Muloqot va axborot ayirboshlash


Noverbal muloqot turlari – 1



Yüklə 7,68 Mb.
səhifə6/10
tarix29.11.2023
ölçüsü7,68 Mb.
#138741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PPS 134 GURUH TALABASI ATAKULOVA GAVHAR MUSURMONOVNANING MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Noverbal muloqot turlari – 1


Noverbal muloqotning besh xil shaki mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika, vizual muloqot va takesika.
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan iborat. 
Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgi, nutq jadalligini kiritish.

Noverbal muloqot turlari – 2


Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E.Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Takesika jismoniy muloqot. Masalan, silab qo‘yish, urib-urib qo‘yish, qo‘l berib ko‘rishish, itarib yuborish, o‘pishish.

MULOQOT va KOMMUNIKATSIYA


Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim.
Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning kuzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi.
Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi.

Yüklə 7,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə