Mavzu: mesopotomiya sivilizatsiyasining o'ziga hos xususiyatlari reja



Yüklə 29,09 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü29,09 Kb.
#142731
  1   2   3   4   5   6
MESOPOTOMIYA SIVILIZATSIYASINING O\'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI


MAVZU: MESOPOTOMIYA SIVILIZATSIYASINING O'ZIGA HOS XUSUSIYATLARI

REJA:


  1. Mesopotamiya aholisining mashg’ulotlari

  2. Gilgamesh haqidagi rivoyat

  3. Bobil podsholigi

  4. Yangi Bobil podsholigi


Tabiiy sharoit.Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikkidaryolik yoki Ikki daryo oralig’i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko’chib joylashganlar.Tabiiy sharoitiga ko’ra Mesopotamiya Misrni esga soladi daryolarning doimiy toshqini, jazirama havo, ishlov berish uchun qulay serunum yerlar, o’rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg’ir va daryolar toshqini boshlanadi. Shu sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardan biri – Yer yuzini butkul suv bosishi to’g’risidagi To’fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli «hayot daraxti» deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogramgacha hosil bergan. Xurmo mevasidan asalga o’xshash moy siqib olingan. Daraxt poyasi qurilish materiali va o’tin sifatida ishlatilgan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyorlangan. Xurmo danaklarini shuningdek temirchilik ustaxonalarida o’tin o’rnida ham ishlatishgan. Yog’och beradigan o’rmonlar bo’lmagani uchun uylarni tuproq va toshdan qurishgan.
Miloddan avvalgi IV mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga akkadlar o’rnashdi. Miloddan avvalgi III mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar.
Mesopotamiya aholisining mashg’ulotlari
Mesopotamiya aholisi asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan. Dajla va Frot daryolari har yilgi toshqinlari mahalida dalalarga unumdor loyqa suv bilan birga oqib kelgan.
Mesopotamiyada yog’och, tosh, metall singari xo’jalik uchun zarur materiallar bo’lmagan, ammo don ko’p yetishtirilar, chorva tuyog’i ko’p edi. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug’ullanadi. Qo’shni Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr yog’ochi keltirilar edi.
Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yaroq va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko’rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og’irlik o’lchovi bo’lgan «mino» 550 gramm kumushga barobar edi.
Shumerlar eng qadimgi yozuv – mixxatni ixtiro qilishgan. Shumerlar qo’li gul quruvchilar va hunarmandlar bo’lishgan. Shumerlar uchi o’tkirlangan tayoqchalar bilan pishmagan loy – sopolga yozishgan. Zargarlik san’ati shumerliklar orasida yuksak darajaga ko’tarildi. Qo’li gul ustalar oltin va kumushdan har xil zeb-ziynatlar yasashgan.

Yüklə 29,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə