O'qituvchi dars chog'ida halokatga uchragan kema haqida o'quvchilarga so'zlab berdi



Yüklə 14,74 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü14,74 Kb.
#150083
IK Akademik yozuv matn


Ona mehri

O'qituvchi dars chog'ida halokatga uchragan kema haqida o'quvchilarga so'zlab berdi.

Kemada er-xotin ham bor ekan. Ular qutqaruv kemasigacha suzib borishdi.

Birgina joy bor ekan.

Erxotinini itarib yubordi. Shunda cho'kayotgan ayol eriga nima dedi? Qani kim aytadi?

Ko'pchilik bir ovozdan «Sendan nafratlanaman», yoki, «Ko'zim ko'r bo'lgan ekan» degan so'zni aytgan — dedi.

Shu payt o'qituvchining ko'zi jimgina o'tirgan bolaga tushdi.

— Nima deb o'ylaysan, ayol eriga nima degan?

— Bolamizni ehtiyot qiling — degan.

— Sen bu voqeani bilasanmi?-


hayratlanib so'radi o'qituvchi.

— Yo'q, meni oyim ham o'limi oldidan dadamga shunday degan — dedi.

O'qituvchi ko'ziga qalqib kelgan yoshni ko'rsatmaslik uchun chetga burildi...


Yaxshi amalning Mukofoti
Go'sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so'ng muzlatgichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatkichni ichida qolib ketdi.

Ayol ovozi boricha baqirib yordam so'radi.

Muzlatkich eshigini tepdi, yig'ladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi.

Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo'lishgan edi.

Oradan bir ikki soat o'tgandan keyin muzlatkich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi.
Ayol hayron bo'lib qorovuldan so'radi:
— Siz meni muzlatgichga qamalib qolganimni qaerdan bildingiz?
Axir sex ichini tekshirish sizni vazifangizga kirmaydiku?

— Men o'ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman.


Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib ularni kelib ketishini kuzatishimni sezishmaydi.

Guyoki men yo'qdek odamman ularga...

Ammo siz har kuni ertalab men bilan salomlashib kechki mahal xayrlashib ketasiz.
Birgina sizni shu ko'ngil uchun hol axvol so'raganingiz uchun men o'zim inson ekanimni his qilaman.

Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so'ng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni ko'rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo'lgandir


deb xabar olib kirgandim — dedi.
Qizim eshik ochadi

Kelin-kuyovga turmush qurganlarining birinchi yilida yangi uyga ko'chib o'tishdi.


Xursanchilikdan eshikni bir hafta hech kimga ochmaslikka qaror qilishdi.

Birinchi bo'lib kuyovning ota-onasi yosh oilani ko'rishga keldi.


Kelin-kuyov bir-biriga qaradi, kuyov eshikni ochishni istadi, lekin qarorlari tufayli shashtidan qaytdi.
Shunday qilib, ota-ona kuta kuta qaytib ketishdi.

Ertasi kuni kelinning ota onasi keldi.


Kelin-kuyov bir-biriga termuldi.
Kelin ko'zida yosh bilan «men bunday qilolmayman», deb eshikni ochdi. Kuyov hech nima demadi...

Yillar o'tib er-xotin birin-ketin to'rt o'g'il ko'rishdi.


Keyin to'rt o'g'il ortidan qiz farzand dunyoga keldi.
Ota yangi tug'ilgan chaqaloq uchun katta tantana o'tkazishni istadi va hamma
tanishlarini taklif qildi.

Xotini eridan nima uchun 4 o'g'liga bunday tantana o'tkazmay, bu safar


bunday qilganini so'radi.

Er mahzun nigoh bilan shunday javob berdi:


— Chunki qizim menga eshik ochadi!

Ollohim barchamizni eshik ochar farzandlar bilan siylasin!



Ona... (mashhur olimning topqir onasi haqidagi bitigi)

Bolakay uyiga kelib onasiga:


— «Bu xatni maktabdagi o'qituvchim berib yubordilar» — deydi.
Onasi xatni o'qib ko'z yoshlarini zo'rg'a tutib turdi.
Va xatni bolasiga baland ovozda o'qib berdi:

«Sizning o'g'lingiz daho!


Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi.
Shuning uchun siz bolangizga uyingizda ta'lim bering!».

Oradan yillar o'tib o'sha bolakay — Edison insoniyat tarixida ulkan ixtiro kashf qilib olim bo'ldi.

Kunlarning birida Edisonning onasi vafot etdi.

Onasini xotirlab uning javonini ko'zdan kechirayotgan Edison qutidagi xatga ko'zi tushdi.


Bu o'sha xat edi:
«Sizning o'glingiz kaltafahm, tentak.
Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!».

Buni o'qigan Edison rossa yig'ladi va o'zining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qo'ydi:

— «Edison tentak bola bo'lgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!».

Onaning hayotdagi o'rni shunday!!!





  1. bir qulog'idan kirib, u qulog'idan chiqib ketadi

2. bosh og'rig'i

3. egardan tushmaslik

4. ichi pishdi

5. kapalagi uchdi

1. avra astarini ag'dardi

2. barq urdi

3. bir ikki shingil

4. bir chekkadan

5. burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirdi

1. yuragi betlamadi

2. og‘zi qulog'iga yetdi

3. xamir uchidan patir

4. ota go‘ri qozixonami?

5. oralaridan qil ham o'tmaydi

1. miri dan sirigacha

2. adi- badi aytishdi

3. quloq miyyasini yedi



4. yetti yoshdan yetmish yoshgacha

5. uch to‘rt og‘iz
Yüklə 14,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə