Muloqot va axborot ayirboshlash



Yüklə 7,68 Mb.
səhifə1/10
tarix29.11.2023
ölçüsü7,68 Mb.
#138741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PPS 134 GURUH TALABASI ATAKULOVA GAVHAR MUSURMONOVNANING MULOQOT PSIXOLOGIYASI


PPS 134 GURUH TALABASI ATAKULOVA GAVHAR MUSURMONOVNANING MULOQOT PSIXOLOGIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Muloqot va axborot ayirboshlash


Fan: Introduction to Communication (in Uzbek) / Muloqotga kirish (o‘zbek tilida) Fan o‘qituvchisi: PhD, dots. v.b. T.I.Sultanov

O‘YNAB GAPIRSANG HAM, O‘YLAB GAPIR


Ibratli hikoya
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.

Muloqot

Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “Shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”.

Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.


Muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.

Yüklə 7,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə