Muloqot va axborot ayirboshlash


Kommunikatsiyaning tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 7,68 Mb.
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü7,68 Mb.
#138741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PPS 134 GURUH TALABASI ATAKULOVA GAVHAR MUSURMONOVNANING MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Kommunikatsiyaning tarixiy taraqqiyoti


Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:
  • og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);
  • yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan);
  • nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);
  • multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).

Kommunikatsiya tadqiqotlari
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini “kommunikatsiya” deb ataydilar.
Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi.
Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud.
Kommunikatsiya shartlari
Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar:
  • kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur;
  • kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi;
  • kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi.

  • Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish deb ataladi.
    Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega.


Yüklə 7,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə