Muloqot va axborot ayirboshlash



Yüklə 7,68 Mb.
səhifə5/10
tarix29.11.2023
ölçüsü7,68 Mb.
#138741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PPS 134 GURUH TALABASI ATAKULOVA GAVHAR MUSURMONOVNANING MULOQOT PSIXOLOGIYASI

2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi obyekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundiriladi.
MULOQOT TURLARI – 2
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdosh-ning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni (xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.

VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT


Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir.
Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil (teri orqali sezish), ko‘rish, eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi va tasavvurlar.

Yüklə 7,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə