladi: 
- axborot resurslari – istalgan elektron ko‗rinishdagi axborot 
(ma‘lumotlar bazasi, elektron kutubxona, istalgan turdagi texnik 
tashuvchilarda elektron shakldagi arxivlar), ishlab chiqishda yoki 
foydalanishda bo‗lgan dasturiy vositalar va komplekslar; 
- moliyaviy aktivlar – elektron shakldagi hisoblarda yozuv 
ko‗rinishidagi pul mablag‗lari (mijoz-bank tizimlari), elektron 
ko‗rinishdagi qimmatbaho qog‗ozlar. 
Sug‗urta himoyasiga qo‗shimcha sifatida quyidagi sug‗urta hodisalari 
ro‗y berishi bilan bog‗liq bilvosita zarar va ko‗zda tutilmagan xarajatlarni 
sug‗urtalash mumkin: 
- sug‗urta hodisasi ro‗y berganda tijorat faoliyatini vaqtincha 
to‗xtatish bilan bog‗liq zararlar – bu turg‗unlik davrida olinmay qolgan 
daromad, biznesni qo‗llab-quvvatlash uchun qilingan joriy xarajatlar, ya‘ni 
xodimlar ish haqini to‗lash, majburiy to‗lovlar va ishlab chiqarish 
ob‘ektiga bog‗liq bo‗lmagan to‗lovlar; 
- biznesni tezlik bilan tiklash bo‗yicha qo‗shimcha xarajatlar: 
a) uskunalarni vaqtincha ijaraga olish; 
b) begona tashkilotlar protsessing xizmatlaridan foydalanish; 
c) uskuna va dasturiy ta‘minotni tezkor almashtirish bo‗yicha 
harajatlar; 
d) sug‗urta hodisasi holatlarini tekshirish xarajatlari; 
e) sug‗urta qildiruvchi obro‗sini himoya qilish bo‗yicha xarajatlar. 


78 
Sug‗urta ob‘ektlari bo‗yicha sug‗urta summalari (javobgarlik 
miqdorlari) ―Axborot tizimlari qiymatini hisoblash uslubiyoti‖ga muvofiq 
axborot tizimlarining qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. 
So‗ngra sug‗urtalovchi sug‗urta tariflarini ishlab chiqishga kirishadi. 
Sug‗urta tarifi sug‗urta shartnomasiga muvofiq sug‗urtalanuvchi 
tomonidan sug‗urtalovchiga to‗lanadigan sug‗urta mukofoti stavkasini 
ifodalaydi. Sug‗urta tarifi har bir xavf bo‗yicha alohida belgilanadi. Uning 
miqdori sug‗urtalanuvchining axborot tizimining xavfsizligi darajasiga va 
axborot tizimining axborot xavfsizligi bo‗yicha o‗tkazilgan ekspertiza 
tahlillariga asosan aniqlanadigan xavf darajalariga bevosita bog‗lanadi.
3-bosqich. Sug‗urta shartnomasini tuzish. Sug‗urta shartlari 
kelishilgach, sug‗urtalanuvchi va sug‗urtalovchi o‗rtasida sug‗urta 
shartnomasi tuziladi. Sug‗urta shartnomasi shartlari ―Axborot xavflarini 
sug‗urta qilish qoidalari‖ bilan belgilanadi. Sug‗urta shartnomasi bo‗yicha 
sug‗urta mukofoti to‗langandan so‗ng sug‗urtalovchi sug‗urtalanuvchiga 
sug‗urta javobgarligining kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‗urta polisini 
taqdim etadi. 
4-bosqich. Sug‗urta hodisalarini ko‗rib chiqish va sug‗urta 
qoplamasini to‗lash. Sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan vaqtda ekspert 
tashkilot jalb etiladi. Ular o‗z navbatida ―Zararni baholash va sug‗urta 
qoplamasi summasini belgilash uslubiyoti‖ asosida axborot tahdidlarining 
oqibatlarini o‗rganib chiqadi hamda yetkazilgan zararni aniqlaydi. 
Aniqlangan zarar sug‗urta shartnomasida belgilangan sug‗urta summasi 
doirasida sug‗urta kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi. 


79 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə