O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-MAVZU. SUG„URTA KOMPANIYALARI FAOLIYATIDA



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

8-MAVZU. SUG„URTA KOMPANIYALARI FAOLIYATIDA 
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO„LLASH 
BO„YICHA XORIJ TAJRIBASI 
8.1. Xorij amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo„llashning o„ziga xos xususiyatlari 
 
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida sug‗urta 
faoliyatining iqtisodiyotdagi o‗rni yanada muhim ahamiyatga ega bo‗lib 
bormoqda. Buni ro‗yobga chiqarishning asosiy vositasi faoliyatga 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdan iborat 
bo‗ladi. Aynan ishonchli va dolzarb axborotlarga ega bo‗lish, uni to‗plash, 
qayta shakllantirish va ulardan samarali foydalanish har qanday korxona, 
tashkilot, muassasalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining asosi 
bo‗lib xizmat qiladi. Demak, sug‗urta bozorining istiqboldagi 
rivojlanishi va ijobiy dinamikasi ko‗p jihatdan sug‗urta biznesini 
yuritishda AKTdan foydalanishni takomillashtirilishga bog‗liq bo‗ladi. 
Masalaning 
bunday qo‗yilishi, ya‘ni sug‗urta biznesini 
boshqarishda AKTdan foydalanishni takomillashtirish zarurligi, 
iqtisodiyotning asosiy uslubiyot tamoyillari va amaliy yo‗nalishlari 
axborot tizimlariga bog‗liqligini ko‗zda tutadi. Shuning uchun, sug‗urta 
biznesida axborot mahsulotlari tushunchasi va xususiyatlari mazkur 
sohani axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Sug‗urta kompaniyasi faoliyatida asosiy jarayon va funksiyalarni 
avtomatlashtirish nafaqat xodimning mehnat unumdorligini oshirishi, 
balki malakali mutaxassislarning asosiy vazifalari bilan ko‗proq 
shug‗ullanishiga, biznesning keyingi rivojlanishi yo‗lida marketing 
vositalarini har tomonlama joriy qilib borishiga ham zaruriy shart-
sharoitlarni yaratadi. Sug‗urtalovchi va sug‗urta qildiruvchi o‗rtasidagi
ug‗urta shartnomasini tuzish yo‗li bilan rasmiylashtirilib, shartnomalar 
tuzishning asosiy sharti, tomonlarning risklarni sug‗urtalash bo‗yicha 
moliyaviy shartlar haqidagi kelishuvga erishishi hisoblanadi. Sug‗urtaning 
moliyaviy parametrlariga sug‗urta mukofotlari, sug‗urta tarifi, sug‗urta 
summasi, franshiza va shu kabi tushunchalarni kiritish mumkin. Bu 
tushunchalar ayni paytda, sug‗urta faoliyati axborot tizimini uslubiy 
jihatdan ishlab chiqishda asos bo‗ladi.
 
Umumiy holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali 
joriy etish jahon amaliyotidan kelib chiqib, hozirgi kunda sug‗urta 


80 
biznesini zamonaviy usulda axborotlashtirishni quyidagi ko‗rinishda 
shakllantirishi mumkin: 
- asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun axborot tizimi 
majmuasini (ERP - tizimlar) joriy qilish; 
- mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni boshqarish tizimlarini joriy 
qilish (SRM - tizimlar va Business Intelligence); 
- internet-sug‗urta. 
Sug‗urta qiluvchilar o‗rtasida polislarni ro‗yxatga olish, sug‗urtalash 
va qayta sug‗urtalash shartnomalarini yuritish, brokerlik va agentlik 
shartnomalarini yuritish, buxgalterlik va xodimlar ro‗yxati funksiyalari 
kabi sug‗urta faoliyatining to‗liq to‗plamini o‗z ichiga oluvchi ERP - 
tizimlar zamon talablaridan kelib chiqqan holda qo‗llanilmoqda. ERP - 
tizimlari har qanday sug‗urta kompaniyasining sug‗urta shartnomalari, 
risklar, mukofotlar, to‗lovlar hamda kelgusida kompaniyaning statistik va 
iqtisodiy hisob-kitoblari uchun zarur bo‗lgan boshqa axborotlar haqidagi 
boshlang‗ich ma‘lumotlarni to‗plab borish maqsadida keng joriy qilinadi. 
Bu tizim ma‘lumotnoma, klassifikatorlarni tuzish, sug‗urta 
shartnomasi va polislarini yuritish, qayta sug‗urtalash shartnomalarini 
yuritish, shartnomalarning asosiy ko‗rsatkichlarini kiritish yoki hisob-kitob 
qilish, barcha shartnomalar bo‗yicha hisob-kitoblarni avtomatlashtirish 
funksiyalarini tarkib toptirish va buxgalterlik, sug‗urta hamda qayta 
sug‗urtalash bloklari o‗rtasida ikki tomonlama axborot ayirboshlash 
tizimlari mavjudligini e‘tiborga oladi. 
Mijozlarga xizmatlarni AKT orqali sotishga imkon beruvchi 
telemarketing (telefon orqali savdo) ham ERP-tizimlariga taalluqli bo‗lib, 
call-center zamonaviy texnologiyalari sug‗urta qiluvchilarga barcha 
mijozlar bilan xabarlashib chiqish jarayonidagi inson resurslarining 
yetishmasligi muammolaridan xalos qiladi, chunki bu texnologiyada 
barcha ishlar avtomat tarzda amalga oshiriladi. Sug‗urta kompaniyalari 
sug‗urta mahsulotlarini sotib olish vaqtini qisqartirish uchun sug‗urta 
mukofotlarini hisob-kitob qilish va polislardan ko‗chirma qilish 
jarayonlarini avtomatlashtiruvchi modullashgan hisob-kitob dasturlaridan 
foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Sug‗urta xizmatlari iste‘molchilariga xizmat ko‗rsatish sohasida 
aynan zamonaviy AKTlarning joriy qilinishi raqobatchilar bilan kurashda 
qo‗shimcha ustunliklarni beradi. SRM-strategiyalari mijozlarga xizmat 
ko‗rsatish, savdo va marketing sohasidagi biznes jarayonlarni 
avtomatlashtirish hamda takomillashtirishga imkon beruvchi maxsus 
texnologiyalar va dasturiy ta‘minot to‗plami yordamida amalga oshiriladi. 


81 
Bu esa kompaniyalarga, xizmatlar buyurtmachilariga eng maqbul vaqt 
mobaynida, eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvchi takliflar 
kiritish imkoniyatini yaratadi. 
CRM-tizimlarining asosiy ustuvorliklaridan biri, ma‘lum bir sug‗urta 
kompaniyasi va uning xizmatlarini sifatli yo‗lga qo‗yish rejalarini ishlab 
chiqishda samarali yondashuvlarni shakllantirish va mijozlarni jalb 
qilishdan iboratdir. Rossiya statistikasiga ko‗ra, jalb qilingan va ushlab 
qolingan mijozlar sonini besh foizga o‗sishi istiqbolda foydani 84 foizga 
o‗sishiga olib kelgan. 
Xalqaro sug‗urta bozorida ko‗plab sug‗urta axborot tizimlari 
mahsulotlari taklif qilinib, ularni qisqacha tahlil qilib chiqamiz. 
Rossiyaning sug‗urta sohasi uchun axborot tizimlarini yetkazib 
beruvchi yetakchi TopFinSystems (TFS) kompaniyasining mahsulotlari 
tarkiblashtirilgan majmuaviy mahsulotlarni taqdim etadi: 
– xodimlari soni 100-140 mutaxassisdan iborat kichik va dinamik 
rivojlanib borayotgan kompaniyalar sotib olishi va joriy qilishlari 
maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar: 
– sotish bilan shug‗ullanuvchi bo‗linmalarning samarali ishlashi, 
shuningdek, sug‗urta faoliyatining asosiy biznes jarayonlarini amalga 
oshirish bilan shug‗ullanuvchi bo‗linmalar uchun zarur bo‗lgan to‗liq 
funksionalli ―Galaktika-straxovanie‖ ro‗yxatga olish tizimi; 
– buxgalteriya va moliyaviy ro‗yxatga olish masalalarini yechish, 
shuningdek, 
xodimlarni 
boshqarish 
uchun 
―Galaktika-Progress‖ 
tarkibidagi maxsus ―Galatika ERR‖ tizimi. 
Xodimlari soni 200-300 mutaxassislardan iborat bo‗lgan yetarli 
darajada mijozlarga ega o‗rta hajmdagi kompaniyalar sotib olishlari va 
joriy qilishlari maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar: 
– kompaniya tarkibidagi barcha bo‗linmalar samarali ishlashini 
ta‘minlash uchun to‗liq modullar to‗plamiga ega to‗liq funksionalli 
―Galaktika-straxovanie‖ ro‗yxatga olish tizimi; 
– to‗liq modullar to‗plami va kompaniyaning bek-ofis bo‗linmalarini 
samarali ishlashini ta‘minlovchi litsenziyalarga ega ―Galatika ERR‖ 
tizimi; 
– ―Galaktika-straxovanie‖ tizimiga birlashtiriladigan mijozlar bilan 
samarali o‗zaro hamkorlikni ta‘minlash uchun CRM – tizimi
31

Turli iqtisodiy tarmoqlar uchun 20 dan ortiq turdagi SRM-tizimlarni
taklif qiluvchi Rossiyaning Siebel Systems kompaniyasining SRM 
31
raexpert.ru ma‘lumotlari 


82 
tizimlari jahon bozorida yetakchi o‗rinlarni egallagan bo‗lib, sug‗urta 
sohasi uchun ishlab chiqilgan ―Siebel e-Insurance‖ axborot tizimi o‗zida 
sug‗urta kompaniyasining asosiy funksional bo‗linmalari ishini 
bosqichma-bosqich avtomatlashtirishga imkon beruvchi modullashgan 
tizimni ifoda qiladi. Sug‗urta mahsulotlari sotuvini boshqarish, (Siebel e-
Insurance Sales), anderrayting va sug‗urta shartnomalarini boshqarish 
(Personal Lines Policies; Life and Annuities Policies), shartnomalarga 
xizmat ko‗rsatish va sug‗urta qoplamalarini (zararlarni) tartibga solish 
(Siebel Service), tibbiy sug‗urta (Siebel e-Healthcare) va boshqalar ―Siebel 
e-Insurance‖ning 
asosiy 
modullari 
hisoblanadi. 
Bunday 
tizimlar 
kompaniyaga bo‗limlar darajasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini 
bosqichma-bosqich joriy qilib borish imkonini yaratadi
32
.
Sug‗urta kompaniyalari va banklar uchun dasturiy ta‘minot yetkazib 
beruvchi Avstriyaning mashhur FirstlnEx Internet Services AG 
kompaniyasining Connect Insurance axborot tizimi mijozlarga xizmat 
ko‗rsatish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu tizim sug‗urta 
kompaniyasiga ―timeto market‖ – yangi sug‗urta mahsuloti to‗g‗risidagi 
g‗oyani paydo bo‗lishidan boshlab, to uni bozorga olib chiqishgacha 
bo‗lgan tamoyilli jarayonlar bo‗yicha va kompaniyadagi mavjud AT 
tuzilishini 
o‗zgartirmasdan 
turib 
mahsulotlar 
sotish 
tizimini 
modernizatsiya qilish imkonini beradi. 
AQSHda barcha moliyaviy internet-xizmatlarda bo‗lgani kabi 
internet-sug‗urta bozori ham birinchi bo‗lib yo‗lga qo‗yildi. Hozirgi kunda 
internetda o‗z vakolatxonalarini ochgan ko‗plab amerika sug‗urta 
kompaniyalari sug‗urta polislarini sotib olish va xizmat ko‗rsatish uchun 
zarur bo‗lgan barcha xizmatlarni ko‗rsatadi. Mijoz internetda on-layn 
maslahat, yoritib berilgan xizmatlar turidan kelib chiqqan holda sug‗urta 
mahsulotlarini tanlashi mumkin. Shundan so‗ng sug‗urta mukofotlarini 
hisoblash va sug‗urta shartnomasini tuzish uchun veb-shakllarni to‗ldirish 
zarur bo‗ladi. 
Amerika sug‗urta bozorida sug‗urta portallari o‗ziga xos ahamiyatga 
ega bo‗lib, odatda tarmoq ma‘lumot resurslari yirik sug‗urta kompaniyalari 
axborotlarini 
taqdim 
etadi. 
Tashrif 
buyuruvchilar 
internet-portal 
saytlaridan sug‗urta kompaniyasining individual sayti kabi bevosita 
internet orqali sug‗urta polislarini sotib olishlari mumkin. AQSHda yuzlab 
sug‗urta portallari mavjud bo‗lib, har birida 20-40 sug‗urta kompaniyalari 
ishtirok etadi. Har oyda sug‗urta portallariga 150-200 milliondan ortiq 
32
raexpert.ru ma‘lumotlari 


83 
tashriflar bo‗lib, ma‘lumotlar bazasida 700 mln.dan ortiq 
foydalanuvchilar bor. Shu bilan birga individual tarzda internet-sug‗urta 
xizmatlarini ko‗rsatuvchi sug‗urta kompaniyalari ham samarali faoliyat 
olib boradi. 
Sug‗urta kompaniyalari BI mahsulotidan foydalanishlari bilan 
sug‗urta biznesini yuritishda manfaatli mijozlarni saralab olish, o‗zaro 
samarali hamkorlikning barcha bo‗g‗inlarida qanday mijozlarning 
ustuvorligi, mijozlarni segmentlashtirish, yo‗qotishlarni tahlil qilish, mos 
kelishlikni tahlil qilish, maqsadli marketingdan foydalanish, kompaniya 
faoliyatini tahlil qilish kabi bir qator imkoniyatlarga ega bo‗ladi. 
Bulardan tashqari, respublikada sug‗urta bozori rivojlanishi 
xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan quyidagi tahliliy ishlarni olib 
borishda foydalanish maqsadga muvofiq: 
– fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urtalash holatini tahlil qilish; 
– majburiy va ixtiyoriy sug‗urtalash munosabatlari monitoringini olib 
borish. 
O‗zbekiston sug‗urta axborot tizimlari bozorida mahalliy ishlab 
chiqaruvchilardan bank tizimiga integrallashgan axborot tizimlarini 
muvaffaqiyatli joriy qilgan ―Fido-Biznes‖ MCHJ va Rossiyaning ―1C‖ 
kompaniyasi mahsulotlari muvaffaqiyatlarga erishib bormoqda. Sug‗urta 
kompaniyalarining internet-sug‗urta xizmatini yo‗lga qo‗yishlari dastlabki 
bosqichda bo‗lib, internet-portaldan faqat axborot-reklama sifatida 
foydalanilmoqda. 
Respublikada sug‗urta sohasida barcha faoliyatni qamrab oluvchi 
AKT ishlanmalari kam va ular asosan kichik kompaniyalarda joriy 
qilingan bo‗lib, respublikadagi mavjud mahalliy firmalar tomonidan ishlab 
chiqilgan sug‗urta AKT tizimlari yirik kompaniyalarning talablarini 
qondira olmaydi. Shu bilan birga, sug‗urta kompaniyalari faoliyatiga joriy 
qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sug‗urta faoliyatini to‗la 
qamrab olish darajasida emas, balki faoliyatning ma‘lum bir funksiyalarini 
amalga oshirishga yo‗naltirilgan. Masalan, ―Kapital Sug‗urta‖ AJ 
faoliyatiga 
qo‗llanilayotgan 
sug‗urta 
ma‘lumotlari 
majmuasini 
axborotlashtirish amaliyoti bilan tanishish shuni ko‗rsatdiki, bu 
kompaniyada 
hozirgi 
kunda, 
sug‗urta 
sub‘ektlarining 
o‗zaro 
majburiyatlari, ya‘ni sug‗urtalanuvchining ushbu majburiyatlar bilan 
bog‗liq ma‘lumotlarigina axborot tizimi asosini tashkil etadi. Buning 
barchasi, axborot tizimlari va texnologiyalari sug‗urta sohasiga to‗laqonli 
tatbiq etilmaganligidan darak beradi. Ayni paytda, sug‗urta qiluvchining 


84 
faoliyatini 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
yordamida 
takomillashtirish masalasi qo‗yilmagan. 
Shu bilan birga, sug‗urta sohasidagi mavjud AKT bozorida mahalliy 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mukammal mahsulotlar 
hozirga qadar taklif etilmagan. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari juda 
katta risklar bilan bog‗liq bo‗lgan imkoniyati chegaralangan xususiy 
yechimlarni 
ishlab chiqqan holda 
axborot 
tizimlarini 
mustaqil 
rivojlantirishda davom etmoqdalar. Shularni e‘tiborga olgan holda yaqin 
kelajakda xorijiy mahsulotlarga bo‗lgan talab oshib ketishini bashorat 
qilish mumkin.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə